Mustaqil ishi bajardi: xudoyberdiyeva shaxnoza
Download 74.18 Kb.
|
xudoyberdiyeva shaxnoza mustaqilishi OAV
Shubhasiz, yaratilgan qonunlar davlat hamda nodavlat shakldagi, televideniye kanallari ishini tashkil qilish, shuningdek, jurnalistlarning professional jihatdan kamol topishiga keng ko`lamda yordam berish, matbuot va ommaviy axborot vositalari erkinligini ta'minlashda, jamiyatda demokratik muhitni qaror toptirishda katta ahamiyatga ega bo`lmoqda. «ommaviy axborot vositalari to`g`risida»gi qonunida ommaviy axborot vositalarining turlari ko`rsatilgan. ular gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, bulletenlar, axborot agentliklari, televideniye (kabelli, efir-kabelli televideniye) va radioeshittirishlar, hujjatli kino, elektron axborot tizimi, shuningdek, doimiy nomga ega bo`lgan, davlat tasarrufidagi, mustaqil va boshqa ommaviy davriy nashrlar ommaviy axborot vositalaridir.
Ommaviy axborot vositalari – jamiyatni demokratlashtirish va fuqarolar erkinligini ta’minlashning muhim shartidir. demokratik islohotlarni hayotga tatbiq etish, yangicha dunyoqarashni shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining o’rni va ahamiyati katta. o’zbekistonda ham siyosiy hokimiyat va fuqarolar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib, bog’lab turuvchi, ular orasidagi shaffoflikni ta’minlab beruvchi birdan bir vosita ham ommaviy axborot vositalaridir. shu nuqtai nazardan olib qaralganda, unga to’rtinchi hokimiyat darajasida e’tibor berilgani bejiz emas, albatta. hozirgi kunda oav nafaqat jamiyatni axborotdan xabardor qilish vositasi sifatida, balki jamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan davlat faoliyatini nazorat qilish vositasida bir qator vazifalarni amalga oshirmoqda. o’zbekiston respublikasida konstitutsiyasi va amaldagi barcha qonunlarda axborot olish, tarqatish borasidagi demokratik huquqlar aniq-ravshan bayon etib berilgan.
Download 74.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling