Mustaqil ishi jizzax 2023-yil Mavzu: O'rta Osiyo xalqlari yozuvi
Download 420 Kb.
|
O\'rta Osiyo xalqlari yozuvi
O‘rta Osiyoga arab paleografiyasining kirib kelishi. Arablar islom dini bilan birga Xuroson va Movaraunnaxrga o’z yozuvlarini ham olib kirganlar. Bu yozuv asta-sekin bu hududlarda tarqala boshlagan va Abbosiylar hukmronligining ikkinchi asri o’rtalarida (X asr boshlarida) Eron hududida amalda qo’llanib turgan pahlaviy yozuvini va O’rta Osiyodagi yozuvlarni butunlay iste'moldan siqib chiqargan. Arab yozuvining bunchalik tez tarqalishiga sabab, birinchidan, muqaddas kitob hisoblangan Qur'oni karim shu yozuvda yozlgan bo’lsa, ikkinchidan, arab yozuvi mavjud mahalliy yozuvlarga qaraganda soddaroq va o’rganish qulay yozuv bo’lgan.
Xuroson va O’rta Osiyoning mahalliy aholisi arab yozuvini hyech bir o’zgarishsiz qabul qilgan, lekin bu yangi yozuvga o’tish jarayoni ancha uzoq davom etgan. Shuni ta'kidlash lozimki, arab tilida bor bo’lib, mahalliy tillarda yo’q bo’lgan tovushlarni bildiruvchi harflar ham mahalliy aholi tomonidan qabul qilingan (se, zol, xoyi huttiy, ayn, itki, izg„i, sod, zod harflari). Bu harflar ifodalangan tovushlar fors va turkiy tillar fonetikasiga yot tovushlardir. Lekin bu harflar qabul qilinib, ular fors va turkiy tillardagi o’sha tovushga eng yaqin tovush sifatida talaffuz qilingan. Mas., se, sod harflari sin harfi kabi, zol, zod, izg„i harflari ze harfi kabi, itqi harfi te kabi, hoyi huttiy harfi hoyi havvaz kabi talaffuz qilingan. Har holda arab yozuvi fors va turkiy tillar fonetikasi uchun mos va talabga javob beradigan darajadagi yozuv emas edi. Chunki arab yozuvi fors va turkiy tillardagi tovushlarning hammasini ifodalay olmas edi. Shuning uchun fors va turkiy tillarda mavjud bo’lgan P, G, Ch tovushlari va fors tilining o’zida mavjud bo’lgan J tovushi dastlabki paytlarda arab yozuvidagi be, kof, jim, ze harflari yordamida yozilavergan. Xuroson hududida arab yozuvini birinchi bo’lib kim va qaerda forstili ishlatilagnligi noma'lum. Lekin har holda bu jarayon Xurosonning har yer-har yerida stixiyalik ravishda amalga oshgan bo’lsa kerak. Bu yozuvni qo’llashga hukmronlarning ma'muriy-xo’jalik ehtiyojlari ham sabab bo’lgan bo’lsa kerak, chunki arab yozuvi mahalliy yozuvlarga qaraganda soddaroq, ishlatishga qulayroq va tez yozish uchun mos yozuv bo’lgan. Download 420 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling