Manbashunoslik – tarixiy manbalarni izlab topish, qayd etish, to’plash, o’rganish va qo’llanish nazariyasi va amaliy usullari haqidagi fan. Manbashunoslik tarixshunoslikda yordamchi fan sohalari (arxeografiyaarxivshunoslik, genealogiya – nasabshunoslik, metrologiya – o’lchovshunoslik epigrafika, tekstologiya – matnshu noslik, xronologiya – davrshunoslik, geraldika – gerbshunoslik, numizmatika – tangashunoslik va sfragistika – muhrshunoslik) qatorida yetakchi o’rinda turuvchi alohida ilmiy soha. Manbashunoslikning bevosita tadqiqoti yozma manbalar ustida bo’lsada, ammo, uning asosiy ilmiy va amaliy uslubiyati tarixiy qadriyatlarning barcha turlarini o’rganishda va tanqidiy tahlil etishda qo’llaniladi. Manbashunoslik ikkiga – amaliy va nazariy manbashunoslikka bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |