Mustaqil ishi Mavzu: Inflyatsiya va uning kelib chiqish sabablari Bajardi
-chizma. Inflyatsiyaning yuzaga chiqish shakllari4
Download 0.86 Mb.
|
Inflyatsiya va uning kelib chiqish sabablari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inflyatsiyani hisoblash usullari
1-chizma. Inflyatsiyaning yuzaga chiqish shakllari4
Shiddatli (galopiruyuhaya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya iqtisodiy rivojlanayotgan mamlakatlarda mavjud bo`lib, ushbu holatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolar yiliga o`rtacha 10% dan 100% gacha ba`zi holatlarda 200% gacha oshishi mumukin. Buning natijasida muomaladagi pul massasi ko`payadi va milliy pul birliginng xarid Inflyatsiyani hisoblash usullari Hozirgi vaqtda inflyatsiya tabiatini o`rganishda iqtisodchi olimlar uning monetar sabablarini, ya`ni tovar masasiga nisbatan pul massasining xajmini o`zgarishini asosi qilib ko`rsatadilar. Inflyatsiya bilan olib boriladigan faoliyatda uning darajasini o`lash uchun dastak lozim bo`ladi. Ushbu dastak bo`lib baholar indeksi hisoblanadi. Baholar indeksi joriy umumiy iste`mol narxlarining bazis davridan narxlarga nisbatan o`sishi (pasayishi) bilan aniqlanadi. Ushbu indeksni aniqlashda mamlakat fuqorolarining iste`mol savatiga kiritilgan mahsulotlar v xizmatlarning chakana narxlaridan foydalanadilar. Ushbu formula quyidagicha hisoblanadi: PKt IPTs = ------------ x 100 % PKb Bu erda: IPTs – iste`mol narxlarining indeksi; PKt - iste`mol savatining joriy narxi; Pkb - iste`mol savatining bazis narxi. Inflyatsiya darajasining o`sishini bir bahosini o`sishi bilan aniqlash mumkin. Masalan 1 litr benzinning bazis davridagi narxi 500 so`m bo`lgan va uning joriy davrdagi narxi 585 so`mga teng. Demak, biz kuzatgan davr ichida 1 litr benzinning narxi 117 % ga ortgan. 585 so`m 1 litr benzin = --------------- x 100 % = 117 % 500 so`m Baholar indeksidan tashqari inflyatsiyani boshqarishda yalpi ichki mahsulot indeksi ko`rstakichidan foydalaniladi. Yalpi ichki mahsulot – bu ma`lum bir davr mobaynida, odatda bir yilda mamlakatda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko`rsatilgan xizmatlarning umumiy miqdorining puldagi ifodasidir. Yalpi ichki mahsulot baholar indeksini umumiy darajasini o`lchash uchun deflyatordan foydalaniladi. Deflyator yordamida aniq bir muddatdagi haqiqiy ish haqi darajasini aniqlash mumkin. Xalqaro amaliyotda inflyatsiyaning mohiyatini o`rganish va uni oqilona boshqarish bo`yicha turli nazariyalar mavjud. ulardan biri bo`lib Angliyalik taniqli iqtisodchi olim Djon Meynard Keyns yaratgan nazariya hisoblanadi. Dj.M.Keyns bozor iqtisodiyoti faoliyatiga davlat tomonidan aralashuvini bilvosita dastakini ishlab chiqdi. Ushbu dastak yordamida davlat tomonidan faol moliya siyosati olib borish, talabni rag`batlantirish va ommaviy ishsizlikni pasaytirishni amalga oshirishi imkoniyatiga ega bo`ladi. Keyns tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy mexanizm quyidagi asosiy nizomlardan iborat: 1. mamlakat aholisining ish bilan ta`minlanganligi darajasi ishlab chiqarish xajmi bilan aniqlanadi; 2. umumiy talab taklifga to`g`ri kelmaydi, chunki ma`lum pul mablag`lari jamg`arishga sarflanadi; 3. ishlab chiqarishning xajmi oqilona talab darajasidagi tadbirkorlikka asosan aniqlanadi; 4. investitsiyalar va jamg`armalar barobarligi holatidagi investitsiya hamda jamg`arma aktlari mustaqil faoliyat ko`rsatadi. Dj. Keynsning asosiy fikri quyidagilardan iborat: qo`shimcha pul emissiyasi aholining to`lovga qobiliyatlilik talabini oshiradi. Buning natijasida tovarlar va xizmatlarni ko`payishi uchun asos yuzaga keladi. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan xaridorlarning pullarini olish maqsadida ishlab chiqarish hajmini ko`paytiradilar va muomaladagi ortiqcha pul emissiyasi massasini mahsulotlar va xizmatlar bilan to`ldiradilar. Xalqaro amaliyotda Dj. Keyns tomonidan ilgari surilgan nazariya «tartibga solinib turiladigan inflyatsiya» nomini olgan. O`tgan asrning 60 yillarida inflyatsiya nazariyasining yangi maktabiga asos solindi. Ushbu maktabga AQShlik mashxur iqtisodchi, Nobel` mukofatining laureati, «Chikago iqtisodiy maktabi»5ning boshlig`i Milton Fridmen asos soldi. Xalqaro amaliyotda ushbu maktab «monetarizm» deb nomlanadi. Monetarizm maktabining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling