Mustaqil ishi mavzu : “Bozorni davlat tomonidan tartibga solinishi : maksimal va minimal narxlar” Bajardi
Download 484.76 Kb.
|
Bozor muvozanati maksimal va minimal narxlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- FARG’ONA 2022 Mavzu : “Bozorni davlat tomonidan tartibga solinishi : maksimal va minimal narxlar” REJA
- XULOSA
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Farg’ona Davalat Unversiteti Iqtisodiyot yo’nalishi MUSTAQIL ISHI Mavzu : “Bozorni davlat tomonidan tartibga solinishi : maksimal va minimal narxlar” Bajardi : Qosimjon Yoqubov Qabul qildi :_________________ FARG’ONA 2022 Mavzu : “Bozorni davlat tomonidan tartibga solinishi : maksimal va minimal narxlar” REJA : KIRISH ASOSIY QISM Davlatning milliy iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli haqidagi nazariya va qarashlar Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsad va vazifalari Davlatning iqtisodiyotga ta’sir qilish usullari va vositalari Bozor muvozanati va muvozanat narx. (Maksimal va minimal narxlar) XULOSA ADABIYOTLAR RO’YXATI Kirish Barcha iqtisodiy tizimlarda davlat va bozor tizimi o‘ziga xos ahamiyat kasb etib, har biri mustaqil amal qiladi. Shu bilan birga turli iqtisodiy tizimlar bir-biridan iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishda davlat va bozor rolining nisbati bo‘yicha keskin farqlanadi. Masalan, bir iqtisodiy tizim ko‘proq davlat tomonidan boshqarishga tayansa, boshqasi bozor mexanizmi orqali tartiblashga ustunlik beradi. Mustaqil taraqqiyot davrida «mamlakatimizning uzoq va davomli manfaatlari taqozo etgan holatlarda va keskin vaziyatlardan chiqish, ular tug‘diradigan muammolami hal etish zarur bo‘lganda iqtisodiyotda davlat tomonidan boshqaruv usullari qo‘llandi va bunday yondashuv oxir-oqibatda o‘zini tola oqladi»1. Ushbu kurs ishida bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning rolini ochib berishga harakat qilinadi. Shuningdek, davlatning milliy iqtisodiyotdagi roli tahlil qilinib, keyin uning iqtisodiy vazifalari tavsifi beriladi. Davlatning iqtisodiyotga ta’sir qilish usul va vositalari bayon etiladi. Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Bozor iqtisodiyoti o’zining ob’ektiv qonunlari hamda o’zini-o’zi tartiblash dastaklari, vositalari orqali amal qiladi. Ammo bozor iqtisodiyotining ijobiy jihatlari bilan bir qatorda salbiy jihatlari ham mavjuddir. Ularning eng asosiysi iqtisodiyotdagi ob’ektiv qonunlar va munosabatlar, regulyatorlar asosida shakllanadigan bozor muvozanati hamda mutanosibliklarining buzilishi oqibatida vujudga keladigan nomutanosibliklarning kuchayishi, iqtisodiy tanglik va inqirozlardir. Inqirozlar natijasida iqtisodiy pasayish, ishsizlik, infyatsiyaning kuchayishi, xalq turmush darajasining yomonlashuvi sodir bo’ladi. Shu boisdan ham davlatning iqtisodiyotga aralashuvi va uni ustuvir ravishda iqtisodiy dastak va vositalar yordamida tartiblashi zarur bo’ladi. Bu esa zamonaviy bozor iqtisodiyotining o’zini-o’zi tartiblashining bozor mexanizmi bilan uni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini uyg’unlashtirishni hamda unga mos ravishda davlat iqtisodiy siyosatini shakllantirishni taqozo etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun davlatning iqtisodiy siyosati mamlakatimizda rivojlanayotgan bozor iqtisodiyotini tartiblash mexanizmini yanada takomillashtirish va bozorning o’zini-o’zi tartiblashning ob’ektiv mexanizmi bilan uyg’unlashtirish muxim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy tizimlarda davlat va bozor tizimi o’ziga xos ahamiyat kasb etib, har biri mustaqil amal qiladi. Shu bilan birga turli iqtisodiy tizimlar bir-biridan iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishda davlat va bozor rolining nisbati bo’yicha keskin farqlanadi. Masalan, bir iqtisodiy tizim ko’proq davlat tomonidan boshqarishga tayansa, boshqasi bozor mexanizmi orqali tartiblashga ustunlik beradi. Mamlakatizmining deyarli barcha sohalarida davlat aralashuvi juda yuqori. Bu o’z navbatida iqtisodiy rivojlanishimizda bir qator muammolarni yuzaga keltirmoqda. Bu to’g’risida prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev tomonidan quyidagi fikrlarning bildirilgan bizning fikrimiz asoslanganligini ayon qildi. Xususan, davlatimiz rahbari “...iqtisodiyotni boshqarishda davlat aralashuvini keskin kamaytirish lozim. Bugungi kunda mamlakatimizda 603 ta aksiyadorlik jamiyati faoliyat yuritayotgan bo’lsa, ularning 486 tasida davlat ulushi 52 trillion so’mni tashkil etmoqda. Yoqilg’i-energetika, neft-gaz, kimyo, transport va bank sohalarida davlat ishtiroki yuqori darajada saqlanib qolayotgani ularni bozor mexanizmlari asosida rivojlantirish, investitsiyalar jalb etishga to’sqinlik qilmoqda. Ayrim vazirliklar o’zi nazorat qiladigan sohadagi korxonalarda taʼsischi ekani erkin va sog’lom raqobatga yo’l bermayapti, buniyam bugun ochiq aytish kerak. Bunday tizimni endi o’zgartirmasak, ushbu tarmoqlarda ham va umuman, iqtisodiyotda barqaror rivojlanishga erishib bo’lmaydi” deya ta’kidlaganlar2. Ushbu bildirilgan fikrlar va qarashlar mazkur kurs ishining naqadar dolzarbligini bildiradi. Kurs ishining maqsadi iqtisodiyotni davlat tomonidan qisman tartibga solinishini, uning zaruriyatini asoslash va mavjud imkoniyatlarni amaliyotda qo’llash bo’yicha ilmiy-amaliy tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat. Mazkur maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi: - iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish to’g’risidagi mavjud nazariya va qarashlarni ochib berish; - iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning rolini o’rganish; - davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi usul va vositalarini tahlil qilish; - O’zbekistonda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning amaliy natijalarini tahlil qilish; Kurs ishining obyekti iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish bo’yicha mavjud qarashlar, nazariyalar hamda shakllar hisoblanadi. Kurs ishining predmeti mamlakatimizda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishida amalga oshirilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jarayonlarni o’z ichiga oladi. Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslarini xorijlik yetakchi olimlarning iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishi, uning zaruriyati va shakllari borasidagi amaliy ishlanmalari, ilmiy maqola va konseptual nazariyalari tashkil etadi. Download 484.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling