Mustaqil ish Topshirdi: M. Farhadova Qabul qildi: M. Durdiyeva


Huquqiy tarbiya. Huquqiy tarbiyaning mazmuni, mohiyati va ahamiyati


Download 0.94 Mb.
bet4/26
Sana20.12.2022
Hajmi0.94 Mb.
#1040037
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
munira

Huquqiy tarbiya. Huquqiy tarbiyaning mazmuni, mohiyati va ahamiyati
Bugungi kunda ijtimoiy adolatni o'rnatish, inson huquq va erkinliklarini ta'minlash davlatimizning eng muhim vazifalaridan hisoblanadi. Har bir davlat o'z fuqarosining har tomonlama o'qimishli, ongli, tarbiyali bo'lishini istaydi. Bunda yosh avlodda huquqiy tarbiya, huquqiy ong, huquqiy madaniyatni shakllantirish masalalariga katta e'tibor qaratadi. Huquqiy tarbiya - umum tarbiyaning ajralmas qismi bo'lib, barcha fuqarolarda huquqiy bilimlar asosida, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish va rivojiantirish borasida tashkil etiladigan tarbiyaviy jarayondir. Shu zaylda qonunchilikni mustahkamlash, huquqiy me’yorlarni hurmat qilishga erishiladi. Huquqiy tarbiya - muntazam olib boriladigan, aniq maqsadni ko'zlagan va shaxs (guruhjda huquqiy ong, huquqiy bilim va qoidalarga rioya etish jihatlarini namoyon etishga undaydigan pedagogik yo'ldir. Huquqiy tarbiya haqida fikr yuritilar ekan, avvalambor, huquq so'zining ma'nosi nima va u nimani anglatishini bilishimiz lozim. Huquq - jamiyat a'zolari rivojlanishini, jamiyatda tartib o'rnatishni tashkil etish, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish vositasidir. Huquq - ijtimoiy va yuridik mazmunga ega shaxsning xulq-atvori, axloq, urf-odatlar, an'analar nuqtayi nazaridan asoslangan hollarda umum ijtimoiy ma'nodagi huquq tushuniladi. Bunga millatlarning o'z taqdirini o'zi belgilash huquqi ham kiradi. Huquq to'g'risida yuridik hodisa sifatida fikr yuritilganda davlat hokimiyatiningqonunlari, hujjatlari, shaxsning erkinligi, xulq-atvor majburiyatlari majmuasini nazarda tutamiz. Huquqning vujudga kelishi to'g'risida turli xil nazariy va qarashlar mavjud. Insoniyat vujudga kelishi bilan jamiyatda o'zini tutish qoidalari vujudga kela boshlagan. Davlatgacha bo'lgan davrda bu urf-odat, diniy me'yorlar shaklida bo'lib, jamiyat a'zolari bularga rioya qilgan. Jamiyatdagi o'zaro munosabatlarning shakllanishini amalga oshirish yo'lini ko'rsatib beruvchi qoidalar, me'yorlar - huquq deb atala boshlandi. Huquqiy tarbiya - tarbiyalanuvchilarning xulq-atvoriga ta’sir ko'rsatuvchi, ularga ma'lum qoidalar doirasida ish tutish uchun asos bo'ladigan bilim berishdir. Pedagog-tarbiyachi huquqiy bilimlar beribgina qolmasdan, tarbiyalanuvchilarga tarbiyaviy ta'sir ko'rsata olishi lozim. Demak, huquqiy tarbiyaning asosiy maqsadi shaxsda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish, huquqiy me'yorlarga nisbatan hurmat, ularga ongli va mustaqil ravishda rioya qilishni tarbiyalashdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning huquqiy tarbiyasini o'stirish maqsadida biz bu tarbiyaning ta'limiy va tarbiyaviy jihatlarini ko'rib chiqamiz. Huquqiy ta'lim berish vazifalari:
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rgatish jarayonida ularda huquqiy ongni shakllantirish;
2. Huquq me'yorlarga hurmat ruhida tarbiyalash orqali bolalarda mustaqil, erkin fikrlash, ijodiy ishlarga intilish his- tuyg'usini uyg'otish;
3. Tevarak-atrofda bo'ladigan ijobiy va salbiy holatlarga nisbatan huquq normalari asosida o'z fikr-mulohazalarini bildirishga o'rgatish.
Huquqiy tarbiya berish vazifalari:
1. Ona Vatanni sevish, uni e'zozlash tuyg'usini singdirish;
2. Konstitutsiya va qonunlarga yuksak hurmat darajasini o'stirish.
3. Huquqiy me’yorlarga rioya qilishga odatlantirish.
4. Davlat, ota-onalar oldidagi burch va majburiyatlarini bajarish yo'llarini ko'rsatish.
Huquqiy tarbiyaning metodologik asosini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiya, O'zbekiston davlati va Prezidenti tomonidan yaratilgan asarlar, qabul qilingan va ilgari surilgan, ilmiy jihatdan asoslangan g'oyalar egallaydi. Jamiyatda insonlarning huquqiy bilimi, huquqiy ongi, madaniyati qanchalik yuqori shakllanganligi ularning huquqiy munosabatlarida namoyon bo'ladi. Huquqiy madaniyat - davlat tomonidan belgilangan qonun-qoidalarga rioya etishdagi shaxsning xulqi, munosabati tushuniladi. Bir so'z bilan aytganda huquqiy madaniyat ongli ravishda huquqiy me'yorlarga rioya qilish va bo'ysunishdir. Huquqiy ong - huquqiy madaniyatning ajralmas qismi bo'lib hisoblanadi. Har bir shaxsning huquqiy ongi uning qonun me'yorlariga munosabatidan, ularni qabul qilish xususiyatlaridan, o'rnatilgan qonunni qo'llash, unga rioya qilish tushunchalaridan kelib chiqadi. Jamiyat hayotini huquqiy tartib asosida tuzish to'g'risidagi tushunchalar tizimi, ijtimoiy ong shakli - huquqiy ong deyiladi. Ijtimoiy ong o'z navbatida quyidagi guruhlarga bo'linadi: - Siyosiy; - Axloqiy; - Diniy; - Huquqiy. Huquqiy ong - O'zbekiston davlati va uning organlari tomonida qabul qilingan qonun hujjatlarini anglash, ularga rioya etish, ulardan ongli ravishda foydalana olish qobiliyatidir. Respublikamiz Oliy Majlisi tomonidan 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan va qarori bilan tasdiqlangan: "Ta'lim to'g'risidagi qonun1', "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi", O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatasining qarori qonunlar hisoblanadi.
Xo'sh qonunning o'zi nima? Qonun deganda davlat hokimiyatining oliy organi tomonidan qabul qilingan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi oliy yuridik kuchga ega normativ huquqiy akt tushuniladi. Qonunning asosiy jihatlari quyidagilar:
1. Qonun davlat hokimiyati yuqori vakillik organi tomonidan chiqariladi;
2. Qonun yuqori yuridik kuchga ega;
3. Me’yoriy-huquqiy xarakterga ega;
4. Unda turli ijtimoiy munosabatlar tartibga solinadi.
5. Qonunlar davr talablarining bajarilishiga qaratiladi.
6. Qonun xalqning irodasini mujassamlashtiradi. Jamiyat va davlatning yetakchi kuchi uning qonunlaridir.
O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim tofg'risida"gi qonunning 4-moddasi fuqarolarning bilim olish huquqiga bag'ishlanib, unda jinsi, till, yoshi, milliy mansubligi, e'tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chikishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqeyi, turar joyi, O'zbekiston hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat'iy nazar har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi. Boshqa davlatlarning fuqarolari O'zbekiston Respublikasida xalqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega, ular bilim olishda O'zbekiston fuqarolari bilan teng huquqlarga ega deyiladi. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da ham fuqaroning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bilim olish, ijobiy qobiliyatni namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi, kasbi bo'yicha mehnat qilish huquqini ta'minlash, uzluksiz ta'lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs - fuqaroni shakllantirish nazarda tutiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga huquqiy tarbiya berish nafaqat oila va Maktabgacha ta'lim muassasalarida beribgina qolmasdan, balki bunda mahalla, ko'cha-ko'y, qo'ni-qo'shnilar, kattalar, qolaversa, butun jamiyat a'zolari qatnashishi lozimdir. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, huquqiy tarbiya berish shakllarini quyidagicha ifodalash mumkin:
1. Huquqiy bilim;
2. Huquqiy ma'naviyat;
3. Jamoatchilik bilan olib boriladigan ishlar;
4. Huquqni himoya qiladigan davlat organlari bilan tanishtirish.
Demak, huquqiy tarbiya davlat tomonidan belgilangan maxsus tarbiya tizimlaridan tashkil topadi va aniq maqsadni ko'zda tutadi. Oilada huquqiy munosabatlarning maqsad va vazifalari. Ma'lumki, inson oilada rivojlanadi va kamol topadi. Oila bu ota-ona, er-xotin, farzandlarva qarindosh-urug'lardan tuzilgan jamoa bo'lib, oila a'zolari o'rtasida mulkiy va shaxsiy huquq, majburiyatlarini vujudga keltiradi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIV - "Oila" bobida oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga ega deyilgan. Oila qonunlarining asosiy vazifalari oilani mustahkamlash, oilaviy munosabatlarni ishonch, hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish, oila oldidagi burch va majburiyatlarini his qilish va o'z huquqlarini himoya qilishdan iboratdir. Oilada ota-ona, bolalarning huquq va majburiyatlari:
1. Oilada yashash va tarbiyalanish;
2. O'z ota-onasini bilish, ularning g'amxo'rligidan foydalanish va ular bilan birga yashash.
3. Bola otasi, onasi, yaqinlari va boshqa qarindoshlari bilan ko'rishishi;
4. O'z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
5. O'z fikrini ifoda etish;
6. Bola ism, ota ismi va famliyasini olishga;
7. Ism va familiyasini o'zgartirishga;
8. Oilada umumiy mulk va o'z huquqiy mulkiga ega bo'lish va boshqa huquqlarga ega.
Bolaning huquqiy va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uning ota-onasi (ularning o'rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan amalga oshiriladi. Voyaga yetmagan bola qonunga muvofiq to'la muomala layoqatiga ega deb e'tirof etilsa, u o'z huquq va majburiyatlarini, himoya huquqini mustaqil amalga oshirishga haqlidir. Oilada bolaga taalluqli har qanday masala hal etilayotganida bola o'z fikrini bildirishga, so'zlashga haqlidir. Bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgilanadi. Ota-ona turli familiyada bo'lganda ota-onaning kelishu- viga binoan bolaga ota yoki onaning familiyasi beriladi. Milliy an'analarga muvofiq boboning ismi bo'yicha familiya berilishi mumkin. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bo'limi ota-onaning birgalikdagi arizalariga binoan bola 16 yoshga to'lguncha uning manfaatlarini e'tiborga olib, uning ismini o'zgartirishga (ota yoki onaning) haqlidir. Ota-onalar o'z farzandlariga teng huquq va majburiyatlarga egadirlar. Nikohda bo'lmagan, voyaga yetmagan bolalari bo'lgan ota-onalarning bolalari 16 yoshga to'lishlari bilan ota-onalik huquqlarini mustaqil ravishda amalga oshirishga haqlidir. Ota-ona o'z bolalarining sog'lig'i, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoliga g'amxo'rlik qiladi va buning uchun javobgar hisoblanadi. Ota-onalik huquqlarini amalga oshirishda bolaga nisbatan shafqatsizlik, qo'pollik, mensimaslik, jismoniy qadr-qimmatni kamsitish, haqoratlash yoki ekspluatatsiya qilish qonunga ziddir. Farzandlar oldidagi burchlarni bajarmasalar ota- onalikdan sud qarori orqali mahrum qilinadi. Oila munosabatlari O'zbekiston Respublikasi “Oila Kodeksi"- da ham o'z ifodasini topgan. Quyidagi hollarda ota-onalar ota- onalikdan mahrum etiladi:
- Ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortish, aliment to'lashdan bo'yin tovlash;
- O'z bolasini uzrsiz sabablarga ko'ra tug'ruqxona va boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa;
- Bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo'lsa, jumladan, jismoniy, iqtisodiy, ruhiy ta’sir ko'rsatilganda;
- Surunkali ravishda ichkilikbozlik yoki giyohvandlikga mubtalo bo'lgan taqdirda;
- O'z bolalarining hayoti, sog'lig'i yoki er-xotinning hayoti, sog'lig'iga qarshi qasddan jinoyat sodir etilganda ota- onalik huquqidan mahrum qilinadi.



Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling