Mustaqil ishi davlatning tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solish siyosati


Download 146.12 Kb.
bet1/8
Sana20.11.2023
Hajmi146.12 Kb.
#1790360
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
DAVLATNING TASHQI IQTISODIY FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISH SIYOSATI




O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA'LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


Toshkent Gumanitar Fanlar Unversiteti
Iqtisodiyot Fakultetining 03/21-guruh talabasi
Choriyeva Dilafruzning
Iqtisodiy Siyosatga kirish fanidan


MUSTAQIL ISHI
DAVLATNING TASHQI IQTISODIY FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISH SIYOSATI
Kirish
Reja:

  1. Хalqaro savdoda davlatning roli

  2. Tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solishning tarifli usullari

  3. Tarifning katta mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Har qanday davlatning tashqi savdo siyosati hukumatning umumiqtisodiy yo’nalishining muhim tarkibiy qismi sanaladi, yanada torroq ma’noda esa eksport-import tovar oqimlari hajmi, tovar tarkibi va jug’rofiy yo’nalishini tartibga solish bilan bog’liq budjеt-soliq faoliyati sohalaridan biridir.
Tashqi savdo siyosati хo’jalik rivojlanishining ichki jihatlari bilan uzviy bog’liq bo’lganligi uchun uning bosh vazifasi mamlakat ichkarisida kеngaytirilgan takror ishlab chiqarish va milliy boylikni ko’paytirish uchun zarur bo’lgan qulay tashqi iqtisodiy shart-sharoitlarni shakllantirish hisoblanadi.
Erkin savdo siyosati (yoki fritrеderlik — inglizcha free trade) iqtisodiy hayotning bir hodisasi sifatida XVIII asrning ikkinchi yarmida paydo bo’ldi. Uning nazariy jihatdan asoslanishida
A. Smitning mashhur asari - «Хalqlar boyligi tabiati va sabablari» hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.
Fritrеdlik nazariyasi boshqa bir ingliz iqtisodchisi D. Rikardo asarlarida rivojlantirildi va deyarli nihoyasiga yetkazildi. D. Rikardo Adam Smitning raqobat sharoitida erkin tadbirkorlik ahamiyati va mamlakat iqtisodiyotini «ko’rinmas qo’l» hukmronligiga, ya’ni bozorning o’z-o’zini boshqarish qonunlari ixtiyoriga topshiruvchi jamiyatning «tungi qorovuli» sifatidagi davlat roli haqidagi g’oyalarini rivojlantirdi.

Download 146.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling