Mustaqil ishi bajardi: Ikromov Umidjon Buxoro – 2023 Mavzu: Iqtisodiyotni innovatsion rivojlanish yo`liga o`tishidagi


Download 111.38 Kb.
bet3/6
Sana06.05.2023
Hajmi111.38 Kb.
#1436416
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Iqtisodiyotni innovatsion rivojlanish

Innovatsiya va innovatsion iqtisodiyot tushunchalarining mohiyati. Innovatsion taraqqiyotning zamonaviy nazariyasi avstriyalik iqtisodchi Yozef Shumpeter tomonidan yaratilgan bo‘lib, “innovatsiya” so‘zi birinchi bor uning ishlarida uchraydi. Olimning fikricha iqtisodiy o‘sishning markazida rivojlanayotgan institutlar, tadbirkorlik va texnologik o‘zgarishlar turadi va uning bu qarashlariga asoslanuvchi “innovatsion iqtisodiyot” nazariyasi ayniqsa so‘nggi yillarda iqtisodiy nazariyaning asosiy yo‘nalishlardan biriga aylandi6. J.Shumpeter iqtisodiy taraqqiyotga “iqtisodiy taraqqiyot hayot darajasi va sifatining oshishi, xo‘jalikning innovatsiyalar asosida isloh qilinishi, patent va ixtirolar bilan bog‘liq o‘rta va kichik hajmdagi yangiliklardir” deb ta’rif bergan bo‘lib, iqtisodiy rivojlanishda innovatsiyalarning rolini alohida ta’kidlab o‘tgan.
Shumpeterning innovatsiya konsepsiyasi 5 ta masalani qamrab oladi8:

  1. Yangi mahsulotni joriy qilish– bu iste’molchilar hali bilmagan yoki yangi sifatli mahsulotni joriy qilish;

  2. Yangi ishlab chiqarish usulini joriy qilish – tegishli ishlab chiqarish sohasida tajriba sinovidan o‘tmagan, ilmiy kashfiyotga asoslanmagan ishlab chiqarish usuli, shuningdek, tijorat yuritishning yangi usuli ham bo‘lishi mumkin;

  3. Yangi bozorning ochilishi – bozorlaning avval mavjud bo‘lgani yoki bo‘lmaganidan qat’iy nazar, mamlakatning muayyan ishlab chiqarish tarmog‘i ilgari kirmagan yangi bozorning ochilishi;

  4. Taklif, xom-ashyo, yarim tayyor mahsulotlarning yangi manbaini egallash. Bunda ushbu manbalarning avval mavjud bo‘lgani, bo‘lmagani yoki endi yaratilgani ahamiyatsizdir.

  5. Har qanday sanoat tarmog‘ida yangi tashkilot tuzish (masalan monopolistik holatni yaratish yoki monopolistik pozitsiyani buzish orqali).

XX asrning ikkinchi yarmida rivojlangan mamlakatlar innovatsion sohalar ustuvor bo‘lgan post industrial jamiyatni yaratdilar. Bu iqtisodiyot innovatsion iqtisodiyot deb ataldi, chunki innovatsiyalar iqtisodiyotning barcha sohalarida va jabhalarida yaratildi hamda ishlatildi. Natijada innovatsiyalarni ommaviy ishlab chiqarish va innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishning asosiy kaliti –yuqori malakali va ijodiy inson kapitali to‘plandi. Mashhur Amerikalik futurologist A.Tofflerning ta’kidlashicha, innovatsion iqtisodiyot birinchi bo‘lib AQShda tashkil yetilgan va olim uning boshlanishini 1956 yillardan deya qayd etadi9.
Innovatsion jarayonning o‘zi bir necha bosqichlardan iborat:

  1. Fundamental va amaliy ilmiy tajribalar, muhandislik loyihalarining natijasi hisoblanuvchi yangilik, yangi g‘oya, yangi bilimlar;

  2. G‘oyani amaliyotga tatbiq yetish, tijoratlashtirish;

  3. Innovatsiyalarning tarqalishi (diffuziyasi) – yangiliklarni yangi joy va sharoitda tarqatish va ishlatish.

Mikroiqtisodiy darajadagi innovatsiyalar deganda firma faoliyatining mahsulotga, jarayonlarga yoki "qiymat" ga olib keladigan jihatlariga yangi g‘oyalarni qo‘llash tushuniladi. Bu "qiymat" yanada kengroq firma uchun qo‘shimcha qiymat, iste’molchilarga yoki boshqa kompaniyalarga foyda keltiradi. Innovatsiyalarni ikki turga bo‘lish mumkin:
Mahsulot innovatsiyasi: yangi mahsulotni joriy qilish yoki mavjud mahsulotni sifat jihatdan takomillashtirish.
Jarayon innovatsiyasi: mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish yoki yetkazib berish uchun yangi jarayonni joriy qilish10.
Makroiqtisodiy darajada innovatsion iqtisodiyot mamlakatning iqtisodiyoti sifatida e’tirof etilgan bo‘lib, unda ko‘pchilik innovatsion faoliyat (innovatsion mahsulot ishlab chiqarish va ulardan foydalanish) bilan shug‘ullanadi va innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishning yarmidan ko‘pini tashkil etadi. Rivojlangan mamlakatlarda sanoat korxonalarining qariyb 60- 80 foizi va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning yarmidan ko‘pi innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanadi.
Zamonaviy iqtisodchilar innovatsion iqtisodiyotga quyidagi ta’riflarni beradi:

    • Innovatsion iqtisodiyot – jamiyat uchun foydali bo‘lgan har qanday innovatsiyalar(patentlar, litsenziyalar, nou-xau, import qilinganyoki mahalliy yangi texnologiyalar va boshqalar)ni ko‘llay oladigan iqtisodiyot;

    • Innovatsiya iqtisodiyoti – olimlarning g‘oyalarini amalga oshirishga va ularni innovatsion mahsulotga aylantirishga yordam beruvchi mamlakatdagi innovatsion tizim (infratuzilma)dir;

    • Innovatsiya iqtisodiyoti – bu ijobiy, konstruktiv inson kapitalini shakllantirish varivojlantirish, aqlli kapitalning salbiy, halokatli qismining to‘planishining oldini olish imkoniyatiga ega bo‘lgan iqtisodiyot.

Innovatsion iqtisodiyot ikkita asosiy tamoyilga asoslanadi: iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadi yuqori samaradorlikvainnovativlikni oshirishga qaratilgan bo‘lishi kerak hamda yuqori darajadagi samaradorlik va katta innovatsiyalarni kuchaytirishda narx signallariga asoslanuvchi bozorlar davlat-xususiy sektor hamkorligi kabi samarali bo‘lmaydi.Innovatsioniqtisodiyot tarafdorlarining ta’kidlashicha, bugungi kunda zamonaviy bilimga asoslangan iqtisoddagi iqtisodiy o‘sishni neoklassistlar ta’kidlaganidek kapital jamg‘arish emas, balki innovatsiyalar ta’minlaydi13.Innovatsion iqtisodiyotdagi iqtisodiy o‘sish tadbirkorlik va innovatsiyalar (ya’ni, ITTKI xarajatlari, ruxsatnomalar, litsenziyalar) ga imkon beruvchi bilimlar, rejimlar va siyosatning, innovatsion muhit (klasterlar, aglomeratsiyalar, metropoliya hududlari)ni yaratuvchi hamkor korxonalar va innovatsion tizimlar o‘rtasidagi texnologik o‘zgarishlar va tashqi ta’sirlarning yakuniy mahsulotidir.
Nazariy jihatdan innovatsion iqtisodiyot 6 vasosiy komponentdan iboratdir:

  1. Ta’lim;

  2. Fan;

  3. Inson kapitali;

  4. Innovatsion iqtisodiyotning huquqiy asosi va moddiy komponentlarini qamrab oluvchi innovatsion tizim (texnologik transfer markazlari, biznes- inkubatorlar, texnoparklar, texnologik shaharlar, innovatsion markazlar, klasterlar, hududlar, venchur biznes va boshqalar);

  5. Yangiliklarni amalga oshiruvchi innovatsion sanoat;

  6. Inson kapitali, ishchi kuchi va innovatorlarning hayot faoliyati uchun qulay bo‘lgan muhit.

Innovatsion iqtisodiyotning eng muhim elementi bo‘lmish inson kapitali doimo iqtisodiy rivojlanish uchun muhim ahamiyatgaega sanaladi. Bu o‘ridna esa, inson kapitali mamlakat aholisining barcha bilimlari, iqtidor va qobiliyatlari, tajribasi, aqli hamda donoligining yig‘indisi sanaladi. Iqtisodiy faoliyat turlarining bilim sig‘imkorligi tobora oshayotgan bir paytda yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Shu sababli ham, ilm-fan, ta’lim, ITTKI, innovatsion ishlanmalarga kiritilayotan investitsiyalar iqtisodiy o‘sishning kalitiga aylanmoqda.
Innovatsion iqtisodiyotning tarkibiy qismlarini 4 guruhga ajratish mumkin:

1-rasm. Innovatsion iqtisodiyotning komponentlari
Bundan tashqari, quyidagi ko‘rsatkichlar ham innovatsion iqtisodiyotning xususiyatlarini belgilaydi:
4-6 texno-iqtisodiy paradigmalar (4-texno-iqtisodiy paradigmalar (ishlab chiqarish liniyasi, simli telefon aloqasi, avtomobilsozlik, samolyotsozlik, yoqilg‘i kimyosi); 5-texno-iqtisodiy paradigmalar (mikroelektronika, informatika, biotexnologiya, genetik muhandislik, yangi energiya turlari, materiallar, kosmik tadqiqotlar, yo‘ldoshli aloqa, optik-fibrli texnika, robototexnika) va innovatsiyalarning 6 to‘lqini (nanoelektronika, molekular va nano fotonika, biotexnologiya, nano-biotexnologiya, kognetiv fanlar, ijtimoiy-gumanitar texnologiyalar);
Iqtisodiy erkinlikning yuqori ko‘rsatkichi. Erkin iqtisodiyotda har bir insonning o‘z mehnativa mol-mulkini nazorat qilishi uning asosiy huquqidir. Iqtisodiy jihatdan erkin jamiyatda, odamlar erkin ishlaydilar, ishlab chiqaradilar, iste’mol qiladilar va xohlagan uslubda sarmoyalar bilan shug‘ullanadilar;
Iqtisodiyotning raqobatbardoshligi. Aynan raqobat shaxsning, iqtisodiyotning, jamiyat va inson kapitalining dvigateli bo‘lib, iqtisodiy taraqqiyotning asosiy omili sanaladi;
Kapitalni almashtirish. Inovatsion iqtisodiyotda inson kapitali jismoniy kapitalni almashtiradi va bu milliy boylikni oshiradi;
Yangi bozorni ishga tushirish. Yangi bozorlarda iqtisodiyotning eski tuzilmalari g‘oyalar, rivojlanish, intellektual mulk, innovatsion mahsulotlar bilan almashtiriladi va yangi sifatga o‘tadi;
Bozorning xilma-xilligi tamoyili(innovatsion mahsulotlar bozori, xizmatlar, takliflar, talab, intellektual mulk, intellektual mehnat, bilim va g‘oyalar, innovatsion ilmiy tashkilotlar, biznes farishtalar va boshqalar);
Innovatsiyalarga bo‘lgan talab va innovatsiyalarning ko‘pligi.
Shuningdek, venchur biznesga, ilmiy-texnikaviy va texnologik biznesni rivojlantirishga katta e’tibor berish muhimdir. Venchur biznes ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar, yirik va o‘rta texnologik innovatsiyalarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lib,tadbirkorlik nuqtai nazaridan yuqori foyda olishni maqsad qiladi. Rivojlanish nuqtai nazaridan innovatsiyalar va jahonning yuqori texnologiya bozoridagi yetakchilik qiluvchi yangi kuchli kompaniyalarni yaratishga qaratilgandir.
Global innovatsion iqtisodiyot asosan g‘oyalar tomonidan boshqariladiva sanoat iqtisodiyotidan katta farq qiladi.






Download 111.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling