Mustaqil ish


Download 1.06 Mb.
Sana23.12.2021
Hajmi1.06 Mb.
#182721
Bog'liq
Funksional stilistika


O'ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI

Fan: O'rganilayotgan til stilistikasi

Yo'nalish: Magistratura Lingvistika(arab)

Kurs:1

O'qituvchi: Nosirova Malika

Talaba: Salimova Sitorabonu

MUSTAQIL ISH

Funksional stilistika

Reja
  • Stilistika haqida tushuncha.
  • Zamonaviy stilistika.
  • Funksional stilistika
  • Qiyosiy Stilistika

STILISTIKA (yun. stylos — yozuv, xat tayokchasi) , uslubshunoslik, uslubiyat — tilshunoslikning til uslublarini tadqiq etuvchi, tilning leksikfrazeologik, fonetik, morfologik, soʻz yasalishi va sintaktik sathlarda sinxroniya va diaxroniya nuqtayi nazaridan funksional katlamlanishining mohiyati va oʻziga xosliklarini oʻrganuvchi, adabiy tilni turli lisoniy vaziyatlarda, yozma adabiyotning xilmaxil tur va janrlarida, ijtimoiy hayotning turli sohalarida qoʻllash meʼyerlari va usullarini tavsiflovchi tarmogʻi. Stilistikada parallel sinonimik til ifodalaridagi maʼnoviy va ekspressiv nozikliklar, lisoniy birliklarning oʻzaro munosabatdosh variantlari oʻrganiladi. Bunday variantlarda ular orasidan muayyan nutqiy vaziyat uchun zarur boʻlganini tanlab olish imkoniyati mavjud boʻladi.

Zamonaviy Stilistika turli lingvistik yoʻnalishlar va maktablarda turlicha tushuniladi, shu bilan birga har bir nuqtayi nazar, Stilistikaning asosiy oʻrganish mavzui boʻlmish uslubning serqirraligi sababli, oʻz obyektiv asosiga ega. Stilistika til meʼyor (norma)lari bilan uzviy bogʻlikdir. Stilistika oʻz navbatida funksional S, lisoniy birliklar Stilistikasi, matn Stilistikasi, badiiy adabiyot (badiiy nutq) S. si, amaliy S, qiyosiy S, tarixiy Stilistika kabi turlarga boʻlinadi.

Funksional Stilistika adabiy tilning oʻz tarixan shakllangan koʻrinishlari (funksionaluslubiy birliklari) asosida tabaqalanishini, yaʼni uslublar tizimini, bu tizimning ichki strukturaviy shakllanish qonuniyatlarini oʻrganadi va tavsiflaydi. Funksional Stilistika nazariy tadqiqot mavzui sifatidagi adabiy tilning asosiy funksionaluslubiy birliklarini tipologik tasniflash va ajratishning umumiy prinsiplarini ishlab chiqadi

Lisoniy birliklar Stilistikasi adabiy tilda odatdagi nutqiy vaziyatlarda, turli maʼnoviy va ekspressiv mazmundagi matnlarda barcha satxlar birliklarining mavjud til meʼyorlari nuqtayi nazaridan amal qilishi (qoʻllanishi)ni oʻrganadi. Bunda lisoniy birliklarning variantlari (variantdor shakllar, parallel tuzilmalar, lugʻaviy va sintaktik sinonimlar)ning uslubiy boʻyogʻini chogʻishtirish muhim ahamiyatga ega. Lisoniy birliklar Stilistikasi bir tomondan funksional Stilistika bilan bevosita bogʻliq boʻlsa, ikkinchi tomondan matn Stilistika siga juda yaqin turadi.

Badiiy adabiyot (badiiy nutq) Stilistikasi tilning adabiyotda qanday qilib sanʼat hodisasiga aylanganini tekshiradi, uning badiiy qoʻllanishi, unda estetik va kommunikativ vazifalarning birga qoʻshilishi usullarini aniklaydi. Badiiy asar S. si faqat yozuvchining tildan foydalanishdagi oʻziga xosligini, asar tilining xususiyatlarini tadqiq etish bilan chegaralanadi. Uslubning muhim unsuri boʻlgan tilning asardagi vazifasini aniklashga yordam beradi, ammo asar tilining barcha xususiyatlarini oʻrganish uning mavzuiga kirmaydi. Koʻpincha bir masalani Stilistika ham, adabiyotshunoslik ham oʻrganadi. Badiiy nutq Stilistikasi til materialining aniq bir badiiy tizimdagi estetik vazifasini aniqlashga harakat qiladi.

Shuning uchun badiiy adabiyot Stilistikasida eng muhim tadqiqot mavzui yozuvchi va muayyan badiiy asar tilidan iborat boʻladi, yaʼni individual uslub muammosi birinchi oʻringa qoʻyiladi. Aniq bir asar tilini taxlil qilish orqali umumlashma xulosalar chiqariladi, bir qancha asarlarga, yozuvchilar ijodiga xos xususiyatlar aniqlanadi (mas, Qodiriy, Oybek, Abdulla Qahhor, Shuhrat ijodlarining oʻziga xos uslubiy xususiyatlari). Natijada badiiy nutqning bir qancha qonuniyatlari, tipologik prinsiplari ishlab chiqiladi.



Qiyosiy Stilistika — turli tillardagi uslubiy hodisalarni qiyoslab oʻrganish. Qiyosiy Stilistika tarjima nazariyasi bilan uzviy aloqadordir. Tarixiy Stilistika tilning turli tarixiy davrlarda qoʻllanishini tadqiq etadi. U nafaqat muayyan til uslubiy meʼyorlarining oʻzgarib turishini, balki adabiy til tuzilishining shakllanish va rivojlanish yoʻllarini, adabiy til bilan badiiy nutqning oʻzaro munosabatlari tarixini ham oʻrganadi. Amaliy Stilistika nutq madaniyati talablariga muvofiq keluvchi uslubiy tavsiyalarni qamrab oluvchi amaliy soha hisoblanadi

Stilistikaning fan sifatida shakllanishi, rivojlanishi va oʻrganilishi Gʻarbda antik davrlarga, Sharkda esa oʻrta asrlarga toʻgʻri keladi. Stilistika Sharq mamlakatlarida, jumladan, Oʻzbekistonda, garchi hozirgiday aloqida sogʻa sifatida boʻlmasa ham, lekin tilshunoslik (grammatika, lugʻat), adabiyotshunoslik (ilmiy badeʼ, istiora, tafsir), shuningdek, ilmi insho, voizlik, notiklik sanʼati kabi fanlar tarkibida oʻrgatib kelingan. Oʻtgan asrda Oʻzbekistonda S, ayniqsa umumiyfunksional Stilistika va badiiy adabiyot Stilistikasi mustaqil fan tarmogʻi sifatida shakllana va rivojlana boshladi. Bunda Fitrat, Choʻlpon, Oybek, P. Qodirov kabi yozuvchilarning, M. Qoʻshjonov, Q. Samadov, I. Qoʻchqortoyev, A. Shomaqsudov singari olimlarning hissalari katta.



E’tiboringiz uchun rahmat
Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling