B daraja – tilni mustaqil o‘zlashtirish va erkin qo’llay olish bo’lib, bunda:
B1 daraja – nomzod ishda, o‘qishda va boshqa holatlarda kelib chiqadigan mavzular bo‘yicha adabiy tilda berilgan ma’lumotlarning asosiy fikrlarini tushunadi; o‘rganayotgan til mamlakatida bo‘lganida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarning aksariyatida muloqot qila oladi; tanish bo‘lgan yoki o‘zini qiziqtirgan mavzularda matn tuza olish; taasurotlarini, voqealarni, umidlarini, intilishlarini ta’riflab bera olish, o‘z fikrini va kelajakdagi rejalarini bayon qila olish darajasidir.
B2 daraja – nomzod abstrakt yoki aniq mavzularda yozilgan matnlarning umumiy mazmunini tushunish, shu jumladan, mutaxassislikka oid mavzularda matnlarni; chet tili ona tilisi bo‘lgan shaxs bilan muloqotlarda ikkala tomon uchun ham qiyinchilik tug‘dirmaydigan darajada tez gaplasha olish; turli mavzularga aniq, atroflicha ma’ruza qila olish, asosiy muammoga bo‘lgan o‘z fikrini bayon eta olish, turli fikrlarning afzalliklari va kamchiliklarini ko‘rsata olish darajasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |