Mustaqil ishi bajardi: Omonov k tekshirdi: Yaxyoyev O


Janubiy Koreyaning samarali rivojlanish tajribasi


Download 114.43 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi114.43 Kb.
#1543417
1   2   3   4
Bog'liq
iqt o\'sish m ish

Janubiy Koreyaning samarali rivojlanish tajribasi

Janubiy Koreya 1960-yillaming boshlarida Zimbabve yoki Angola


kabi qashshoq davlat edi. Bugungi kunda esa uning aholisining
daromadlari Ispaniya yoki Chexiyanikidan yuqori bo‘lib, dunyoda
Yaponiya bilan birgalikda innovatsiyalarga eng ko‘p mablag‘
kiritadigan mamlakatdir.

Agar 1960-yildan so‘ng Burundi yoki Uganda singari mamlakatlar


yuqori texnologiyalar bo‘yicha yetakchi davlatlarga aylanadi, bu
mamlakatlarda qashshoqlik deyarli boMmaydi va o‘rtacha umr ko‘rish
yoshi Shvetsiya yoki Norvegiyaga qaraganda yuqoriroq bo‘ladi.
Janubiy Koreyaning 1960-yildagi aholi jon boshiga daromadi,
Afrikadagi Namibiya yoki Mozambiknikidan kam bo‘lgan, ammo,
2020-yilga kelib, Janubiy Koreya juda tez fursatlarda uchinchi
dunyodan birinchisiga o‘tdi. Bugungi kunda, uning aholi jon boshiga daromadi Ispaniya va Italiyanikidan ko‘p, Buyuk Britaniya bilan esa deyarli teng. Mamlakatda qashshoqlik taxminan 5% ni tashkil etadi, boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi farq, yevropa Ittifoqidagi o‘rtacha ko‘rsatkichlarga yaqin. Bundan tashqari, hozirgi vaqtda Janubiy Koreya, aholining o ‘rtaeha umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha dunyoning birinchi o‘ntaligiga kiradi (83,5 yosh, bu Fransiya va Kanada kabi mamlakatlardan yuqori).

Janubiy Koreya eksportining katta qismini murakkab tarmoqlar


(elektronika, avtomobillar, yuk mashinalari, yuqori texnologiyalar)
tashkil etadi. Shu bilan birga, Janubiy Koreya, innovatsiya sohasiga
dunyoda eng katta kuch sarflayotgan mamlakatdir: u o‘zining yalpi
ichki mahsulotining 4,3 foizini ilmiy tadqiqot va ishlanmalarga
sarflaydi, bu hatto rivojlangan mamlakatlaming ham o‘rtacha
ko‘rsatkichlaridan ancha yuqori hisoblanadi. (Misol uchun,
0 ‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 0,5% ga teng va 2020-yildan 0.8 foizga
ko‘tarish maqsad qilingan.) Mamlakatdagi Samsung, LG yoki Hyundai
kabi yirik kompaniyalaming ta’sirchan muvaffaqiyati ham aynan
shunga bog‘liqdir. Bular Janubiy Koreyadagi ishlab chiqarish
tuzilmasining yadrolaridir.

Koreyada “mo‘jiza” qanday sodir boidi? 1960-yillar Janubiy


Koreya tarixida katta burilish davri edi. Dahshatli o‘n yilliklardan
so‘ng (1910—45-yillarda Yaponiyaning bostirib kirishi va undan
keyin 1950 -53-yillarda Koreyadagi qonli urush), 1961-yildan boshlab
Janubiy Koreya, davlat to‘ntarishini amalga oshirgan general Pak
Chon Xi boshchiligida rivojlanish bosqichiga kirishdi. 1979-yil Pak Chon Xining o'limigacha bo‘lgan 18 yil mobaynida Koreyada aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAIM yiliga 7,1 foizdan o‘sib bordi.

Agar 1961-yilda Janubiy Koreyaning aholi jon boshiga YAIM


Namibiya yoki Mozambiknikidan kam bo‘Igan boisa, 1979-yilga
kelib u Misr va Yugoslaviyaga tenglashib oldi. General Pak
siyosatining ta’siri XXI-asrda ham davom etdi: 2013-yildan 2017-
yilgacha uning qizi - korrupsiya uchun lavozimidan chetlatilgunga
qadar - mamlakat prezidenti edi.
Yaponiya rivojlanish modelidan ilhomlangan Janubiy Koreya
strategiyasi, davlat tomonidan sanoatga yo‘naltirilgan katta kuchga ega
edi, davlatning iqtisodiy sohaga aralashuvi - sanoat sohalarini to‘g‘ri tanlab rivojlantirish choralari orqali - ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish va murakkablashtirtish uchun zarur edi , shuning uchun 1960-yillarda sanoatning asosiy yo’nalishlarida birinchi sector ustunlik qildi.
Koreyada ishlab chiqilgan iqtisodiy va sanoat siyosati quyidagilar edi:

• strategik sohalarga cheklangan vaqt davomidagi bojxona


himoyasi;
• sanoat mahsulotlari eksporti uchun subsidiyalar;
• arzon iste’mol kreditlari;
• ma’lum bir hashamatli tovarlaming ichki marketingini taqiqlash;
• texnologik ta’limni rivojlantirish va iqtisodiyotning ayrim
sohalarida xorijiy investitsiyalami tartibga solish.

Janubiy Koreyadagi transmilliy korporatsiyalaming o‘zaro


bog‘liqligi shundaki, sanoatlashtirish jarayonining eng dinamik
ishtirokchilari asosan mahalliy kompaniyalar bo‘lgan: bular LG,
Samsung yoki Hyundai kabi oilaviy kelib chiqishga ega bo‘lgan yirik
xususiy konglomeratlar (chebollar) edi. 1990-yilga kelib Janubiy
Koreyada sanoatlashtirish jarayoni avjiga chiqqan pallada to‘g‘ridan-
to‘g‘ri xorijiy investitsiyalaming YAIMga nisbatan ulushi 1,9% tashkil
etardi xolos, bu esa xalqaro standartlarga nisbatan juda past edi.
Taqqoslash uchun, o‘sha yili rivojlanish strategiyasi sifatida chet el investitsiyalari uchun asosiy nuqta bo‘lgan Singapurda bu ko‘rsatkich 78,5%ga chiqqan.

Janubiy Koreyada davlat ishchilar sinfiga nisbatan repressiv ta’sir


ko‘rsatgani rost, ammo u intizomli xususiy kapitalni ham o‘zining
rivojlanish rejalariga moslashtira oldi. Chunki 1960-yillaming
boshlarida Janubiy Koreyaning mahalliy elitalari nisbatan zaif bo‘lgan
(bu masalan, daromadlami o‘rtacha teng taqsimlashda aks etgan), bu yer egalari sinfi yo‘q qilinishiga olib kelgan.

1940-yillarda amalga oshirilgan agrar islohotlaming natijasi edi.


Shunday qilib, mahalliy elitaning zaifligi va davlatning to‘lov
qobiliyatining yuqoriligi sanoatishlab chiqarishida yaxshi ko‘rsatkich-
lami berdi, natijada davlat va xususiy sektor kompensatsiyasiz
subsidiyalar o'rniga o‘zaro kelishuvga erishib ishlashda davom etishdi.
Boshqacha qilib aytganda, davlat xususiy sektorlarga resurslar va
daromadlami qayta taqsimladi va ulaming samaradorligini oshirishni
texnologik tayyorgarlik, innovatsiya va albatta jazolanish tahdidi orqali amalga oshirishga muvaffaq bo’ldi.
Yaponiya va Tayvan singari Janubiy Koreyaning ham
rivojlanishidagi yana bir hal qiluvchi omil AQSHning yordami edi. Sharqiy Osiyo ham sovuq urushning katta sahnalaridan biri bo‘lgan, bu yerda ikki Koreya o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, kommunistik Xitoy va kapitalistik Tayvan o ‘rtasidagi qarama-qarshiliklar va Vetnam urushi Sharqiy Osiyo mamlakatlarining rivojlanish bosqichlarida katta ahamiyatga ega.

Mintaqada kommunistik g ‘oyalami tarqalishini oldini olish uchun


AQSH Janubiy Koreyaning rivojlanishini faol ravishda qo‘llab-
quvvatladi, masalan, Janubiy Koreya ishlab chiqaruvchilariga o‘z
bozorini ochib, valuta va texnologiya taqdim etdi va o ‘z transmilliy kompaniyalarining ishlab chiqarish faoliyatidagi ishtirokini kamaytirishga rozi bo‘ldi. Janubiy Koreyadagi savdo balansi defitsiti faqat 80 yillarga kelibgina to‘xtadi. 0 ‘sha paytgacha va ayniqsa, 60 yillarda AQSHning tashqi yordamlari, to‘lov balansi muvozanatini saqlashda va iqtisodiy o‘sishni sekinlashtirgan dollar taqchilligini oldini olishda muhim ahamiyat kasb etgan.

Bir qarashda, Janubiy Koreya tajribasi “davlat faqat o‘yin


qoidalarinigina kafolatlashi kerak” degan liberal postulatga qarshi
chiqayotganidek ko‘rinadi. Janubiy Koreya - boshqarish qobiliyatiga
ega bo‘lgan kuchli davlat mexanizmlari tufayli, jamlangan katta
sarmoyalar rivojlanish uchun asos bo‘lishi mumkinligini isbotlagan
mamlakatga yaqqol misoldir. Pak Chon Xi kichik va o ‘rta
korxonalami emas, balki chebollami afzal ko‘rishiga bir nechta
sabablar bor.

Birinchidan, kichik va o‘rta korxonalar bilan o‘zaro munosabat,


yuqori atomizatsiyalangan subyektlar bilan ishlashni anglatadi, bu esa
muvofiqlashtirishni qiyinlashtiradi; ikkinchidan, kichik va o‘rta
korxona subyektlari tezkor texnologik o‘zgarishlar uchun unchalik
katta potensialga ega emasligi seziladi. Janubiy Koreyaning
“chebollar”i qanday o‘ziga xos xususiyatlarga ega edi? Birinchidan,
ulaming egalari odatda oilalardir. Ikkinchidan, chebollar turli faoliyat sohalarida (sanoat, qurilish, yuqori texnologiyalar) ko‘plab korxonalami o‘z ichiga oladi. Birgina Samsung kompaniyasi ekskavator va kemalardan tortib bugungi kundagi eng ilg‘or texnologiyalarga asoslangan smartfonlargacha
ishlab chiqaradi. Tabiiyki, ular Janubiy Koreyaning iqtisodiy
tuzilishida katta ahamiyatga ega bo‘lganligi sababli, mamlakat
siyosatiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatishgan. 1960 va 1970-yillarda
davlat ularni tartibga solishga muvaffaq bo‘ldi, ammo 1980-yillardan
boshlab, o‘tgan o’n yilliklarda katta kapital to ‘planishi tufayli,
chebollar o‘z kuchini oshirdilar va davlatning iqtisodiy tartiblarga
aralashuvlarini kamaytirishni talab qila boshladilar. 90 yillaming
oxirida sobiq iqtisodiy tizimni isloh qilish jarayoni boshlandi.

Xalqaro valuta jamg‘armasi va boshqa xalqaro tashkilotlar ko‘magi


bilan moliya sektori mustahkamlandi va an’anaviy oilaviy biznes
tuzilmalarining zamonaviy aksionerlik jamiyatlariga o‘tish jarayoni
sodir bo‘ldi. 2000-yillarda Janubiy Koreya yirik sanoat korxonalarini
tashkil etish uchun soliqlar va ma’muriy ruxsatnomalami kamaytirdi,
buning natijasida Janubiy Koreya iqtisodiyotida Daewoo Shipbuilding
& Marine Engineering, Hyundai Rotem, Times Aerospace Korea kabi
o‘nlab yirik kompaniyalar paydo bo’ldi.

O‘zbekiston Respublikasida ham juda ko‘p sohalarda Koreya


Respublikasining tajribalaridan foydalanishga harakat qilinadi ammo
bu harakatlar doim ham samaradorligini ko‘rsata olmadi. Chunki
davlat boshqaruvi mexanizmlarida sudlaming erkinligi, korrupsiyaga
qarshi murosasiz kurash olib bormasdan turib iqtisodiy rivojlanish
haqida o‘ylashni foydasi yo‘q. Sharqiy Osiyo mamlakatlaridagi davlat
intervensionizmining 0 ‘rta Osiyo kabi boshqa rivojlanayotgan
mamlakatlardagi intervensionizmdan ajratib turadigan omillardan
biri intensiv avtoritarizmning bir qismi sifatida olib borilgan davlat
siyosatining yuqori sifati edi.

Download 114.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling