Mustaqil ishi kompyuter turlari va ularning vazifalari


Kompyuterlarning klassifikasiyasi


Download 149.18 Kb.
bet2/7
Sana03.12.2023
Hajmi149.18 Kb.
#1798515
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MT № 3 Mamasaxatova Dilfuza

Kompyuterlarning klassifikasiyasi. Kompyuterlar xotirasining hajmi, amallarni bajarish tezligi va boshqa xususiyatlarini inobatga olgan holda 5 guruhga bo`lish mumkin:
Super kompyuter. Juda katta tezlikni va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun mo`ljallangan kompyuterlar. Ular yordamida ob-havo global prognozi, uch o`lchovli fazoda turli oqimlarning kechishi, global axborot tizimlari va hokazolarni boshqarish masalalari bajariladi. Bunday kompyuterlar soni jahonda 500 ta.
Katta kompyuter. Fan texnikaning turli sohalariga oid masalalarni yechishga mo`ljallangan kompyuterlar.
Mini kompyuter. Katta kompyuterlardan bir pog`ona past kompyuterlar.
PC-Shaxsiy kompyuter. Hozirgi kunda korxonalar, o`quv yurtlar, turli muassasalar va xonadonlarda keng tarqalgan kompyuterlar.
Notebook - Bloknot kompyuter. Hajmi ixcham va elektr energiyasi ichiga o`rnatilgan batareya (akumlyator) orqali ta`minlaydigan ShKlar.
Portativ kompyuter. kompyuter eng oddiy sondagi elektron qismlardan tashkil topgan bo`lib, bu qismlarga nisbatan bajariladigan eng oddiy vazifalarning turi esa juda ham oz. Kompyuterlarning bunday elementlari va vazifalari o`tgan 4550- yillar ichida deyarli o`zgarmadi, ammo bu elementlarning fizik tuzilishida muhim o`zgarishlar yuz berdi. Kompyuterlarning har bir rivojlanish bosqichi kompyuterlarning elementlar majmui bilan, ya`ni elementlar bazasi orqali belgilanadi. EHMning elementlar bazasi o`zgarishi bilan uning xususiyatlari, tashqi ko`rinishi va imkoniyatlari ham o`zgarib bordi. Inson tomonidan shu paytgacha ixtiro qilingan hech bir texnik qurilma EHMlar kabi jadal rivojlanmagan. Har 10-12 yilda EHMning tuzilishi va ishlab chiqarilishida katta o`zgarishlar yuz bergan. Bunday keskin o`zgarishlar natijasida ular eski EHMlarni yangi modellarning qo`llanilish sohalari tobora kengaytirilib borildi va natijada ular eski EHMlarni siqib chiqara boshladi. Hisoblash texnikasining rivojlanish davrida biri o`rniga boshqasi vujudga keladigan EHM avlodlari haqida gapirish o`rinlidir.
Shunday qilib, hisoblash texnikasi avlodlarining almashishi asosida EHMning elementlar bazasining yangilanishiga asoslanadi. Ya`ngi elementlar bazasining vujudga kelishi EHM qismlari, ishlashining yangi tamoyillarini, materiallarning yangi xossalarini va ishlab chiqarishning yangi usullarini ochishga olib keladigan fundamental va amaliy fan sohalarining rivojlanishiga bog`liqdir. Elementlar bazaning yangilanishi hisoblash texnikasini ishlab chiqaradigan zavodlarni to`la qayta qurishni, yangi texnologik jarayonlar, jihozlar va boshqa uskunalarni ishlab chiqarishni taqozo etadi. Shuning uchun bunday almashish hisoblash texnikasining xususiyatlarini tubdan yaxshilay olgandagina o`zini oqlaydi.

Download 149.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling