Mustaqil ishi bajardi: Xasanova Sh
Genlarni fermentativ metod yordamida sun’iy sintezlash
Download 84.56 Kb.
|
Gen faoliyatining boshqarilishi
Genlarni fermentativ metod yordamida sun’iy sintezlash.
Murakkab, yirik genlarni sintezlash imkoniyati teskari transkripsiya jarayonining kashf etilishi natijasida mumkin boidi. Teskari transkripsiya deb, i-RNK negizida komplementar DNK molekulasining sintezlanishiga aytiladi. Bu jarayon teskari transkriptaza fermenti ta’sirida namoyon boiishligi aniqlandi (ilova - 81-rasm). Teskari transkriptaza fermenti 1970-yilda Tyo‘min va Mizutani tomonidan kashf etilgan. 1972-yilda Kasion va uning xodimlari odamning globin genini bu metod yordamida sun’iy sintezlashdi. 1973-yilda Rossiya va Ukrainadagi ilmiy markazlarda quyon va kaptarga xos globin geni sun’iy yaratildi. Genlarni fermentativ sintezlash uchun bitta kimyoviy idishga quyidagi moddalar eritma holatida joylashtiriladi: genni sintezlash uchun zarur qurilish materiali boimish dezoksi- nukleozidtrifosfat; b) teskari transkriptaza fermenti; d) genni sintezlash uchun andoza funksiyasini bajaruvchi sintezlanishi kerak boigan gen kodiga ega i-RNK molekulasi; e) magniy (ba’zan marganes) ionlari; gen sintezlash reaksiyasini tezlashtirish uchun «zond» vazifasida timinning 8-10 nukleotid tartibi xizmat qiladi. Virus genlarini sintezlashda «achitqi» funksiyasini ba’zi t-RNKlar bajaradi. Genni sun’iy fermentativ sintezlash uchun yaratilgan bunday moddalar eritmasi teskari transkriptaza fermenti yordamida i-RNK andozasi yonida (komplementar) k-DNK molekulasi sintezlanadi. Buning uchun avval unga komplementar polinukleotid zanjiri sintezlanadi. Bundan so‘ng transkriptaza fermentining o‘zi sintezlangan polinukleotid zanjiriga parallel unga komplementar ikkinchi polinukleotid zanjirini sintezlaydi. Bunday holatda DNKning muayyan qismi boigan uning tarkibidagi gen sun’iy toiiq sintezlangan hisoblanadi. Qayd etilgan usul bilan odam, quyon, sichqon, o‘rdak va kaptaming globin, sichqonlaming immunoglobulin genlari, ba’zi viruslar va bakte- riofaglar k-DNKlari sintez qilindi. Download 84.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling