Mustaqil ishi 5 ats 11-21 guruh Topshirdi : Abdimuratov m qabul qildi : Tursunova A


Download 0.71 Mb.
bet6/8
Sana27.01.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1131154
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abdimuratov M mustaqil ishi 5 malumotlar bazasi

XSLT o‘zgarishlarni tadbiq etish


  • XSL – XML-hujjat ma’lumotlarini qanday shakllantirish yoki o‘zgartirishni aniqlab beradigan texnologiya hisoblanadi. Hujjat brauzerda aks ettirishga yaroqli formatga o‘giriladi. XSL texnologiya eng ko‘p brauzerlarda qo‘llaniladi, lekin XSL yordamida ixtiyoriy boshqa formatlarga, masalan VRML, PDF tekst formatlariga ham o‘girish mumkinligini unutmaslik kerak. XSL transformatsiya (XSLT) vazifasini bermoq uchun, tarmoqning mijoz tomonida XMLning quyidagi ko‘rinishdagi instruksiyasi bo‘lishi talab qilinadi

XML lug‘ati


  • XML o‘ziga xos abstrakt til bo‘lgani uchun, XML lug‘ati ishlab chiqilgan. Mazkur lug‘at dasturchilarga teglar nomi va ularning atributlarining cheklangan to‘plamini ishlatishga kelishish imkoniyatini beradi. XHTML – ko‘pchilik brauzerlar tushunadigan, ana shunday ilk lug‘atlardan biri hisoblanadi. XHTML dan ko‘pincha CMS kontentlarini saqlash va taxrirlashda foydalaniladi. Ma’lumotlarni uzatishda ishlatiladigan CommerceML, xCBL va cXML kabi tijorat lug‘atlariyam mavjud. Bundan tashqari, insonlarga mo‘ljallanmagan va ancha murakkab SOAP ma’lumotlarni uzatish protokoli kabi maxsus lug‘atlar ham ishlab chiqilgan.

XMLni ma’lumotlar bazasiga kirib kelishi


  • Axborot olamida o‘zaro XML ko‘riniishidagi ma’lumotlar almashinishi soni ortib borishi bilan, saqlanadigan XML-hujjatlar hajmi ham tez sur’atlarda o‘sib bormoqda. Ko‘pgina veb-saytlar ma’lumotlarni saqlanadigan joyda XML dan foydalanadilar. saqlanayotgan ma’lumot foydalanuvchilarga ko‘rsatilishidan oldin HTML yoki XHTML o‘zgartiriladi. Microsoft InfoPath va W3C XForms kabi dasturiy mahsulot va texnologiyalarning yangi avlodlari Microsoft Access yoki SQL Server larni o‘zining ma’lumotlarni saqlash joyi sifatida tanlab, XML-ma’lumotlar bilan ishlashni boshlayapdilar. Shuningdek, ruxsatsiz foydalanishdan muxofazalangan konfidensial ma’lumotlarni saqlashda ko‘pincha XML dan foydalaniladi.

XML ma’lumotlarni saqlash joyi


  • XML ko‘rinishidagi ma’lumotlarni saqlash haqida gap ketganda, ish samarasi muhim omillardan biri hisoblanadi. Agar XML hujjat oddiy matnli hujjat sifatida saqlanadigan bo‘lsa, qanday qilib unga samarali ishlov berishni ta’minlash mumkin? Saqlanayotgan ma’lumotlar hajmi gigabaytlar bilan o‘lchanganda, xotirada butunlay joylashadigan hujjatning ob’ekt modelini (DOM) hosil qilish samarasiz hisoblanib, o‘zgacha yondashuvlarni izlash kerak bo‘ladi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling