Mustaqil ishi bajardi: Xasanova Sh
Download 84.56 Kb.
|
Gen faoliyatining boshqarilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Gen faoliyatining boshqarilishi Kirish Asosiy qisim
- 3. Xromasoma va hujayra injeneriyasi 3.1 Xromosoma va hujayra injeneriyasi 3.2 Hujayra injeneriyasi Xulosa
Urganch Davlat Unverstiteti ikkinchi mutaxasisilik 3 kurs 191-gurux biologiya yoʻnalishi talabasi Xasanova Shamsiyaning Genetika va genomika fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI Bajardi: Xasanova Sh Qabul qildi: Ismailova I Mavzu: Gen faoliyatining boshqarilishi Kirish Asosiy qisim 1.Genetikaning tadqiqot ob’ektlari 2. Genetik injeneriya 2.1. Genlarni sun’iy sintez qilish 2.2. Genlami rekombinant k-ONK lar orqali transformatsiya qilish 3. Xromasoma va hujayra injeneriyasi 3.1 Xromosoma va hujayra injeneriyasi 3.2 Hujayra injeneriyasi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Eukariot organizmlarda ham genlar faoliyatining regulatsiyasi haqidagi Jakob - Mono ta’limotida bayon etilgan qonuniyatlarning asosiylari namoyon boiadi. Lekin ularda genlar faoliyatining regulatsiyasi prokariotlarnikiga nisbatan juda murakkab kechadi. Bu jarayon eukariotlarda shu vaqtgacha toiiq tadqiq qilib tugatilmagan. Hozirgacha olingan dalillarga binoan eukariot organizmlarda genlar faoliyatining regulatsiyasi prokariotlamikidan quyidagi belgilari bilan tafovutlanadi: boshqarish funksiyasini bajaradi. Regulator geni genotipning operondan boshqa qismida joylashgan boiib, operator genining faoliyatini boshqarish funksiyasini bajaradi. Mazkur gen repressor deb nomlangan oqsilni sintez qiladi. Operator geni faoliyatining namoyon boiish yoki boimasligi repressor oqsilining faol yoki passiv holatda boiishligiga bogiiq. Yangi sintezlangan sof holdagi repressor faoliyatsiz (passiv) boiadi. Shu sababli u operator genining faoliyatini to‘xtata olmaydi. Agarda hujayrada strukturaviy genlar faoliyati natijasida sintezlanayotgan so‘nggi moddaning (rasmda D harfi bilan ifodalangan) miqdori keragicha normal boisa, repressor oqsili faol boimagan holatda boiadi. Buning natijasida operator geni strukturaviy genlaming normal faoliyat ko‘rsatishini ta’min etadi. Shuning uchun «D» moddasining normal miqdordagi sintezi davom etadi. Agar hujayrada strukturaviy genlar faoliyati natijasida sintezlangan «D» moddasining miqdori keragidan ko‘payib, to'planib qolsa, bu mod-da repressor bilan darrov reaksiyaga kirishib, uni faol holatga keltiradi. Faollashgan repressor operator geni bilan ulanib, u orqali «D» moddasini sintezlayotgan strukturaviy genlar faoliyatini to‘xtatib qo‘yadi. Oqibatda «D» moddasini sintezlash vaqtincha to‘xtatiladi. Hujayrada «D» moddasining zaxira qismi tugab, bu moddaning sintezlana boshlashiga zaruriyat paydo boiishi bilan repressoming faoliyati to'xtaydi. Natijada operator geni yana strukturaviy genlar faoliyatini tiklaydi. «D» moddaning sintezlanishi yana boshlanadi. Shunday qilib, hujayrada joylashgan genetik qurilma-regulator va operator genlar maium strukturaga ega boigan oqsilning sintez qilinishini boshlash yoki to‘xtatish zarurligini ifodalovchi induksiya va repressiya signallarini qabul qilish va unga samarali javob berish xususiyatiga ega ekanligi isbotlandi. Strukturaviy genlaming oqsilni sintez qilish funksiyasini regulatsiya qilish jarayoni mukammal o‘zini-o‘zi boshqarish prinsipiga asoslangan molekular genetik tizim hisoblanadi. DNK molekulasidan maium sifatga ega boigan oqsilning sintezlanishi haqidagi irsiy axborotning realizatsiyasi hujayrada mavjud ushbu oqsil miqdori va unga zaruriyat haqidagi axborotning o‘z navbatida DNKda sodir boiuvchi i-RNK transkripsiyasiga ta’siri orqali boshqarilishligi ko‘rsatilgan. Jakob va Mono tomonidan strukturaviy genlar faoliyatining regulatsiyasi haqidagi nazariya va model yaratilgandan keyin bu sohaga oid yana muhim yangi dalillar olindi. Bu dalillarga binoan DNKning polinukleotid zanjiri da operator genining yonida promotor deb atalgan nukleotidlar tartibi mavjud. Promotor quyidagi uchta funksiyani bajaradi: DNKning promotor joylashgan joyiga RNK-polimeraza fermenti ulanib, shu yeming o‘zida struktura genlari joylashgan i-RNK sintezi boshlanishini ta’min etadi. Promotor tarkibidagi nukleotidlar tartibi DNK molekulasidagi ikkita polinukleotid zanjiridan qaysi biri o‘ziga RNK-polimerazani ulashligini aniqlaydi. Shunday qilib, DNKning qaysi polinukleotid zanjiri i-RNKning sintezi uchun andozalik vazifasini bajarishligi promotorga bogiiq.Transkripsiya, translatsiya jarayonlarining yakunlanganligini UAA, UAG, UGA tripletlari belgilaydi. Bu ma’lumotlarga asoslanib, kengroq ma’nodagi operon tushunchasiga promotor, gen-operator va strukturaviy genlar kiradi. Molekular genetikada transkripsiya natijasida sintezlangan i-RNK ni transkripton, replikatsiya orqali hosil boigan DNK lami replikon, xromosomani esa segregon, ayrim genlami sistron deb ham yuritiladi. Eukariot organizmlarda ham genlar faoliyatining regulatsiyasi haqidagi Jakob - Mono ta’limotida bayon etilgan qonuniyatlarning asosiylari namoyon boiadi. Lekin ularda genlar faoliyatining regulatsiyasi prokariotlarnikiga nisbatan juda murakkab kechadi. Bu jarayon eukariotlarda shu vaqtgacha toiiq tadqiq qilib tugatilmagan. Hozirgacha olingan dalillarga binoan eukariot organizmlarda genlar faoliyatining regulatsiyasi prokariotlamikidan quyidagi belgilari bilan tafovutlanadi: Prokariotlarda bitta i-RNK operonida bitta operator geni va bir nechta strukturaviy genlar kodiga ega boiadi. Eukariot organizmlarda esa i-RNK strukturasida kodlangan operon bitta regulator geni bitta strukturaviy gen irsiy axborotiga ega boiadi. Eukariotlarda prokariotlardagi kabi ayrim hujayra doirasidagi genlar faoliyati regulatsiyasidan tashqari, butun organizm doirasida faoliyat ko‘rsatuvchi genlar majmuasi faoliyatining regulatsiyasi ham mavjud. Prokariotlarda transkripsiya va translatsiya jarayonlari ketma- ket amalga oshadi. Eukariotlarda esa transkripsiya va translatsiya jarayonlaridan tashqari ulaming orasida uchinchi jarayon splaysing va protsessing hodisasi kechadi. Buning natijasida oldin yadroda pre-i-RNK sintezlanadi. Eukariotlarda to‘qima hujayralarining differensiatsiyasi va organlaming rivojlanishini ta’minlovchi genlar faoliyatining regulatsiyasiga gormonlar ta’siri kuchli boiadi. Sutemizuvchilarda esa bu jarayonga jinsiy gormonlar ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Molekular genetika dalillarining ko‘rsatishicha, eukariotlar- dagi genlar faoliyatining regulatsiyasiga xromosoma tarkibidagi 212 giston va giston boimagan oqsillar ham ta’sir ko6rsatadi. Gistonlar, ayniqsa, HI gistoni genlar faoliyatini to‘xtatishligi, giston boimagan oqsillar esa, aksincha, genlar faoliyatining namoyon boii- shiga ta’sir etadi. Kelgusi avlodga zigota hosil boiishi orqali berilgan genetik axborotning organizmlar ontogenezi davomida belgi va xususiyatlar fenotip shaklida namoyon boiish qonuniyatlari mukammal «Ontogenezning genetik asoslari» bobida bayon etiladi GENETIK INJENERIYA Genetik injcneriya molekular va klassik (umumiy) genetika kashf etgan nazariy qonuniyatlarga va yaratilgan metodlarga tayanib organizmlar genetik axborotini maqsadga muvofiq o‘zgartirib transgen organizmlar yaratish va ulami baholab, amaliyotga tavsiya qilish vazifasini bajaradigan amaliy molekular genetik fandir. Genetik injeneriya tadqiqot obyektiga qarab quyidagi yo‘nalishdan iborat: Gen injeneriyasi hamda xromosoma va hujayra injeneriyasi. Genetik injeneriya o‘zining faoliyatida quyidagi molekular-genetik jarayoni ami amalga oshiradi. laboratoriya sharoitida genlami sun’iy sintezlash; eukariot organizmlar hujayrasidan ayrim genlami, xromosomaning ayrim qismlarini, ayrim xromosomalami, hatto yadrolami ajratib olish. Xromosomaga ega boimagan organizmlar - prokariotlaming va euka- riotlaming sitoplazmatik organoidlari dagi plazmogenlaming DNKsida joylashgan ayrim genlami ajratib olish; ajratib olingan 2-punktda qayd etilgan gen va genetik strukturalami maqsadga muvofiq ravishda qayta qurish; organizmlardan ajratib olingan va laboratoriyada sintezlangan gen va genetik strukturalaming nusxalarini yaratib ulami ko‘paytirish - klonlash; qayd qilingan operatsiya orqali tayyorlangan genlar va genetik strukturalar donor organizmdan maxsus vektorlar yordamida retsipientga, ya’ni irsiyati o‘zgartirilishi rejalashtirilgan organizmga o‘tkazish va uning genomiga joylashtirish va faoliyat ko'rsatishi uchun sharoit yaratish. Download 84.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling