Boshqa MS Access MBdagi ma`lumotlarni
import qilish.
- boshqa MS Access MBdagi ob`ektlar va ma`lumotlarni import qilish. Obe`ektlar va ma`lumotlar quyidagi usullar bilan import qilinadi:
1.Ob`ektlari va ma`lumotlari import qilinadigan MB ochilib, ulardan nusxa olinadi (Ctrl+C). Ob`ektlar va ma`lumotlar qo’yiladigan MBga o’tib, ular qo’yiladi (Ctrl+V).
2.Joriy va boshqa MBlar ochilib, yonma-yon joylashtiriladi. Ob`ektlar belgilanib, sichqonchaning chap tugmasini bosib turgan holda boshqasiga o’tkaziladi.
3. “Vneshniye dannye” (“Tashqi ma`lumotlar”) ilovasidan tugmasini bosish orqali ma`lumotlarni import qilish yoki manbaa bilan bog’langan jadval hosil qilamiz.
“Import tablits, zaprosov, form, otchetov, makrosov i moduley v tekuщuyu bazu dannx” (“Joriy MBga jadvallar, so’rovlar, formalar, hisobotlar, makroslar va modullarni import qilish”)- Boshqa MBdan joriy MBga ob`ektlarni import qilish. Bir vaqtda bir necha ob`ektlarni import qila olamiz.
“Sozdat svyazannuyu tablitsu dlya svyazi s istochnikom dannx” (“Manbaa bilan bog’langan jadval hosil qilish”) –joriy MBda boshqa MB jadvali bilan bog’langan jadvalni hosil qilish. Joriy va bog’langan jadvaldagi ma`lumotlarni o’zgarishi ikkala tomonda ham uning o’zgarishiga olib keladi.
Faqatgina jadvallar bilan bog’lanish hosil qilinadi. Jadvallarni belgilab olib, “OK” tugmasini bosamiz.
Boshqa turdagi ma`lumotlarni
import qilish.
Biz avvalgi mavzularda MS Excel va MS Accesslardan ma`lumotlarni import qilish bilan tanishdik. Quyidagi boshqa turdagi fayllardan ma`lumotlarni import qilish qilish bilan tanishamiz.
- ODBC ( Open Database Connectivity) dasturiy interfeys orqali MBdan (SQL Server) ma`lumotlarni import qilish yoki bog’liqlik o’rnatish;
- matnli fayllardan (txt, csv, asc va tab kengaytmali fayllar) ma`lumotlarni import qilish yoki bog’liqlik o’rnatish. Matnli fayllarni import qilish uchun ular quyidagi tuzilishlardan biri ko’rinishida bo’lishi kerak.
Ajratuvchi belgilar orqali hosil qilingan matnli fayllar. Har bir qator to’liq yozuvni saqlaydi. Maydonlar qiymati ajratuvchi belgilar (; : , Tab belgisi, bo’shliq belgisi) bilan ajratiladi.
Maydoni belgilangan uzunlikka ega bo’lgan matnli fayllar. Har bir qator to’liq yozuvni saqlaydi. Maydon o’lchami shu maydondagi eng uzun ma`lumotni uzunligiga teng deb olinib, qolgan ma`lumotlar uzunligi bo’shliq belgisini qo’yish orqali unga tenglashtiriladi.
- XML fayllardan ma`lumotlarni import qilish yoki bog’liqlik o’rnatish.
- SharePoint ro’yxatini import qilish yoki bog’liqlik o’rnatish. Import qilish jarayonida SharePoint ro’yxatining nusxasi MS Access MBda hosil bo’ladi. Ro’yxatni import qilish jarayonida uni to’liq yoki qisman import qilish so’raladi. Bog’liqlikda esa ma`lumotlarni ko’rish va tahrirlash imkoni mavjud.
-Web xizmatlar orqali tashqi ma`lumotlarni import qilish yoki bog’liqlik o’rnatish.
- HTML fayllardan ma`lumotlarni import qilish yoki bog’liqlik o’rnatish.
- Exchange/Outlookdan foydalangan holda Outlookdagi papkalari va kontaktlarini import qilish yoki bog’liqlikni o’rnatishda foydalaniladi. Bir tomondagi o’zgarish ikki tomonga ham ta`sir ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |