Mustaqil ishi mavzu: fobiya
Qo‘rquv qanday paydo bo‘ladi?
Download 69.87 Kb.
|
mustaqil ish
Qo‘rquv qanday paydo bo‘ladi?Dastlabki qo‘rquv muayyan vaziyatlarda paydo bo‘ladi va u miyaga o‘rnashib qoladi. Masalan, bemor hamma yoqni ko‘rish uchun tomga chiqadi va pastga qaragan zahoti qattiq qo‘rqib ketadi, boshi aylanadi, u go‘yo pastga qarab, qulab tushayotgandek xavfsiraydi. Buning oqibatida bemorda balandlikdan qo‘rqish miyaga o‘rnashib qoladi va keyinchalik u boshqa vaziyatlarda ham paydo bo‘laveradi. Fobiyalar paydo bo‘lganda bemorning yuzi qizaradi yoki rangi o‘chadi, og‘zi quriydi, yuragi tez-tez uradi, arterial bosim oshib ketadi, ter bosadi, ko‘z qorachiqlari kengayadi va hokazo.Ichki a’zolarning birorta og‘ir kasalligi paydo bo‘lishidan qo‘rqish, odatda, psixosomatik simptomlar bilan birga kechadi, ya’ni bemor o‘z salomatligiga haddan ortiq e’tibor beradi. Masalan, kardiofobiyada yurak urishini eshitib turadi, tomir urishini sanaydi yoki qon bosimini o‘lchayveradi, har safar yuragi noto‘g‘ri ishlayotganidan gumonsirab, terapevtdan EKG qilishini va puxta tekshiruv o‘tkazishini iltimos qiladi. Jigarim shishib ketgan yoki qurib borayapti, deb ultratovush tekshiruvlardan o‘tadi, rak bo‘lib qoldim deb doktorma-doktor qatnab yuradi, hadeb kompyuter tomografiyaga tushaveradi. Doktorlarga ishonmay qo‘yadi. Bunday bemorlar yo professorga qatnaydi, yoki undan oddiy qishloq doktorini afzal ko‘radi. Ba’zi bemorlar Toshkentdagi kuchli professorlarda davolana olmadim deb, uzoq viloyatdagi kichik bir qishloqdagi savodsiz tabib yoki vrachdan tuzalib keladi. Chunki ularga antiqa davolanish usullari yaxshi ta’sir qiladi.Kasallik xuruji qo‘zg‘alib qolishidan qo‘rqib bemor yo‘lda odamlar bor joydan yuradi, tibbiyot muassasalariga yaqin bo‘lgan yo‘lni tanlaydi, yo‘l-yo‘lakay dorixonaga kirib turadi, u yerda yurak dorilari va tibbiy xodimlar borligini ko‘rib tinchlanadi. Fobiya - bu anchagina real xavfni anglatadigan yoki umuman yo'q bo'lgan narsadan juda kuchli va mantiqsiz qo'rquv sifatida o'zini namoyon qiladigan tashvishlanishning bir turi. Fobiya ta'rifi "ma'lum bir ob'ekt, faoliyat yoki vaziyatga nisbatan doimiy va mantiqsiz qo'rquv, undan qochish istagiga olib keladi" bo'lishi mumkin. Fobiya turlari qo'rqinchli ob'ekt / holat / tajribaga ko'ra tasniflanadi, shuning uchun mavjud bo'lganlarning har biri o'z nomiga ega. Ba'zilar juda kam emas, chunki ko'pchilik odamlar odatda fobiya bilan qo'rqadigan narsadan qo'rqmaydi. "Maxsus fobiya" atamasi qo'rquvning umumiy emas, balki ma'lum bir ob'ektga xosligini anglatadi. Masalan, odamda balandlik fobi bo'lishi mumkin, ammo itlar fobiyasi emas. Fobik kasallikning biron bir turi bilan og'rigan odamlarda vaziyat yoki fobiya ob'ekti bilan duch kelganda taxikardiya, terlash, nafas qisilishi, titroq va qochish istagi kuchl Fobiyalar nega rivojlanishining bir qancha tushuntirishlari mavjud, jumladan evolyutsion va xulq-atvor nazariyalari. Qanday sabab bo'lishidan qat'i nazar, fobiyalar davolanadigan sharoitlar bo'lib, ularni bilim va xulq-atvor terapiyasi usullari yordamida minimallashtirish va hatto yo'q qilish mumkin. Download 69.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling