Mustaqil ishi mavzu: Bino va inshootlarni yer ustki qismini barpo etishdagi geodezik ishlar. Texnologik qurilmalarni montaj qilishdagi geodezik ishlar. Injenerlik inshootlari geodezik kuzatishlar


Siljishni o‘lchash uchun o‘rnatiladigan belgilarni joylashtirish


Download 0.65 Mb.
bet4/7
Sana24.12.2022
Hajmi0.65 Mb.
#1057925
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
malohat mustaqil ish 15

Siljishni o‘lchash uchun o‘rnatiladigan belgilarni joylashtirish
Kuzatish aniqligi va muddatlari. Bino va inshootlar qismlari va konstruksiyalarining gorizontal siljishi quyidagi usullar yordamida o’lchanishi mumkin: stvor o’lchashlar; alohida yo‘nalishlar va kesishtirishlar; triangulatsiya va trilateratsiya; poligono’letriya, stereofotogrammetrik plan olish usullari.
Qo‘zg‘almas deb qabul qilingan, asos punktga nisbatan aniqlangan siljish absolut gorizontal siljish deb qabul qilinadi. Inshootning qandaydir nuqtasiga nisbatan siljishi nisbiy siljish deyiladi.
Qurilish me’yori va qoidalari (QMQ) ga asosan bino va inshootlar qismlarining gorizontal siljishini kuzatish quyidagi aniqliklarda bajarilishi talab etiladi:
1 mm — toshloq va yarim toshloq joylarda qurilgan bino va inshootlar uchun;
3 mm — qumloq tuproq va boshqa siqiluvchan tuproqda qurilgan binolar uchun;
5 mm — toshlardan ko‘tarilgan yuqori bosimli plotinalar uchun;
10 mm — ko’rnma, cho‘kuvchan va kuchli siqiluvchan tuproqlarga qurilgan bino va inshootlar uchun.
Noyob inshootlar uchun kuzatish aniqligi texnikaviy hisoblarga asosan belgilanadi. Gorizontal siljishni o ‘lchash muddatlari tuproq xususiyatiga, inshoot turiga hamda qurilish va montaj ishlariga bog‘liq holda belgilanadi.
Kuzatishning birinchi bosqichi o‘rnatilgan kuzatish (asos) belgilari holati barqarorlashgandan keyin va inshootga hali gorizontal kuch ta ’sir etmasdan bajaraladi. o’lchash 2-3 marta amalga oshiriladi.
Ikkinchi bosqich kuzatish ishlari inshootga kuch ta’sir etish boshlanishi bilan birdan bajariladi. Keyingi o ‘lchashlar inshootga ta’sir etuvchi kuchlar ortib borishiga bog‘liq holda o ‘tkaziladi.
Inshoot foydalanishga topshirilgandan keyin uning mustahkamligini tekshirish uchun yil davo’lida 1 - 2 marta siljishni kuzatish ishlari amalga oshiriladi. Kuzatish asosan bahorda yoki kuzda, tem peratura va yer osti suvlari sathi o ‘zgarishi davrida bajariladi.
Gorizontal siljishni kuzatish ishlari uning qiymati 1 - 2 mm ni tashkil etgunga qadar amalga oshiriladi.
Kuzatish belgilarini joylashtirish. Inshootning alohida nuqtalari siljishini aniqlash uchun deformatsiya (nazorat) markalari poydevorga yaqin joylarga o‘rnatiladi. Kuzatish markalari bino piremetri bo‘ylab 20 m oraliqda, ta’sir etuvchi kuch katta qiymatga ega bo‘lganda 10—15 m oraliqda o ‘rnatiladi.
Gidrotexnik inshootlarga siljishni kuzatish markalari har bir seksiyaga kamida 2 tadan o‘rnatiladi.
Belgilami o‘rnatishda ulardan foydalanish va asbob o ‘rnatish qulay bo‘lishi talab etiladi.
Asos punktlar, kuzatilayotgan inshootdan tashqarida, mustahkam joyda o‘rnatiladi. Har bir bosqich (sikl) kuzatishda kuzatuv (asos) punktlarining mustahkamligi tekshirib turiladi. Agarda ularning holati yo‘l qo‘yarli darajada o‘zgarsa, shu qiymat tuzatma shaklida kiritiladi.Punktlar o ‘rn ini belgilashda vizirlash chizig‘ining judayam nishab bo‘lmasligi va to ‘siqlar yaqinidan o‘tmasligiga e ’tibor beriladi.
Alohida hollarda asos belgilar inshotlar to’liga o ‘rnatilishiga ruxsat beriladi.Vizir markalari turlari. Siljishni o ‘lchash (kuzatish) uchun q o ‘llaniladigan belgilarning turli xil konstruksiyalari mavjud. Ulardan eng oddiysi sterjen k o ‘rinishidan iborat bo‘lib, tekshirilayotgan inshootga mahkamlashga mo‘ljallangan, ikkinchi uchi esa vizirlash markasini o ‘rnatish uchun moslashtirilgan. Ba’zan belgilar ikkita bolt ko‘rinishida mahkamlanadi. Ayrim hollarda vizir markasidan kuzatish belgisi sifatida foydalanish ham m um kin. Bunday hollarda u inshootga mahkamlangan bo‘ladi.
Vizirlash markasi odatda geo’letrik shakl tushirilgan yupqa ekran ko‘rinishidan iborat. Ular harakatlanuvchi va qo‘zg‘almas bo‘lishlari mumkin.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling