Mustaqil ishi bajardi: Ikromov Umidjon Buxoro – 2023 Mavzu: Iqtisodiyotni innovatsion rivojlanish yo`liga o`tishidagi


Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanish yo`liga o`tishdagi xavfsizlik masalalari


Download 111.38 Kb.
bet2/6
Sana06.05.2023
Hajmi111.38 Kb.
#1436416
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Iqtisodiyotni innovatsion rivojlanish

Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanish yo`liga o`tishdagi xavfsizlik masalalari.

Iqtisodiy xavfsizlik milliy xavfsizlikning muhim komponenti bo‘lib, global moliyaviy-iqtisodiy beqarorlik sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash masalasi har bir mamlakat uchun yanada dolzarb ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy xavfsizlik o‘z ichiga iqtisodiy, siyosiy, harbiy, ilmiy-texnik va ijtimoiy omillarni olib, iqtisodiy xavfsizlik ta’minlangan sharoitda milliy iqtisodiyotning o‘sishi hamda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik tashqi omillarning ta’siridan qat’iy nazar ta’minlanadi. Iqtisodchi L.Abalkinning ta’biri bilan aytganda iqtisodiy xavfsizlik milliy iqtisodiyotning mustaqilligi va barqarorligi, doimiy yangilanishi hamda mukammallashuvini ta’minlovchi omilar yig‘indisi sanaladi1. Iqtisodiy xavfsizlik tizim sifatida o‘z ichida ko‘plab omillarni oladi va zamonaviy bosqichda mamlakatlar milliy iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish, farovonlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutuvchi innovatsiyalar ham iqtisodiy xavfsizlikning muhim bir qismi sanaladi.


Innovatsiyalar va innovatsion iqtisodiyot tushunchalari iqtisodiy nazariyadagi zamonaviy trendlardan sanalib, yuqori texnologiyalarning jadal rivojlanishi, ilmiy yutuqlarning ishlab chiqarish jarayoniga keng jalb etilishi, jahon mamlakatlari o‘rtasida iqtisodiy raqobatning kuchayishi milliy xo‘jaliklarni rivojlanishning zamonaviy va innovatsion yo‘llarini
qidirishga undamoqda. Shu sababli ham, innovatsiyalar va innovatsion iqtisodiyotning mohiyatini o‘rganish dolzarb masalaga aylanmoqda. Bu o‘rinda esa, zamonaviy bosqichda milliy xavfsizlikning muhim qismi sanaluvchi innovatsion xavfsizlik masalasi kun tartibiga chiqadi. Zero, yangi texnika va texnologiyalarning ishlab chiqarish, iste’mol, umuman hayot tarzimizga kirib kelishi, ushbu texnologiyalarni yaratish, ishlab chiqarish, iste’mol qilish, tarqatish, utilizatsiya qilish kabi yo‘nalishlarda xavfsizlikni ta’minlash, ta’lim tizimini rivojlantirish, malakali kadrlar tizimini yaratish, ilm-fanni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlaridagi muhim va ayni paytda dolzarb bo‘lgan masalalarni o‘z ichiga oladi. Shu sababli ham, milliy iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi sharoitida xavfsizlikni ta’minlash masalalari va yo‘nalishlarini o‘rganish muhim sanaladi.
Innovatsion xavfsizlik masalasiga to‘xtasak, ta’kidlash joizki, hozirga qadar mamlakatlar yoki mintaqalarning innovatsion xavfsizligi bo‘yicha turli xil tadqiqotlar olib borilgan bo‘lsada, innovatsion xavfsizlik tushunchasining yagona ta’rifi mavjud emasdir. Ba’zi tadqiqotlarda innovatsion xavfsizlik ilmiy-texnikaviy xavfsizlikka tenglashtiriladi. Ammo bu holatda innovatsion xavfsizlikning muhim elementlari ya`ni tovar va xizmatlar yaratish jarayoni chetda qolib ketadi.

Download 111.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling