Mustaqil ishi Mavzu: Investitsion siyosatning mamlakat iqtisodiy
Download 306.14 Kb.
|
Dilshod Iqtisodiy xavfsizlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Urganch RANCH texnologiya Universiteti Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) fakulteti 2103-IQ-S-guruh talabasi Bektemirov Dilshodning Iqtisodiy xavfsizlik fanidan Mustaqil ishi Mavzu: Investitsion siyosatning mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashdagi roli Тopshirdi: D.Bektemirov Qabul qildi: B.Nurullayev Urganch-2023 Reja: 1. Ilmiy-texnik xavfsizlikning mohiyati va uning asosiy jihatlari 2. Innovatsion xavfsizlik mohiyati va unda milliy innovatsion tizimni shakllantirish shartlari 3. Innovatsion xavfsizlikning mezonlari va ko’rsatkichlar O’zbekiston iqtisodiyotida ilmiy-texnik taraqqiyotda sezilarli darajada o’zgarishlarga erishmay turib, intensiv rivojlanish yo’liga o’tib bo’lmaydi. Uning mazmuni, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqot natijalarini, ya‘ni yangi texnika va mahsulotlar namunalarini yaratib ularni ishlab chiqarish darajalariga olib kelib foyda olish maqsadida tijoratlashtirish tushuniladi. Ilmiy-texnik soha iqtisodiyot bilan fan o’rtasida bog’lovchi bo’g’in bo’lib, ilmiy tadqiqot ishlarini rag’batlantiruvchi ta‘sir ko’rsatadi. Bu o’z navbatida, iqtisodiyotni barqaror rivojlanishiga, ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning raqobatbardoshligini o’sishiga olib keladi. Ilmiy-texnik faoliyat fan, texnika va ishlab chiqarishni yagona tizim sifatida amal qilishini ta‘minlaydi va yangi bilimlarni texnologik, iqtisodiy, muhandislik, ijtimoiy sohalardagi turli vazifalar va muammolarni hal etishga qaratilgan bo’lib hisoblanadi. Bugungi kunda O’zbekistonda ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlari mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashga xizmat qilmoqda. Shu nuqtayi nazardan fan, ilmiy-texnik va iqtisodiy sohalarning ichki tizim aloqalariga tayangan, xavfsizlik turlaridan biri bo’lgan Ilmiy-texnik xavfsizlik tushunchasi ajralib chiqmoqda. Butun bir fanning ichki aloqalar tizimiga, ilmiy-texnik sohaga va xususan, iqtisodiy sohada davlatning ilmiy-texnik rivojlanish siyosatini amalga oshirish orqali va shu bilan birga, uni ta‘minlovchi muhim komponentlar ( huquqiy 256 tizim, mutaxassislarini tayyorlash, tashqi aloqalar va boshqalar) asosida yakuniy natijada milliy manfaatlarni ta‘minlab, jahon miqyosida milliy iqtisodiyot samaradorligini va raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. O’zbekiston Respublikasining raqobatbardoshlik imkoniyatlari, afzalliklari va uning ilmiy-texnikaviy taraqqiyotiga to’sqinlik qiluvchi muammolarni ko’rib chiqamiz: a) qayta tiklanuvchi resurslardan foydalanishga yo’naltirilgan va yangi ishlab chiqarish texnologiyalariga ega bo’lgan yetakchi mamlakatlarda raqamli iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida xomashyo resurslaridan ekstensiv foydalanish hisobiga mamlakat YAIM o’sish imkoniyatlarining pasayishi; b) fuqarolarning hayoti va sog’lig’iga, tabiiy resurslarning takror ishlab chiqarilishiga xavf tug’diruvchi ko’lamlarda inson va jamiyatning atrof-muhitga ta‘sirining kuchayishi; d) mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash, mahalliy qishloq xo’jaligi mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish, agrosanoat majmuida texnologik xatarlarni kamaytirish zarurati; e) energetika sohasida yashil texnologiyalar dan foydalanish, iqtisodiyotning energiya bilan qurollanganlik darajasini, energiya ishlab chiqarish, uni uzatish va saqlash hajmlarini o’sib borishi; f) global beqarorlik va millatlararo nizolarning kuchayishi, xalqaro raqobatning shiddatli tus olishi sharoitida milliy xavfsizlikka yangi tashqi tahdidlarning paydo bo’lishi; 257 g) mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi nomutanosibliklarni bartaraf etish uchun ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish asosida hududiy rejalashtirish samaradorligini oshirish. O’zbekiston iqtisodiyotini ilmiy-texnik xavfsizligini ta‘minlash borasida davlat siyosatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo’lishi kerak: 1) ilmiy-texnik salohiyatni oshirish uni oqilona joylashtirish va undan samarali foydalanish; 2) mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda, eng muhim ijtimoiy vazifalarni amalga oshirishda fan va texnikaning qo’shadigan hissasini oshirish; 3) ilmiy-texnikaviy yutuqlarni hisobga olgan holda mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga yo’naltirilgan moddiy ishlab chiqarish sohasida tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish; 4) ekologik vaziyatni yaxshilash va davlatning axborot resurslarini himoya qilish; 5) mamlakat mudofaa salohiyatini yaxshilash va shaxs, jamiyat hamda davlat xavfsizligini mustahkamlash; 6) fan va ta‘lim integratsiyasini ta‘minlash. Belgilangan maqsadlarga erishish mamlakatning raqobatbardoshligini oshiradi, ya‘ni mamlakatning ilmiy-texnik, ijtimoiy, madaniy sohalarda boshqa davlatlarga nisbatan aniq ustunliklarga ega bo’lishini ta‘min etadi. Fan va ta‘lim yutuqlarini mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi manfaatlari yo’lida keng foydalanish uchun markaziy 258 davlat va mahalliy davlat boshqaruvi idoralari, shuningdek, ilmfan va tadbirkorlik hamjamiyatlarining sa‘y-harakatlarini birlashtirish muhim shartdir. Mamlakatni ilmiy-texnik jihatdan rivojlantirish ikkita muqobil ssenariy bo’yicha amalga oshirilishi mumkin: 1) texnologiyalar importi va qisman jahon ilm-faniga integratsiyalashgan ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning rivojlanishi; 2) ilmiy va texnik (texnologik) rivojlanishda an‘anaviy sohalarida va yangi texnologiyalar bozorlarida yetakchi o’rinlarga erishish va integratsiyalashgan yaxlit milliy innovatsion tizimni yaratish. Birinchi ssenariyning afzalligi – tadqiqot va rivojlantirish uchun davlat va korporativ xarajatlarning kamayishidan iborat bo’lsada, ammo bu uzoq muddatli istiqbolda mamlakatning texnologik mustaqilligi va raqobatbardoshligining yo’qolishiga olib keladi. Ikkinchi ssenariy ko’p xarajat talab qilsada, ammo ilmiy va texnik xavfsizlik sohasida yuzaga kelgan salbiy holatlarni yengib o’tishga, davlat va biznesning innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy etish borasidagi sa‘y-harakatlarini birlashtirish asnosida innovatsion mahsulotlarning YAIMdagi ulushining o’sishiga va mazkur ko’rsatkichni dunyoning yetakchi mamlakatlari darajasiga yaqinlashishiga olib keladi. O’zbekistonning barqaror rivojlanishi, mamlakat iqtisodiyotidagi tarkibiy o’zgarishlarni ta‘minlash va yalpi ichki mahsulotning yuqori o’sish sur‘atlariga ega davlatlar qatoriga qo’shish, faqat ikkinchi ssenariy bo’yicha bo’lishi mumkin. 259 Shunday qilib, zamonaviy ilm-fan va texnologiyalar tobora ko’proq raqobatbardosh bozor faoliyatiga jalb qilinmoqda. Fundamental tadqiqotlar va uning yakuniy natijasi - ilmiy va texnik mahsulotlar iqtisodiyotning globallashuvi va bilimlar jamiyatining shakllanishi sharoitida davlatning geosiyosiy manfaatlarini amalga oshirishning eng muhim omiliga aylanadi. Hozirgi zamon sharoitida raqobatbardoshlikning yuksak darajasini ta‘minlaydigan innovatsion faoliyat iqtisodiy tizimni jadal barqaror rivojlantirishning asosi bo’ladi. Innovatsion tizim xo’jalik amaliyotida ilmiy tadqiqot va innovatsiya faoliyati natijalarini olish, o’tkazish va ulardan foydalanishning samarali mexanizmlaridan foydalanish hisobiga mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish intensivligini oshirish imkonini beradi. O’z navbatida, quyidagilar O’zbekistonda innovatsion salohiyat va innovatsion faoliyatni rivojlanishni to’xtatib turuvchi asosiy muammolar hisoblanadi: 1. Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining hozirgi moliyalashtirilishi ilmiy-texnik ishlanmalarning zarur katta o’sishini ta‘minlamaydi. Mamlakatdagi ilm-fan moliyalashtirish hajmlari bilan cheklangan. Respublikada ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini moliyalashtirish 2017-yilda 70,7 mln. AQSH dollarini tashkil etdi (Shvetsiyada –16,2 mlrd. AQSH dollari, Rossiyada – 39,9 mlrd. AQSH dollari, AQSHda – 599 mlrd. AQSH dollari). Tahlil ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari uchun xarajatlar ulushi o’sishida uning YaIM hajmidagi ulushi 0,2% bilan o’zgarmay qolganligini ko’rsatmoqda. Bu qiymatni yetarli deb bo’lmaydi, chunki u jahonning ko’plab mamlakatlari ko’rsatkichidan ancha past (jahon bo’yicha 260 o’rtacha 2-3%). Bunda YuNESKO rivojlanayotgan mamlakatlarga ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari uchun xarajatlarni YaIMga nisbatan 1 foizga yetkazishga tavsiya qiladi. 2. Davlat sektori ulushi kattaligi va ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish umumiy hajmida ilmiy tadqiqot va tajribakonstruktorlik ishlari uchun xarajatlar tuzilmasida tadbirkorlik sektori ko’rsatkichi yetarlicha baland emasligi qayd etilmoqda. Bunda davlatning ilmiy tadqiqot institutlari va oliy o’quv yurtlari ilmiy tadqiqotlarda bu investitsiyalarni sifat jihatidan o’zlashtira olmaydi. Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari uchun xarajatlarni davlat sektoridan tadbirkorlik sektoriga qayta taqsimlash jarayoni yuz bermoqda. Korxonalarning ilmiy tadqiqot institutlari va oliy o’quv yurtlari tadqiqotlaridan manfaatdorligi sustligicha qolmoqda. 3. Innovatsiyalarni joriy etgan korxonalar darajasi mamlakatda jahondagi baholarga nisbatan ancha kam – 0,34% (jahon bo’yicha o’rtacha 40%). Yangi texnologiyalarni tijoratlashtirishdagi qiyinchiliklar texnologiyalar transferining rivojlangan tizimi, tegishli me‘yoriy-huquqiy baza hamda ilm-fan va ishlab chiqarish hamkorligi tajribasi yo’qligi bilan bog’liq. 4. Innovatsion ishlanmalarga investitsiyalar jalb qilish mexanizmlari hali ham takomiliga yetkazilmagan. Jahon amaliyotida biznes-inkubatorlar, texnoparklar, texnologiyalar transferi bo’yicha agentliklar eng samarali mexanizmlar 261 hisoblanadi. Respublikada bu mexanizmlar deyarli mavjud emas. 5. Innovatsiya infratuzilmasi va innovatsion faoliyat sohasidagi axborot maydoni bilan bog’liq masalalar tobora chuqurlashmoqda. Bu, o’z navbatida, milliy innovatsion tizimning susayishiga sabab bo’lmoqda. 6. Innovatsion rivojlanish ko’proq Toshkent shahrida, Toshkent viloyati va qisman Andijon viloyatida kuzatilmoqda. Qolgan hududlar faqat yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish yoki innovatsion faoliyatga investitsiyalarni o’zlashtirish davrida faollik ko’rsatmoqda, bu esa, o’z navbatida, mamlakat boshqa hududlarining oqsashiga sabab bo’lmoqda. 7. Ilmiy-texnik axborotni hududlararo almashish mexanizmi ishlab chiqilmagan (talab, taklif). 2030-yilgacha bo’lgan istiqbolli davrda respublikada jahonning ijobiy tajribasini hisobga olib, milliy innovatsion tizim (MIT) asoslarini shakllantirish orqali ilmiytexnik va innovatsion faoliyatni jadal rivojlantirish bo’yicha choralar ko’rish nazarda tutilmoqda. Hozirgi zamon sharoitlarida quyidagi elementlar bilan innovatsion rivojlantirish aralash strategiyasi O’zbekistonda MITni shakllantirish va rivojlantirishning maqbul yo’nalishiga aylanishi kerak: a) xorijiy texnologiyalarni o’zlashtirish va moslashtirishh; b) o’z innovatsiya salohiyatini boyitish. Shu munosabat bilan respublikada zamonaviy davlat ilmiy-texnik va innovatsion siyosatni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga alohida ahamiyat beriladi. Jumladan, 2017- 2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida quyidagilarga qaratilgan vazifalar belgilab olindi: 1. Yuqori texnologik qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo’shilgan qiymatga ega bo’lgan tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha tarmoqlarni jadal rivojlantirishga qaratilgan sanoatni sifat jihatidan yangi darajaga o’tkazish orqali yanada modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash. 2. Mahsulot va texnologiyalarning mutlaqo yangi turlarini ishlab chiqarishni o’zlashtirish, shu asosda tashqi va ichki bozorlarda mamlakatimiz tovarlari raqobatbardoshligini ta‘minlash. 3. Ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rag’batlantirish, ilmiy va innovatsion yutuqlarni amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy ta‘lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlarida ilmiyeksperimental ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar, yuqori texnologiyalar markazlari, texnoparklar tashkil etish. Iqtisodiy rivojlanishning innovatsion turi mamlakat iqtisodiyotida innovatsion jarayonlarni rivojlantirish va samaradorligi yuqori bo’lgan raqobatbardosh institutsional muhitni shakllantirish va pirovardida innovatsion iqtisodiyotning 263 talablariga mos tarzda iqtisodiy o’sish omillari va manbalari o’zgartirishni talab etadi. Investitsiyalar iqtisodiy o’sishga, eng avvalo, bilimlarga asoslanishi bilan tavsiflanadi, ammo bilimlarning amalda ishlashi uchun davlat va xususiy sektorning sherikchligini rivojlantirish, ilmiy muassasalarning vakolatlarini kengaytirish, tegishli me‘yoriy - huquqiy hujjatlarning qabul qilinishini ko’zda tutuvchi zaruriy institutsional muhit talab etiladi. Iqtisodiy rivojlanishning mazkur turi samaradorligi yuqori bo’lgan va sifat jihatdan takomillashgan ishlab chiqarish omillaridan keng foydalanishga asoslangan holda, mahsulot ishlab chiqarish ko’lamlarini oshirish bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarishning o’sishiga, amalda xodimlar malakasini oshirish, birmuncha tejamkor resurslar va yuqori unumli texnikalardan keng foydalanish, shuningdek ilm-fan yutuqlari va ilg’or texnologiyalarni keng qo’llash hisobiga ta‘minlanadi. Ushbu omillar hisobiga resurs tejamkorlikka, mahsulot sifatining yaxshilanishi, mehnat unumdorligining o’sishi kabi bir qator ijobiy natijalarga erishiladi. Davlat tomonidan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot strategiyasi va uni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish innovatsion rivojlanishni ta‘minlashning muhim omili sanaladi. Odatda, ba‘zi rivojlanayotgan mamlakatlar qo’yilgan maqsadga erishishda innovatsion rivojlanishga to’sqinlik qiluvchi yetib olish modeli strategiyasini tanlashadi. Ularning asosiy maqsadi aholi turmush darajasini rivojlangan yoki muvaffaqiyatli rivojlanayotgan mamlakatlar darajasiga yetkazishdan iborat. Ushbu strategiya yangi bilim va ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish emas, balki ularni import qilishga qaratilgan. Ushbu strategiyani qo’llayotgan mamlakatlar arzon ishchi kuchi va past narxli xomashyodan foydalanish hisobiga, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish orqali, qo’shni davlatlar bozorlaridagi talabni qondirish hisobiga eksport hajmini oshirishga intilmoqda. Innovatsion rivojlanish modelini tatbiq etayotgan mamlakatlar yangi mahsulot turlarini ishlab chiqish, innovatsion menejment va ishlab chiqarish texnologiyalari, shu jumladan, jarayonlarni avtomatlashtirish asosida harajatlarni kamaytirish hisobiga yangi bozorlarni yaratish orqali o’z eksport hajmini oshirishga intiladi. Shuningdek, ayrim mamlakatlar bir vaqtning o’zida ikkala rivojlanish strategiyasini birlashtirgan holda, ya‘ni yetib olish modeli va innovatsion rivojlanish modeli strategiyalarini uyg’unlashtirgan holda qo’llash orqali o’z ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot modelini yaratgan. Innovatsiyalarning mohiyatini va o’ziga xos jihatlarini tushunib yetishda yangilik (novatsiya) va innovatsiya tushunchalari o’rtasidagi farqni aniqlab olish muhim hisoblanadi. Yangilik (novatsiya) – turli sohalarda rasmiylashtirilgan fundamental, amaliy tadqiqot va ishlanmalar natijasi (yangi bilim, uslub, ixtiro) bo’lib hisoblanadi. Yangiliklarni joriy qilish, ya‘ni yangi bilimlarni muayyan ehtiyojlarni qondirish va bozor tan olinishi uchun amaliy tatbiq etilishi yangiliklarni innovatsiyaga aylantiradi1 . Innovatsiyalarning hozirgi zamon nazariyasida yangilik va innovatsiya atamalari o’rtasida farqqa unchalik e‘tibor qaratilmaydi, ulardan amalda sinonim tushunchalar sifatida foydalaniladi. Ta‘kidlash lozimki, innovatsiyalarning yangilik (novatsiya)dan asosiy farqlovchi jihati shundaki, innovatsiyalar. Zamonaviy innovatsiya nazariyasida Innovatsiya va yangilik terminlari bir-biridan farqlanmaydi, balki ular sinonim so’zlar bo’lib hisoblanadi. Mazmun jihatdan farqlar shundaki yangilik sifatida birinchi marta joriy etilgan ma‘noni anglatadi. Yangiliklarni birinchilardan bo’lib amaliyotga joriy etilishini nazarda tutadi. Shunday qilib, innovatsiya yangilik (novatsiya)dan shunisi bilan farq qiladiki, yangi mahsulot dastlab bozorga kiradi, so’ngra bozor tomonidan qabul qilinsagina u keyinchalik tijorat qiymatiga ega bo’ladi. Ko’rinib turibdiki, innovatsiya (yangiliklarni joriy qilish) bu yangilikni amalda qo’llashni anglatadi. Yaratilgan yangi mahsulot, yangi texnologiya yoki mehnatni tashkil etish va boshqarish borasida ishlab chiqilgan yangicha yondashuvlar amalda o’z ifodasini topsagina, bu yangiliklar innovatsiyalarga aylana oladi, demakki, barcha yangilik (novatsiya)lar ham innovatsiya bo’la olmaydi. Innovatsiyalar qaysi sohaga yoki qanday ko’rinishga ega ekanligidan qat‘i nazar ularning mohiyatini aks ettiruvchi umumiy jihatlar birlashtirib turadi. Qarab chiqilayotgan mahsulot (xizmat, texnologiya)larning innovatsiya sifatida qabul qilinishining asosiy sharti va ayni paytda innovatsiyalarning umumiy qirralarini ochib beruvchi xususiyatlarni ko’rib chiqamiz. Birinchidan, ishlab chiqarishga joriy etilayotgan va yoki bozorga olib chiqilayotgan barcha mahsulotlar, xizmatlar, jarayonlar yangi (yoki sezilarli darajada takomillashtirilgan) bo’lishi lozim. Ikkinchidan, yaratilgan mahsulot ishlab chiqarish yoki shaxsiy iste‘mol ehtiyojlarini qondira olishi va ayni paytda kiritilgan yangilik aniq bir tovar, xizmat yoki jarayonda o’z aksini topgan bo’lishi talab etiladi. Uchinchidan, yaratilgan mahsulot bozor talabiga mos kelishi, tijorat jihatdan o’zini oqlashi va pirovardida ishlab chiqaruvchilar talabini qondirish kerak. Iqtisodiyotning innovatsion taraqqiyoti – bu intellektual salohiyat, ishchi va xizmatchilarning kreativ imkoniyatlari, bilimi, tovar yaratishdan tortib, u iste‘molchiga yetib borguniga qadar barcha bosqichlar demakdir. Ushbu yo’nalishlardagi innovatsiyalar korxona strategik rivojlanishining asosiy resursi vazifasini o’taydi. Zero, bugungi sharoitda innovatsion, intellektual bilimlarga asoslangan, malakali ishchi kuchini mujassam etgan yuqori fan sig’imiga ega texnologik iqtisodiyot raqobatbardoshdir. Innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish quyidagilarga imkon beradi: yangi yoki takomillashtirilgan texnologiyalar, mahsulotlar, asbob-uskunalar, materiallar va h.k. joriy qilish hisobiga mahsulot (tovar, xizmat) ishlab chiqarishning o’sishini ta‘minlash; innovatsion mahsulot hajmi ulushini innovatsion faol korxonalar mahsulotlari umumiy hajmining 20%igacha yetkazish, ya‘ni Yevropa ko’rsatkichlariga yaqinlashtirish; fan-texnika va ishlab chiqarish sohalarida qo’shimcha ish o’rinlari yaratish; ITTKI va innovatsion loyihalarni moliyalashtirishning yangi sxemalarini joriy qilish hisobiga innovatsion sohaga qo’shimcha resurslar jalb qilish; zaruriy innovatsion infratuzilma (texnoparklar, innovatsion-texnologik markazlar, kichik innovatsion-texnologik korxonalar va b.), innovatsion faoliyat subyektlarini iqtisodiy qo’llab-quvvatlash mexanizmlarini yaratish va rivojlantirish; innovatsion faoliyat qatnashchilarining munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik va me‘yoriy-huquqiy asoslar shakllantirish; innovatsion sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimlari yaratish; innovatsion faoliyat qatnashchilarini axborot bilan qo’llab-quvvatlash va innovatsion loyihalarni boshqarish tizimlarini yaratish; mahsulot (tovar, xizmat) raqobatbardoshligi va ishlab chiqarishning texnik darajasini oshirish; ichki va tashqi bozorlarda sanoat va fan-texnika mahsulotlarini yanada siljitish uchun sharoitlar yaratish; innovatsion faoliyat sohasida xalqaro hamkorlik va tarmoqlararo kooperatsiya ilg’or tajribalari va ustunliklaridan maksimal darajada foydalanish. Xorijiy mamlakatlarda davlatning innovatsion siyosatini rag’batlantiruvchi turli xil strategiyalar, tashkiliy-iqtisodiy tamoyillar shakllangan va bugun ularga amalga qilinmoqda. Hozirgi kunda ilmiy tadqiqot hamda tajriba konstruktorlik ishlanmalarini moliyalashtirish mexanizmlari, shuningdek, intellektual mulkchilikka huquq shakllarini qo’llashga asoslangan davlat siyosatini yuritish keng tarqalgan. Davlat tomonidan fan va ishlab chiqarishdagi innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlash – qishloq xo’jaligini byudjet tomonidan moliyalashtirishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi. Ushbu sohaga kiritilgan investitsiyalar istiqbolli va o’z-o’zini yuqori darajada qoplash imkoniyatiga ega (70 foizgacha)dir. Turli mamlakatlar hukumati ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni moliyalashtirish uchun katta hajmda investitsiya sarflamoqda. Masalan, Yevropa Ittifoqi davlatlari ilmiy tadqiqot 268 va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari uchun o’rtacha YaIMga nisbatan 1,97%, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga kiruvchi mamlakatlar – YaIMning 2,4%ini yo’naltiradi. Bu borada lider mamlakatlar – Finlyandiya, Isroil, Koreya bo’lib, mos ravishda innovatsiyalarga sarflangan xarajatlar o’rtacha YaIMga nisbatan 3,55%, 4,2% va 4,36%ni tashkil etadi. AQSHda agrar sohadagi fan va innovatsiyalarni rivojlantirish maqsadida davlat katta sarmoya sarflaydi: bu ko’rsatkich yiliga qariyb 1 mlrd.AQSH dollarini tashkil etadi. Ushbu mablag’lar federal byudjet (yarmidan kami) va shtat mablag’lari (qolgan qismi) hisobidan moliyalashtiriladi. Qonunga asosan, federal mablag’lar shtatlarga davlat tomonidan ajratilgan mablag’dan kam bo’lmagan hajmda, shtat mablag’idan pul ajratilgan taqdirdagina ajratiladi. Ayrim shtatlarda fan-texnika va innovatsiyalarga ajratilgan jami mablag’ning 60%ni shtat mablag’lari tashkil etadi. Qisman davlat tomonidan nazorat qilinsa-da, mablag’larni qay bir sohaga yo’naltirishni shtatlarning o’zi belgilaydi. Rivojlangan mamlakatlarda infratuzilma sohasini innovatsion rivojlantirishda yangi texnologik park (texnopolis, innovatsion markazlar, inkubator va boshqalar) tuzilmalarini tashkil etish va qo’llab-quvvatlashda hududiy davlat organlarining roli kattadir. Shtat va boshqa davlat organlari, odatda, infratuzilmani moliyalashtiradi, yer uchastkalarini imtiyozli shartlar asosida taqdim etadi va loyihalarga subsidiyalar ajratadi (Germaniya, Shveysariya, Avstriya tajribalari). Texnoparklarni rivojlantirishning Yevropa tajribasidan ko’rish mumkinki, ular davlat tomonidan moliyalashtirilishi katta ahamiyatga ega. Markaziy va mahalliy byudjetlardan infratuzilma tarmog’ini rivojlantirish hamda texnoparklar qurishni moliyalashtirish rivojlangan xorijiy mamlakatlarda quyidagicha: Fransiyada – 74%, Germaniyada – 78%, Belgiyada – 100%, Niderlandiyada – 70%, Buyuk Britaniyada – 62%.shuningdek, rivojlangan mamlakatlar klaster tizimlari orqali innovatsiyalar joriy etishni keng qo’llamoqda. Ma‘lumki, ilgari ilmga asoslanib klasterlar yaratish faqat industrial mamlakatlarga xos edi. Hozirgi kunda esa boshqa rivojlanayotgan davlatlarda, shu jumladan, agrar-industrial mamlakatlarda ham bu tizim mavjud. Milliy innovatsiya tizimlari (MIT) aksariyat hollarda texnologik ukladlar almashinadigan davrlarda shakllanadi. Milliy innovatsion tizimni innovatsion jarayonlarga ta‘sir ko’rsatuvchi, hukumat tomonidan siyosatni shakllantirish va amalga oshirish uchun asos yaratuvchi va yangi texnologiyalarning yaratilishi va tarqatilishiga birgalikda yoki alohida ulush qo’shuvchi turli xil institutlarning umumiyligidir. Bu yangi texnologiyalar rivojlanishini belgilab beruvchi vositalar, ko’nikmalar va bilimlarni yaratish, saqlash va transfert qilish uchun zarur bo’lgan o’zaro bog’liq institutlar tizimidir. Innovatsiyalar tizimi yangi va iqtisodiy nafliligi yuqori bo’lgan bilimlarni shakllantirish, tarqatish va ulardan foydalanishda o’zaro hamkorlik qiluvchi unsurlar va munosabatlardan tashkil topadi va bunday milliy tizim milliy 270 davlatchilik chegaralarida joylashgan yoki shu hudud ichidan boshlanuvchi unsur va munosabatlarni o’z ichiga qamrab oladi. M illiy innovatsion tizim (MIT) – milliy hudud doirasida ilmiy bilim va texnologiyalarni yaratish, ro’yobga chiqarish va tijoratlashtirishga xizmat qiluvchi o’zaro bog’liq bo’lgan tuzilmalar majmuasidir. MIT o’ziga ikki tarkibiy bo’linmani qamrab oladi: ilmiy ishlab chiqarish va institutsional. Institutsional muhit davlatning fan-texnika sohasidagi faoliyatini va innovatsion siyosatini ta‘minlaydi. Innovatsion tizimning markaziy elementi sifatida innovatsion korxonalar hamda ularning faoliyat ko’rsatishining asosiy bosqichlarini ifoda etuvchi (moliyalashtirish manbalarini izlab topish, innovatsiyalarni ishlab chiqish, sotish bozorlarini izlash) infratuzilmaga mansub bo’lgan davlat, ilm-fan va biznesning kooperatsiyasiga imkon beruvchi tashkilotlarni ham o’z ichiga oladi. Innovatsion investitsion jarayonlarning doimiy siklini qo’llab-quvvatlaydigan shunday institutsional tuzilmani vujudga keltirish - milliy innovatsion tizimni shakllanish bosqichida muhim vazifa hisoblanadi. Faqatgina milliy innovatsion tizimning institutsional karkasini qurib olib, bilimlar, texnologiyalarni uzluksiz yaratish, undan foydalanish va ayirboshlash mumkin bo’ladi. MIT – bu milliy chegaralar doirasida yangi ilmiy bilimlar va texnologiyalarni ishlab chiqarish va ularni tijoratlashtirish bilan band bo’lgan o’zaro bog’liq tashkilotlarning umumiyligidir. Ayni chog’da, MIT – mustahkam milliy ildizlar, an‘analar, siyosiy va madaniy o’ziga xosliklarga ega bo’lgan innovatsion investitsion jarayonlarning amalga oshishini ta‘min etuvchi huquqiy, moliyaviy va ijtimoiy tavsifdagi institutlar majmuidir. Mamlakat innovatsion tizimida innovatsion faoliyat subyekti sifatida davlatning o’rnini anglab olish o’ziga xos alohida e‘tiborni talab etadi. XULOSA O’zbekiston iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirishning uchta mumkin bo’lgan variantlari mavjud. Inersion (importga yo’naltirilgan) texnologik rivojlanishning birinchi varianti. Unda innovatsion rivojlanishga yo’naltirilgan sa‘y-harakatlarning yo’qligini, shuningdek, makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash va byudjetdan fan, innovatsiyalar, investitsiyalar va shuningdek, inson resurslari va kapitalni rivojlantirishga sarflanadigan xarajatlarning nisbatan past ko’rsatkichlarini aks ettiruvchi siyosatni o’zida aks ettiradi. Aksariyat hollarda institutlarni rivojlantirish va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish bo’yicha innovatsion siyosat umumiy choralar, shuningdek, katta xarajatlarni talab qilmaydigan tashkiliy choralari yordamida amalga oshiriladi. Yuqori darajadagi ehtimollik bilan ushbu o’ziga xos variant milliy innovatsion tizimning yanada zaiflashishiga olib keladi va iqtisodiyotning xorijiy texnologiyalarga qaramligini yanada oshiradi. O’zbekistonning innovatsion tizimi bir qator alohida ilmiy va texnik segmentlarga bo’lingan bo’lsada, unda asosan to’qimachilik tizimi ustuvor ahamiyat kasb etadi. Foydalanilgan adabiyotlar: Iqtisodiy xavfsizlik. Darslik. , Abulkasimov H.P., Mamatov A.A., Mamatov S.A., Saidgazieva S.S.-Toshkent. O’zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, 2022.-732bet Download 306.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling