Mustaqil ishi Ijtimoiy soliq Soliq kodeksining XIV bo’limi Ijtimoiy soliqlar. Soliq kodeksining XIV bo’limi Ijtimoiy soliqlar


Usta-shogird” maktablari o‘quvchilari — ular yigirma besh yoshga to‘lguniga qadar ishlagan davrda


Download 15.84 Kb.
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi15.84 Kb.
#1590542
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ijtimoiy solq

Usta-shogird” maktablari o‘quvchilari — ular yigirma besh yoshga to‘lguniga qadar ishlagan davrda;

Usta-shogird” maktablari o‘quvchilari — ular yigirma besh yoshga to‘lguniga qadar ishlagan davrda;

dehqon xo‘jaliklari, shuningdek maydoni to‘rt sotixdan kam bo‘lmagan dehqon xo‘jaligida, tomorqa yer uchastkasida band bo‘lgan yoki ushbu maydonda qoramol yoxud ellik boshdan kam bo‘lmagan xonaki parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar. Bunda dehqon xo‘jaligi rahbari soliqni majburiy tartibda to‘laydi, boshqa a’zolari va ko‘rsatilgan jismoniy shaxslar esa ixtiyoriy asosda to‘laydi.

Yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchi hunarmandchilik faoliyati subyektlari bo‘lgan “Hunarmand” uyushmasining a’zolari soliq to‘lashdan ozod etiladi, ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan, yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan qolgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun esa soliq miqdori uning belgilangan eng kam miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak. Mazkur imtiyozlar pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi. Imtiyozlarga bo‘lgan huquq kalendar yil davomida vujudga kelgan yoki tugatilgan taqdirda, soliqni qayta hisob-kitob qilish ushbu huquq yuzaga kelgan yoki tugatilgan oydan e’tiboran amalga oshiriladi.

Soliqni to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi:

Soliqni to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi:

ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan — har oyda tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning o‘n beshinchi kunidan kechiktirmay;

ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan — hisobot yilining 1-dekabrigacha amalga oshiriladi. Bunda soliqning miqdori to‘lov kunida belgilangan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

Yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zolari tomonidan soliqni to‘lash ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oydan keyingi oydan e’tiboran amalga oshiriladi.


Download 15.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling