Mustaqil ishi bajardi: Ikromov Umidjon Buxoro – 2023 Mavzu: Iqtisodiyotni innovatsion rivojlanish yo`liga o`tishidagi
Download 111.38 Kb.
|
Iqtisodiyotni innovatsion rivojlanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mijozlar tomon yo‘nalish
- Tashkiliy jihat
- Omad olib keluvchi omil
2-rasm. Sanoat iqtisodiyoti va innovatsion iqtisodiyot o‘rtasidagi farq Innovatsion iqtisodiyotni ishlab chiqish va yangi bozorlarni shakllantirish jarayonini rag‘batlantirish uchun innovatsion jarayonlarni qo‘llab-quvvatlovchi maxsus innovatsion infratuzilmani va institutlarni yaratish zarur. Bu yerda mamlakatlarning milliy innovatsion tizimlari hal qiluvchi omilga aylanadi. Milliy innovatsion tizim odamlar, korxonalar va muassasalar o‘rtasida texnologiya va axborot oqimini anglatadi va milliy darajada innovatsion jarayonni ta’minlaydi. Iqtisodchilar milliy innovatsion tizim (MIT)ga turlicha ta’riflar beradilar: MIT – davlat va xususiy sektorda faoliyat yurituvchi va yangi texnologiyalarni import qilish, o‘zgartirish va tarqatish sohasidagi o‘zaro aloqador muassasalar tarmog‘i; MIT– yangi, iqtisodiy va foydali bilimlarni ishlab chiqarish, tarqatish va ulardan foydalanishda o‘zaro ta’sir qiluvchi, bir millat davlati chegaralarida joylashgan yoki ildiz otgan elementlar va munosabatlardir; MIT– milliy kompaniyalarning innovatsion faoliyatini belgilab beruvchi institutlar to‘plamidir; MIT–mamlakatda texnologik ta’limning darajasi va yo‘nalishini belgilaydigan milliy institutlar, ularni rag‘batlantiruvchi tuzilmalar va vakolatlar yig‘indisi; MIT–yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va tarqatish uchun birgalikda va individual ravishda o‘z hissasini qo‘shadigan turli xil muassasa va tashkilotlar bo‘lib, ular hukumatning innovatsion jarayonga ta’sir o‘tkazish siyosatini shakllantiradi va amalga oshiradi. Shunday qilib, MIT yangi texnologiyalarni aniqlaydigan bilim, ko‘nikma vaishlarni yaratish, saqlash va uzatish uchun o‘zaro bog‘langan muassasalar tizimi. Bu bloklar muayyan me’yoriy-huquqiy baza doirasida yaqindan faoliyat olib boradi va milliy innovatsion tizimning zamonaviy tuzilmasini yaratadi. Innovatsion jarayonda universitetlar; ITTKIinstitutlari; kansalting markazlari; yuridik institutlar; marketing agentliklari; yetkazib beruvchilar, iste’molchilar va boshqalar asosan axborot oqimlari orqali faoliyat yuritadilar. Tadqiqotchilar innovatsion jarayon, milliy xo‘jalikning innovatsion faoliyatida bilimning bosh omil ekanini ta’kidlab, kichik hajmda bo‘lsada, ammo ochiq bilim katta hajmdagi, ammo yopiq bilimdan ko‘ra ko‘proq samara olib kelishini aytadilar. Bu esa innovatsion tizim faolitini tushunish, tarqaish va diffuziya qiliga yordam beradi. Bugungi kunda milliy innovatsion tizimni shakllantirishning universal amaliyoti yo‘q. Biroq ekspertlar Yevro Atlantik, Sharqiy Osiyo modelini va rivojlanayotgan mamlakatlar modeli keltirib o‘tadilar. Barcha modellarninng taraqqiyoti quyidagi shart-sharoitlarga asoslanadi: Iqtisodiy rivojlanishning yetarlicha darajasi – innovatsion tizimni moliyalashtirish uchun tegishli mablag‘lar ajrata oladigan rivojlanish darajasi bo‘lib, YaIM va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot (YaIM) bilan belgilanadi; milliy innovatsion tizimni shakllantirish va rivojlantirish uchun yetarli bo‘lgan texnologik va innovatsion salohiyat; Innovatsion rivojlanishga yo‘naltirilgan institutlarning mavjudligi; uy xo‘jaliklarining innovatsiyalarga bo‘lgan talablari. Innovatsion tizimda innovatsion faoliyatni moliyalashtirish muhim ahamiyatga ega. Innovatsion faoliyatni moliyalashtirishda g‘oyalar va bilimlarni yakuniy mahsulotga aylantirish va ularni amaliyotga joriy qilish uchun zarur moliyaviy resurslarni jalb qilishni tushunamiz. Iqtisodchilar innovatsion faoliyatni moliyalashtirishni manbasiga ko‘ra ikki turni ajratadilar: davlat tomonidan moliyalashtirish va xususiy moliyalashtirish. Innovatsion loyihani amalga oshirish uchun uni hayotiylik siklining har bir bosqichida moliyalashtirish zarur. Shunday qilib, innovatsion xarajatlarning to‘rt turi mavjud: ITTKI (fundamental va amaliy tadqiqotlar o‘tkazish, tajriba- konstruktorlik ishlari va bozorga kirishga tayyor mahsulotni yaratish); ishlab chiqarish (tayyor mahsulotning birinchi qismini ishlab chiqarish, ishlab chiqarish va assortimentni kengaytirish, asosiy vositalarni modernizatsiya qilish va yangi ishlab chiqarish jarayonlarini kiritish); Marketing (innovatsiyalarni tarqatish va uni amaliyotga tatbiq yetish); tugatish xarajatlari. Bu sohadagi aloqalarni boshqaradigan normativ-huquqiy bazani yaratish hukumatning eng muhim vazifasi hisoblanadi. Shuningdek, milliy innovatsion tizim siyosati xususiy sektorda innovatsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun sharoitlarni ta’minlash, raqamli iqtisodni, davlat xizmatlarini takomillashtirish, agentliklarni yanada samaraliroq qilish, raqamli infratuzilmani takomillashtirish va ma’lumotlarni to‘g‘ri o‘lchash imkonini beruvchi innovatsion iqtisodiyotni hamda mustahkam, bilimli va innovatsion kadrlarni yaratish uchun zamin hozirlashi lozim. Innovatsion iqtisodiyotni rag‘batlantirish uchun ayrim xorijlik iqtisodchilar quyidagi takliflarni beradilar: ishchi kuchi samaradorligini o‘lchash uchun yaxshiroq o‘lchovlardan foydalanish. Ishchining yoki barcha ishchilarning ish soatining YaIMga nisbatan hisoblanuvchi eskicha yondoshuvlar raqamli texnologiyalarning transformatsional tabiatini nazardan chetda qoldiradi; Kichik biznes, start-aplarni boshlash uchun kreditni kengaytirish orqali tadbirkorlikni rag‘batlantirish, maktab o‘quv dasturlariga tadbirkorlik ko‘nikmalarini qo‘shish; hukumatning innovativligi va hamkorligini kuchaytirish, xizmat ko‘rsatishning yangi yondashuvlari rivojlantirish, shaffoflikni oshirish; keng tarmoqli, axborot uzatish markazlari va mobil uyali aloqalariga investitsiya kiritish orqali infratuzilmani mustahkamlash va simsiz dasturlardan foydalanishni yaxshilash; muhim raqamli aktivlarni himoya qilish, muhim infratuzilmalarga tahdidlarni monitoring qilish jarayonlarini ishlab chiqish; raqamli darsliklar orqali bilimlarni yetkazib berishni takomillashtirish, o‘quv materiallari uchun ijodiy uyushmalarning litsenziyalaridan keng foydalanish; davlat va xususiy sarmoyalarni ish joylari va iqtisodiy faoliyatga aylantirish, shuningdek, sog‘liqni saqlash, xavfsizlik va farovonlikni yaxshilash uchun universitetlar va mahalliy laboratoriyalardan bilimlarni tijoratlashtirishda keng foydalanish; global innovatsiyalar va iqtisodiy erkinlikni rag‘batlantirish uchun transchegaraviy qonunlarni uyg‘unlashtirish. Innovatsiyalar mamlakat va uning iqtisodiyotini rivojlantirishning eng samarali yo‘llaridan sanaladi. A.Toffler, F.Fukuyama, D.Bell kabi iqtisodchilarning ta’kidlashicha, aynan innovatsiyalar zamonaviy dunyoda rivojlangan mamlakatlarning boshqa mamlakatlarga nisbatan iqtisodiy ustunligini belgilab bermoqda. Shuningdek, Massachusets Texnologiyalar Instituti professori D.Achemogluning fikricha “innovatsiya uzoq muddatli o‘sish uchun eng muhim narsaligiga iqtisodchilarning 95 foizi qo‘shiladi”. Misol uchun, innovatsiyalarning ahamiyati va muhim roli tufayli, 2008-yilda Katta 20 talik (G-20)rahbarlari tomonidan “dinamizm, innovatsiya va tadbirlorlik iqtisodiy o‘sish uchun muhimdir” deb nomlanuvchi qo‘shma bayonotni qabul qilindi. Har yili global innovatsiyalar indeksi, global ijodkorlik indeksi, global raqobatbardoshlik indeksi, bilimlar iqtisodiyoti indeksi, tarmoqqa tayyorlik indeksi, Blumberg innovatsiyalar indeksi, Jahon iqtisodiy forumining hisobotlari, Birlashgan Millatlar Tashkilotining innovatsion salohiyatiga ko‘ra dunyo mamlakatlarining reytinglari e’lon qilib boriladi. Global innovatsiyalar indeksi (GII) har yili chop yetiladigan nashr bo‘lib, unda mamlakatlarning (iqtisodiyotlarning) innovatsiyalar uchun qulay sharoitlar yaratishi va innovatsion natijalari bo‘yicha yig‘ma ko‘rsatkichi tadqim yetiladi. GII 140 dan ortiq mamlakatlarni 84 ko‘rsatkichdan foydalangan holda baholaydi. Iqtisodiy o‘sish va farovonlik omili sifatida innovatsiyalarning muhim roli e’tirof etilib, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda qo‘llaniladigan innovatsiyalarga keng gorizontdan qarash zarurligini ta’kidlagan holda, GII an’anaviy innovatsion tadqiqotlar darajasiga kirmaydigan ko‘rsatkichlarni ham o‘z ichiga oladi. Jahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO), Kornel universiteti va Yevropa biznes boshqaruvi instituti (INSEAD) tomonidan birgalikda nashr etiladigan Global innovatsiyalar indeksini hisoblash metodologiyasi quyidagicha: Milliy iqtisodiyotlarning innovatsion potensialini baholashning yana bir uslubi bu Blumberg Innovatsiyalar Indeksidir. Ushbu indeks, 200 dan ortiq davlatlarni innovatsion qobiliyatiga ko‘ra baholaydi va top 50 talikni aniqlaydi. Bunda oltita teng vaznli ko‘rsatkichlardan foydalaniladi va har bir ko‘rsatgich bo‘yicha mamlakatlarga noldan 100 gacha bo‘lgan umumiy ballar taqdim etiladi. Uning o‘lchovlari quyidagilardir: Tadqiqot va Loyihalash: Ilmiy-tadqiqot ishlariga sarflanadigan xarajatlar YaIMga nisbatan foizda; Ishlab chiqarish: Aholi jon boshiga qo‘shilgan qiymat ishlab chiqarish; Yuqori texnologiyali kompaniyalar: mahalliy ishlab chiqaruvchi yuqori texnologik davlat kompaniyalarining soni; O‘rta maktabdan keyingi ta’lim: o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga qabul qilingan o‘rta maktab bitiruvchilarining soni kogorta foizida; uchinchi darajali ishchi kuchining ulushi; har yili fan va muhandislik bitiruvchilarining ishchi kuchi ulushi va uchinchi bitiruvchilarning umumiy soniga nisbati; Ilmiy xodimlar: mutaxassislar, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanadigan PhD tadqiqotchilarining 1 million aholiga nisbatan ulushi; Patentlar: 1 million aholiga va sarflangan 1 million dollarlik ITTKI xarajatiga to‘g‘ri keladigan foydali patent talabnomalari nisbati, berilgan patentlarning dunyo miqyosidagi foizga nisbati. Innovatsion iqtisodiyotni qurish qiyin va ko‘p qirralidir. U sifatli oliy ta’limni, ishonchli axborot infratuzilmasini, kuchli tadqiqotlar va ishlanmalarni, doimiy innovatsiyalarni va barchasini qo‘llab-quvvatlovchi iqtisodiy institutlarni talab qiladi. Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkilotining yalpi ichki mahsulotning 50 foizdan ortig‘i bilim sig‘imkorligi yuqori sanaluvchi mamlakatlari ushbu xususiyatlarga ega va o‘nlab yillar oldin o‘zlarining tarkibiy o‘zgarishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirdilar. Dunyoning eng innovatsion mamlakatlari, inson kapitaliga investitsiyalar, kuchli innovatsion infratuzilmalar bilan birgalikda yuqori darajadagi ijodkorlikka hissa qo‘shadigan, bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan innovatsion ekotizimni yaratgan mamlakatlar hisoblanadi. Hozirgi kunda Global Innovatsiyalar Indeksi 2019 ga ko‘ra Shveysariya, Shvesiya, AQSh, Gollandiya va Buyuk Britaniya dunyoning eng innovatsion jihatdan rivojlangan mamlakatlari sanaladi. Blumberg Innovatsiyalar Indeksining 2019yilgi reytingiga ko‘ra esa Janubiy Koreya, Germaniya, Finlandiya, Shvesariya, Isroil jahonda yetakchilik qiladi. Download 111.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling