Mustaqil ishi mavzu: inflatsiya va unga qarshi kurashish yo’llari reja


O`zbekistonda inflyatsiyani kamaytirishning chora tadbirlari


Download 66.08 Kb.
bet3/3
Sana11.05.2023
Hajmi66.08 Kb.
#1453666
1   2   3
Bog'liq
mustaqil

3.O`zbekistonda inflyatsiyani kamaytirishning chora tadbirlari
Inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi asosiy omillar investitsion faollikning oshishi natijasida iqtisodiyotda vujudga keladigan yuqori talab va tartibga solinadigan narxlarning liberallashtirilishi kutilmoqda. Bunda davlat korxonalarining isloh qilinishi (sh.j. xususiylashtirish) doirasida kapital qo‘yilmalar hajmining o‘sishi investitsion faollikni rag‘batlantiruvchi asosiy omil bo‘ladi.
Iqtisodiyot tarmoqlarida chuqur tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirish, tovar va xizmatlarning sifatli bozorini shakllantirgan holda raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonini jadallashtirish, aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish va mustahkamlash, davlat aktivlarini boshqarishda bozor tamoyillarini joriy etish mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining yangi bosqichida muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekistonda iqtisodiyotning barqaror o‘sishi va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash borasida ulkan natijalar ko‘zlanayotgan ekan, bu vazifalarni bajarish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim deb hisoblaymiz:

  • iqtisodiyotning etakchi tarmoqlari uchun uzoq muddatli rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va uning izchillik bilan amalga oshirilishini ta’minlash;

  • mamlakatimizning har bir hududi uchun mavjud salohiyatni inobatga olgan holda maxsus rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni ta’minlash;

  • xususiy mulkchilikni rivojlantirish, xususiy tadbirkorlikning yanada jadal o‘sishini ta’minlash;

iqtisodiyotning real sektoriga jalb etilishini ta’minlash;

  • aholining iste’moli uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatlarning tannarxini oshib ketmasligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish vositalarini (asbob uskunalar va boshqalarni) import qilishni asta sekinlik bilan kamaytirib borish hamda ularning ishlab chiqarilishni mahalliylashtirish;

  • iqtisodiyotni modernizatsiyalash, tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish

hamda ishlab chiqarishning texnik va texnologik yangilanish jarayonlarini yanada takomillashtirish;

  • iqtisodiyotni modernizatsiyalash, tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish hamda ishlab chiqarishning texnik va texnologik yangilanish jarayonlarini yanada takomillashtirish;

  • moddiy-texnika resurslari va tayyor mahsulotlarni sotish va sotib olish tizimi institutlarida transaksiya xarajatlarini pasaytirish;

  • aholining asosiy qatlamini iqtisodiy faollikka jalb qilish mexanizmlarini takomillashtirish.

Inflyatsiya va uning rivojlanishi alohida olingan mamlakatda ma`lum xususiyatlarga ega bo’lishi mumkin. Hozirgi davr inflyatsiyasi, o’tgan davr inflyatsiyasidan farq kiluvchi xususiyatlarga ega. Oldingi inflyatsiyalar vaqtinchalik bo’lib, ular odatda urush vaqtida harbiy xarajatlarni qoplash uchun qog’oz pullar chiqarilishi natijasida yuzaga kelgan. Biror daromad olmasdan turib, ya`ni ishlab chiqarish va tovarooborot sur`atlarini oshirmasdan, yoki bu ko’rsatkichlar kamayib ketgan holda davlat tomonidan bo’ladigan xarajatlarni moliyalashtirishning asosiy yo’llaridan biri qog’oz pullarni muomalaga chiqarishdan iborat bo’lgan. Natijada muomalaga chiqarilgan pullar, muomala uchun zarur bo’lgan oltin miqdoridan oshib ketgan va pulning real qiymati uning nominal qiymatidan tushib ketgan, ya`ni, haqiqatda pul birligi o’zida ko’rsatilganidan kam oltin miqdorni ifoda qila boshlagan.
Dunyoning turli mamlakatlarida xukumat tomonidan mavjud iqtisodiy-ijtimoiy
shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda inflyatsiyaga qarshi turli antiinflyatsion siyosatni ishlab chiqaradilar va uni amalga oshiradilar. Davlat tomonidan antiinflyatsion siyosatni olib borishda turli chora-tadbirlar hisoblangan byudjet, ijtimoiy, soliq, baho, kredit-moliya, sanoat-investitsiya, tashqi iqtisodiy va emissiyani amalga oshiradilar.
Byudjet siyosati – bu davlatning asosiy iqtisodiy siyosati hisoblanadi va uning
asosiy maqsadi mamlakatning aniq belgilangan muddat mobaynida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo`nalishlari belgilanadi va amalga oshiriladi. Byudjet siyosati yordamida soliqlar va yig`imlar asosida yig`ilgan davlat moliya resurslarini umummilliy vazifalarini bajarish uchun qayta taqsimlanishi amalga oshiriladi. Byudjet siyosatining asosiy tarkibiy qismi bo`lib ijtimoiy siyosat hisoblanadi. Chunki mamlakatdagi ijtimoiy tadbirlarni moliyalashtirish asosan davlat byudjeti tomonidan amalga oshiriladi.
Soliq siyosati – bu davlatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy vazifalarini bajarishi uchun zarur moliya mablag`larini yig`ish uchun xo`jalik yurituvchi sub`ektlar va
mamlakat aholisidan soliqlar, to`lovlar hamda majburiy ajratmalarni belgilash, ularni undirish yuzasidan qonun asosida belgilangan tizimdir.
Kredit-moliya siyosati – bu Markaziy bank tomonidan qayta moliyalashtirish stavkasi, majburiy zahiralar me`yori va ochiq bozordagi operatsiyalar orqali mamlakat bank-kredit tizimini boshqarish hamda tartibga solib turishdan iborat.
Sanoat-investitsiya siyosati – bu yalpi ichki mahsulotning o`sishini ta`minlovchi mamlakat sanoat-texnologik qudratini rivojlantirishga qaratilgan siyosatdan iborat.
Tashqi iqtisodiy faoliyat siyosati – bu davlat tomonidan xorijiy mamlakatlar bo`lib tashqi iqtisodiy faoliyatni boj-tarif dastaklari yordamida tartibga solib turishdan iboratdir.
Emissiya siyosati – bu Markaziy bank tomonidan milliy iqtisodiyotning holatiga
asosan muomalaga qog`oz pul chiqarish, ularning aylanishini tartibga solish va muomaladagi ortiqcha pullarni aylanmadan chiqarib turishdan iborat siyosatdir.
Dunyoning har bir mamlakatidan xukumat tomonidan antiinflyatsion siyosati mavjud inflyatsiyani tartibga solishga hamda uni o`sish sur`atlarini pasaytirishga foydalaniladi:
1) Pul islohotlarini amalga oshirish;
2) Inflyatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solib turish;
Pul islohotlari – bu mamlakatdagi pul muomalasini tartibga solish va kuchaytirish maqsadida davlat tomonidan mavjud pul tizimini to`liq yoki qisman o`zgartirishlarini
amalga oshirishdir. Mamlakatning iqtisodiy rivojlangan holati, pullarning ta`minlanganligi darajasiga asosan pul islohotlarining reval`vatsiya, deval`vatsiya va denominatsiya usullaridan foydalaniladi. Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlardan Germaniya Federativ Respublikasi, Isroil va boshqalarda reval`vatsiya usulidan foydalanildi. Reval`vatsiya o`z mohiyatiga asosan milliy pul birligini xorijiy valyutaga nisbatan kursini ko`tarib qo`yishdan iborat. Pul islohotining ikkinchi usuli bo`lib deval`vatsiya hisoblanadi. Deval`vatsiya o`z mohiyatiga asosan milliy pul birligini xorijiy valyutaga nisbatan tushirib qo`yishdan iborat. Deval`vatsiya usulidan asosan iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o`tayotgan mamlakatlarda keng foydalaniladi. Pul islohotining uchinchi usuli bo`lib denominatsiya hisoblanadi. Denominatsiya o`z mohiyatiga asosan milliy pul birligidagi ortiqcha nollarni olib tashlab muomalaga yangi pullarni chiqarishdan iborat. Denominatsiya usulida Rossiya (3 dona nolni olib tashladi) va Turtsiya (liradan 6 dona nolni olib tashladi) xukumatlari foydalanishdi.
Inflyatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solib turish o`z mohiyatiga asosan mamlakatda mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolarni o`sib borishini cheklash va pul tizimini barqarorlashtirish masadida davlat tomonidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. Ushbu chora-tadbirlar ikki yo`nalishda olib boriladi:

  1. Deinflyatsion siyosat. Ushbu siyosat mamlakatda pulga bo`lgan talabni pul-kredit va moliya mexanizmlari yordamida tartibga solib turiladi. Deinflyatsion siyosat davlat xarajatlarini qisqartrish, kreditlar uchun foiz stavkalarini oshirish,

soliq yukini kuchaytirish (soliqlar soni va ularni foiz stavkalarini ko`tarish) va pul massasini cheklashni o`z ichiga oladi. Shuni ta`kidlash lozimki, deinflyatsion siyosat mamlakatdagi iqtisodiy o`sishni sekinlashuviga sabab bo`ladi;
2) Daromadlar siyosati. Ushbu siyosat olib borishda davlat tomonidan mahsulotlar, ko`rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlarga bo`lgan narx-navo va ish haqi ustidan birdaniga nazorat etiladi hamda ularni o`sishini ma`lum chegarasi o`rnatiladi yoki butunlay «muzlatib» qo`yiladi.


XULOSA
Inflatsiyaning o’sish sababi biz o’ylaymizki, faqat mahsulot narxlari qimmatlashishiga bog’liq. Aslida esa inflatsiya sabablari turlicha . Bunga bir misol keltiradigan bo’lsam, import mahsulotlarining narxi balandligi yoki bo’lmasa, ma’lum bir tovarlarning narxi davlat tomonidan pasaytirib ushlab turishi, yana bir misol oylik daromadlarning oshib ketishi kabilar misol bo’la oladi. Agar inflatsiya darajasi oshib ketgudek bo’lsa, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish bo’lmish asosiy sohalar o’sishdan to’xtaydi va davlat inqirozga yuz tuta boshlaydi. Bunday vaziyatda ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarini davlat byudjetidan qoplay boshlaydi. Bu davlatning zaiflashuviga olib keladi. Inflatsiya deganda endi biz faqat pulning qadrsizlanishini emas, balki, aholi qo’lida pulning haddan ziyod ko’pligi yoki pulga nisbatan mahsulotlarning narxini oshib ketishini tushunishimiz mumkin.
Shunday ekan, barcha narsa o’z me’yorida bo’lgani yaxshi. Masalan aholi daromadlari ham o’z me’yorida va narxlar ham o’z me’yorida bo’lgani yaxshi. Bizga bu ma’lumoptlarni bizdan oldin yashab o’tgan P.Graud va M.Polan hamda Philips kabi insonlar qoldirib ketishgan va bundan saqlanishning yo’llarini orgatib ketishgan. Biz esa shu ma’lumotlarga mamlakatimiz sharoitidan kelib chiqaan holda amal qilsakgina inflatsiyaning oldini olishimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
‘’Pul, kridit va banklar’’ O.Yu. Rashidov, I.I. Alimov, R.R. Tojiyev
‘’Iqtisodiy ta’limotlar tarixi’’ A.Razzoqov ,SH.Toshmatov, N. O`rmonov, P. Xoshimov, F. Egamberdiyev


1 Graude P., Polan M. Is Inflation Always and Everywhere a Monetary Phenomenon? Discussion Paper. №2841 CEPR. 2001. June. – Р. 26-29.

2 Brouwer G. de, Evicsson N.R. Modeling Inflation in Australia. Journal of Business and Economic Statistics. 1998. Vol. 16. – Р. 24 - 29.



34 Brouwer G. de, Evicsson N.R. Modeling Inflation in Australia. Journal of Business and Economic Statistics. 1998. Vol. 16. – Р. 24 - 29.

4


5.  X.S.Xadjaev, I.A.Bakiyeva, Sh.Sh. Fayziev. Makroiqtisodiyot (O’quv qo’llanma) - T.: TMI, 2014, 268 bet.




Download 66.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling