Talaba nazirov javohirbek guruh 17 51 2 –joriy nazorat ishi
Download 213.36 Kb. Pdf ko'rish
|
PEDAGOGIKA NAZIROV
Talaba_NAZIROV JAVOHIRBEK Guruh_17_51 2 –joriy nazorat ishi. Abu Abdulloh Al –Xorazmiy o’z asarlarida ta’lim tarbiyaga alohida e’tibor bergan. U o’zining asari ,,Al –jabr al –muqobila”da faqatgina matematika, hisob kitobga berilmasdan insonning qiymatini ham nazardan chetda qoldirmagan. U o’z qarashiga muvofiq inson didaktikasiga ko’ra: Agar inson yaxshi xulq sohibi bo’lsa, u 1ga teng. Agar inson husn sohibi bo’lsa, birning yoniga nolni qo’sh=10 bo’ladi. Agar inson boy bo’lsa, yana bir nolni qo’sh=100 bo’ladi. Agar nasl –nasabli bo’lsa, yana bir nolni qo’sh= 1000 bo’ladi. Agar 1 raqami ya’ni, xulq yo’q bo’lib ketsa, insonning qiymati yo’qqa chiqib, nollarning o’zi qoladi=000. Mana ko’rinib turibdiki, sharqda avvalo xulq masalasi birinchi o’ringa qo’yilib kelinganligi. Forobiy o’z qarashlarida tarbiya masalasiga jiddiy qaragan. Uning ,,Fozil odamlar shahri” asaridan va boshqa bir qancha asarlaridan bilib olishimiz mumkin. Forobiy faqat nazariy bilimlar bilan cheklanmasdan amaliyotni ham bilgan. U haqida bizga yetib kelgan musiqa asbobini chalishni bilishi, va bir ziyofatga borganligi ammo unga hech kim e’tibor bermaydi. U musiqa asbobini olib chalishni boshlaydi, shunda hamma o’ynashga tushadi, va yana kuy chalishni boshlaydi, yurakni yig’latuvchi kuyidan hamma sel –sel bo’lib yig’laydi, ketish oldidan esa hammani uyqusini keltiradigan kuy chaladi va hamma uxlab qoladi. Mana yaxshi xulq sohibi bo’lgan Forobiy davrada o’zini ko’rsatmaydi. Hamma uyg’onib qarasa Forobiy ketib qolgan bo’ladi. Keyinchalik Forobiy ekanligini bilishadi. Forobiy insonlar haqida ko’plab fikrlar keltirgan. Abu Ali Ibn Sino yoshligidan bilimga chanqoq bo’lgan. Yoshligida ilmni mukammal o’rganadi. Uning hammamizga ma’lum bo’lgan, farzand tarbiyasidagi hikmatlari asrlar osha o’zining qiymatini va qadrini yo’qotmasdan, asrlar osha qimmatli ma’lumot bo’lib kelmoqda. Ibn Sino asarlarida insonni o’zining ongini boshqarishni ya’ni, o’zini o’zi tarbiyalashini ko’rishimiz mumkin. Bemor kelsa sen kasal tarafdamisan yoki men tomondamisan degan so’zida qanchalar hikmat mujassam. Abu Rayhon Beruniy tillarni yaxshi o’zlashtirganligi sababli faqat movaraunnahrning emas dunyo kitoblarini o’rgangani ma’lum. Birgina misol ,,Qaytarish bilimlarning onasi” .Buni qadimgi yunon allomalarining asarida uchratishimiz mumkin. ,,Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida bir qancha xalqlarning ta’lim tarbiyasi haqida ma’lumot berishni ko’ramiz. Kaykovusning ,,Qobusnoma” asarida tarbiyaga, omonatga oid ko’plab ma’lumotlar uchraydi. Asarda Aleksandr Makedonskiy hayoti haqida so’z borganda uning ,,men o’lgandan so’ng bir qo’limni tobutdan chiqarib qo’yinglar, xalq buni ko’rsin, dunyoni egallagan odam dunyodan quruq qo’l bilan qaytayotganimni ko’rsin”. Bunda odamlarni mol –dunyoga berilmasligi, nafsning quli bo’lmasligi, dunyo hammani ortda qoldirishini ko’ramiz. Hozirgi kunda tarbiya masalasiga alohida e’tibor berish kerak. Hozir zamon shiddat bilan rivojlanmoqda. Turli oqimlar, bolalarni yo’ldan ozdirmoqda. Tarixdan insonni tiliga ehtiyot bo’lishligi aytib kelinadi. Buni yorqin misoli ,,Qobusnoma asaridir”. Asarda keltirilishicha bir podsho hakimga qarab sen nasroniysan deydi, shunda yoshi ulug’ hakim: men nasroniy bo’lsam sen haromisan deydi. Bu so’zdan podsho yig’lab yuboradi. Hakimdan nega unday deganini so’raydi. Shunda u men sening ota –onanga nikoh o’qiganman, agar men nasroniy bo’lsam, sen unda nikohsiz tug’ilgan bola bo’lasan deydi. Hozirgi kunda avj olgan yolg’onchilik, aldoqchilik, omonatga hiyonat qilish holatlari kun sayin ortib bormoqda. Bu asarda omonatga hiyonat qilmaslik haqida 100 tillani o’g’riga omonat deb hammomga borgan odam haqida hikoya keltirilgan. Bu asarga necha yillar o’tgan bo’lsa ham o’zining mazmuni, tarbiya masalasida hozirgi kunga ham mosligi bilan ajralib turadi. Yusuf Xos Hojibning ,,Qutadg’u bilig” asarida tarbiya masalasida, davlatni boshqarishda, adolat, to’g’rilik, ilm olish, ibodat borasida o’z qarashlarini bayon etib ketgan. Bu asar o’z davrinig shoh asaridir. Asarda har doim shoshilmaslik, ammo ilmga va toat –ibodatga shoshilish kerakligi haqida yozgan. Raiyatni har doim adolat bilan boshqarish kerakligi, chunki arslonni chumolilar qulatishi mumkinligi bayon etilgan. Hozirgi kunda ham agar xalqni o’ylamay ish olib borsa,mamlakatni halokatga eltadi, xalq bosh ko’taradi. Davlatni boshqarishda qatiyatli, bilimli, uzoqni ko’ra biladigan insonlar boshqarishligi aytilgan. Agar it boshchilik qilsa, qo’l ostidagilar ham itga o’xshab qolishi, agar arslon boshchilik qilsa qo’l ostidagilar ham arslonga aylanishi bayon etilgan. Ami Temur ,,Temur tuzuklari” asarida davlatni boshqarishda diplomat bo’lishga alohida e’tibor qaratgan. Men dunyoni 9 ulushini mashvarat bilan, 1 ulushini qilich bilan oldim –degan. Bu jihatni pedagogik tahlil qilsak, tarbiya ustunligini, odamlarni qiynamaslikni bilishimiz mumkin. Qo’l ostidagilarni mansabga tayinlashda ularning odob –axloqi, yurish- turishi, bilimi, avlodlarini surishtirishini ko’ramiz. Mirzo Ulug’bek temuriylar orasida eng bilimga chanqoq insondir. Uning ilmga qo’shgan hissasi hozirgi zamonda ham o’rganilib tadqiq etib kelmoqda. Uning madrasasida qanchadan qancha yoshlar bilim olgan. Madrasalarga hatto Yevropadan ham kelib o’qishgan. Boburning ,,Boburnoma “ asari memuar asar bo’lib, unda hayotda o’z boshidan o’tkazgan hodisalar haqida yozar ekan, unda: turli bilimlarga oid ma’lumotlarni uchratamiz. Hatto pedagogikaga oid, masalan farzand tarbiyasi masalasidagi fikrlarini misol qilib keltirishimiz mumkin. Eski maktablar tizimi haqida Sadriddin Ayniyning ,,Eski maktab” asaridan bilamiz. Bu maktablar tizimi, o’qishni o’rgatish boshlang’ich bo’lgan. O’qimaganlar juda qattiq jazolangan. Chor Rossiyasi o’zlarining tizimini izga solish uchun rus –tuzem maktablarini joriy etdilar. 1884-yil Toshkenda Saidg’ani Saidazimboy uyida ochilgan. 1911-yil bunday maktablar soni 89 taga yetgan. Bu maktablarda turli fanlar o’qitilgan. Hatto Rossiyaga sayohat ham uyushtirilgan. 1896-yil ilk gimnaziya ochilgan. O’lka ziyolilari ta’lim borasiga katta hissa qo’shganlar. Bulardan:A.Avloniy, Behbudiy, Munavvar Qori, Shakuriylarni keltirishimiz mumkin. Bular faqat maktab ochib qolmasdan, matbuot ishini ham olib borganlar. Matbuot orqali aholini ko’zini ochmoqchi bo’lganlar. Diniy bilimlarni deb dunyoviy bilimlardan voz kechmasligi kerakligi uqtirilgan. A.Avloniy elchi, yozuvchi, diplomat ziyoli insonligi barchamizga ma’lum. O’zi maktab tashkil etkanligi va darsliklar tayyorlaganligi, Turon gazetasini nashr etgan. Tarbiya borasida o’zining o’tkir fikrini mln yillar o’tsa ham eskirmasligini ko’ramiz. ,,Tarbiya biz uchun yo hayot –yo mamot, yo najot –yo halokat, yo saodat –yo falokat masalasidir” deb bejiz aytmagan. 3-joriy. Qadimdan tarbiya, ta’limga e’tibor berib kelinmoqda. Qadimgi Sharqda ham Qadimgi Yunonistonda ham maktab albatta bo’lgan. Qadimda boy oilalar farzandlalrini maktabda o’qitganlar. Sharqda Mesopotamiya, Bobil, Misr mamlakatlarini misol qilib keltirish mumkin. Bu yerda ular hisob –kitob, o’qish, yozishni o’rganishgan. Kambag’al oilalarning farzandlari esa ota –onalarida uy – yumushlarini o’rganishgan. Qadimgi Yunonistonda maktabning paydo bo’lishi, qullarning bolalarni yetaklab kuzatib borishi natijasida paydo bo’lgan. Ular bolalarga yo’lda narsalar o’rgatib, topqirliklari uchun ularni rag’batlantirgan. Rag’bat tariqasida oq, ko’k, qora toshlardan foydalanganlar. Maktablarda o’qish, yozish, hisoblash o’rgatilgan. Palestrlar mavjud bo’lib, matematika, musiqa, she’riyat geometriya o’rgatilgan. Komunikativ qobiliyat –bu muloqotdir. Bola bog’chaga, maktabga borganida ularda adaptatsiya jarayoni kuzatiladi. Bolalar temperament jihatidan 4ga bo’linadi. Komunikatsiyani rivojlantirish avvalo, psixologik yondashib, uni rivojlantirish mumkin. Bu faqat odamlar bilan emas, darsliklar bilan ham aloqaga kirishidir. Pedagog o’zining yurish –turishi, kiyinishi, odobi, muomalasi bilan ajralib turadi. Bo’lajak pedagog me’yorda kiyinishi, zeb –u ziynatga berilmaslik kerak. Chunki dars jarayonida bolaning diqqati chalg’imasligi kerak. Diqqat eng muhim narsa, uni jalb etish mushkulroqdir, ammo diqqat chalg’ishi oson. Pedagog mahorati har tomonlama mukammal bo’lishdir. Ko’rgazmali qurollari ham, nutqi, bilimi va o’zini tutish qobiliyati. O’qituvchi faqat nutqdan foydalanmasdan mimikalardan ham foydalanishi kerak. Barcha narsada me’yor bo’lganidek, mimikada ham me’yor mavjud. Defekti bor bolalar bilan ishlashda artikulatsion (og’iz qimirlatish)dan foydalanadilar. Bolalar bilan ishlashda ularni rag’batlantirishni ham unutmaslik kerak. Pedagog texnikasida bu hisobga olinadi. Pedagog o’zidagi uslublar bilan cheklanmasdan boshqa davlatdagi pedagoglarning ham tajribalaridan foydalanishi zarur. O’zidagi usullar bilan ham qorishtirib yangi ped texnologiyalarni yaratish bo’ladi. O’zini o’zi tarbiyalashda
o’zidagi kamchiliklarni avvalo bilishi lozim. Faqat o’z fan doirasi bilan cheklanmasdan boshqa fanlar bilan uzviy bog’lash kerak. Zamonda qanday voqea sodir bo’layotganligini kuzatish har bir pedagogning asosiy vazifasidir. Download 213.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling