Mustaqil ishi mavzu: Dunyo xalqlari madaniyatidagi umumiylik va farqlar xususiyatlari Reja
Madaniyatda milliylik va umuminsoniylik
Download 10.24 Kb.
|
Mustaqil ishi mavzu Dunyo xalqlari madaniyatidagi umumiylik va -fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sivilizatsiya
- Madaniyat va sivilizatsiyaning o`zaro bog`liqligi.
- Ijtimoiy-madaniy taraqqiyot mezoni.
- Mavzuning tarbiyaviy ahamiyati.
Madaniyatda milliylik va umuminsoniylik. Jahonda 1600 dan ortikrok millat yashaydi. Ular uchun bizning Ona sayyoramiz umumiy vatan bo`lib xisoblanadi. Ana shu umuminsoniyat jamoasining hamjixat yashashi, birgalikda va yonma-yon faoliyati natijasida butunjahon madaniyati va sivilizatsiyasi shakllangan.
Sivilizatsiya tushunchasi aloxida olingan bir xalq, xudud, jamiyat, davlat va xatto jahonga, ularning ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy taraqqiyotining muayyan bosqichiga nisbatan ham qo`llanildi. «Sivilizatsiya» lotincha «sivilius» so`zidan olingan bo`lib, aynan «fukarolikka oid» degan ma’noni anglatadi. Mavjud ilmiy adabiyotlarda sivilizatsiyaga turlicha ta’riflar berilyapti: sivilizatsiya-madaniy-texnik taraqqiyotning yuqori bosqichi (bunda yozuvning kashf etilishi, texnik kashfiyotlar, sanoat inqilobi sivilizatsiyaning muxim belgisi sifatida talqin etiladi); sivilizatsiya — jamiyatning muayyan namunasi (bunda u formatsiya tushunchasi bilan aynanlashtiriladi); sivilizatsiya — insoniyatning yovvoyilik va vaxshiylikdan keyingi taraqqiyot davri. Madaniyat va sivilizatsiyaning o`zaro bog`liqligi. Sivilizatsiya madaniy va ma’naviy rivojlanishning maxsuli sifatida vujudga keladi. Sivilizatsiyalashgan taraqqiyotgina milliy madaniyat ravnaki uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Milliy madaniyat sivilizatsiyaning asosiy targ`ibiy qismlaridan biridir. Milliy madaniyatdan o`zilib qolgan sivilizatsiya oxir-oqibatda inqirozga maxkum bo`ladi. Masalan, hozir yuqolib ketgan Amerikadagi mayya sivilizatsiyasi bunga misol bo`ladi. Ulardan bugun yo`zdan ortik shaharlar vayronalari qolgan. Bunga tarixdan yanada ko`plab misollar keltirish mumkin. Sivilizatsiyaning tarixiy shakllari. Sivilizatsiyalar o`z shakliga ko`ra Sharq va o’arb sivilizatsiyalari, xristian va musulmon sivilizatsiyalari, xududiy va jahon sivilizatsiyasi kabilardan iborat. Sharq sivilizatsiyasiga xos bo`lgan quyidagi muxim xususiyatlarni ko`rsatish mumkin: Ijtimoiy-madaniy taraqqiyot mezoni. Hozirgi zamon sivilizatsiyasi o`ziga xos xususiyatlar va muammolarga ega. Bunda eng muximi jahon sivilizatsiyasini saqlab qolish va uni yanada rivojlantirishdir. Jahon sivilizatsiyasini tanazzulga olib keladigan qator taxdidlarni bartaraf etishda quyidagilar nixoyatda katta ahamiyatga molik: - insonni oliy qadriyat sifatida e’tirof etish; - tabiatni asrab-avaylash; - ekologik xavfsizlikni ta’minlash; - ommaviy kirKin kurollarini yo`q qilish; - davlatlar, xalqlar o`rtasidagi nizolarni siyosiy yo`l bilan mo`zoqaralar orqali xal etish; - turli jinoiy uyushmalarga barham berish, xalqaro terrorchilik va giyoxvandlikka, turli yo`qumli kasalliklarga qarshi ko`rashish; - kishilarda yangicha dunyoqarash va siyosiy tafakko`rni shakllantirish. O`zbekistondagi turli xalqlar va millatlarning umumiy G`oya va istiglol mafko`rasi atrofida birlashishi nixoyatda katta ahamiyat kasb etadi va O`zbekistonning jahon sivilizatsiyasi tomon rivojlanishida muxim omil bo`lib xizmat qiladi. Milliylik, umuminsoniylik G`oyalarini uyg`unlashtirish va yanada takomillashtirish muayyan xalqlarga tegishli madaniyatning o`ziga xosligini saglaydi. Vatanimiz madaniyatida umuminsoniy qadriyatlar ustuvor mavkeni egallaydi. Umuminsoniy G`oyalar va qadriyatlarning shakllanishi milliy madaniyatlarning rivojlanish xususiyatlari bilan bog`liqdir. Umuminsoniy qadriyatlar insonni e’zozlash, hayotni sevish, burch, sadokat, ajdodlarga hurmat, vatanparvarlik, adolat, ma’rifatparvarlik, tinchlik, totuvlik, do`stlik, hamkorlik singari fazilatlarni ifoda etadi. Mavzuning tarbiyaviy ahamiyati. Madaniyat va sivilizatsiyaning asosiy tamoyillari, qonuniyat va xususiyatlarini bilish — ma’naviy kamolot manbaidir. Bu esa madaniyat va sivilizatsiyaning o`zaro bog`liqligi va o`ziga xos xususiyatlarini ilmiy-nazariy jixatdan chuqur idrok etish barkamol inson shaxsini shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi. E’tiboringiz uchun tashakkur! http://fayllar.org Download 10.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling