Mustaqil ishi mavzu: korporativ moliyaning dolzarb muammolari
Korporativ moliyani boshqarishda soliq munosabatlarini samarali
Download 112.46 Kb.
|
referat
3. Korporativ moliyani boshqarishda soliq munosabatlarini samarali tashkil etish masalalari
O‘tkazilgan tadqiqotlar ko‘rsatib turibdiki, har bir korporativ moliyaviy munosabat bevosita yoki bilvosita soliqlar bilan bog‘liq. Shundan kelib chiqqan holda korporativ moliyani boshqarishda soliq munosabatlarini samarali tashkil etish masalalari xususida to‘xtalib o‘tamiz. Avvalo korporativ moliyani boshqarishda kapital jalb qilish, ya’ni moliyaviy ta’minot masalalarini hal qilishda soliqlarni hisobga olish maqsadga muvofiq. Bunda qarz kapitali jalb qilish hisobiga moliyaviy ta’minot bir tomondan foizli xarajatlarning foyda solig‘i bazasini kamaytirishi natijasida soliqli xarajatlarni pasaytiradi. Mazkur jihat qarz kapitali bahosi bo‘yicha soliq samarasi sifatida ko‘rsatiladi. Boshqa tomondan foizlar bo‘yicha qo‘shimcha moliyaviy majburiyatlarni yuzaga keltirishi bilan bir vaqtda ma’lum grafik asosida qarzni qaytarish majburiyatini ham yuklaydi. Qo‘shimcha aktsiyalarni joylashtirish yoki qo‘shimcha ta’sischilarni jalb qilish orqali moliyaviy ta’minotda majburiyatlar doirasi nisbatan torroq va soliq bo‘yicha ijobiy samara kapital bahosini aniqlashda hisobga olinmaydi. Lekin investor iqtisodiy shart-sharoitdan kelib chiqqan holda boshqa sohalarga investitsiya kiritish natijasida oladigan daromadi yoki korporativ tuzilmalarga investitsiya kiritish natijasida daromad olish ehtimoli hamda daromad bo‘yicha soliq to‘lash tartibini o‘zaro solishtiradi, shuningdek korporativ tuzilmalarga qarz kapitalini kiritish natijasida olinadigan daromad bo‘yicha soliq darajasini albatta o‘rganadi. Dividend ko‘rinishidagi hamda kiritilgan qarz kapitali bo‘yicha olingan foiz ko‘rishidagi daromadlarga nisbatan esa to‘lov manbaida 10 foizlik soliq stavkasi amal qiladi. Shu o‘rinda hozirgi iqtisodiy sharoitda mamlakatimizdagi korporativ tuzilmalarda kapital jalb qilish jarayonida soliq omilidan tashqari boshqa omillarni hisobga olish lozimligini alohida ta’kidlashimiz lozim. Qo‘shimcha qimmatli qog‘ozlar emissiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilish ehtimoli past bo‘lgan holatda korporativ tuzilmalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank kreditlariga murojaat qilishga majbur bo‘lishmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi “Aktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni asosida aktsiyadorlik jamiyatlari boshqaruv xodimlari sifatida jalb qilingan xorijiy mutaxassislarning mehnatiga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lov to‘lashdan; xorijiy mutaxassislarning boshqaruv xodimlari sifatidagi faoliyatidan olgan daromadlari daromad solig‘i, to‘lov manbaidan olinadigan daromad solig‘i, shuningdek, fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan majburiy sug‘urta badallaridan ozod etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 21 dekabrdagi “Aktsiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan 2020 yilning 1 yanvarigacha xorijiy investorlarning aktsiyadorlik jamiyatlarida ularga tegishli bo‘lgan aktsiyalaridan dividend tarzida olayotgan daromadidan soliq to‘lashdan ozod qilindi. Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 11 apreldagi PF-3594-sonli Farmoni bilan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga xorijiy investor tomonidan kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab yuridik shaxslarning foyda solig‘i, mulk solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, yagona soliq to‘lovi, shuningdek Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lash bo‘yicha berilgan imtiyozlar tabaqalashtirilgan tarzda xorijiy investorning ulushi ustav kapitalining 15 foizidan 33 foizigacha miqdorni tashkil etadigan aktsiyadorlik jamiyatlariga tatbiq etilishi belgilab qo‘yildi. Keltirib o‘tilgan imtiyozlar sabab mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan tashkiliy-huquqiy shakli aktsiyadorlik jamiyati bo‘lmagan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning o‘z tashkiliy-huquqiy shakllarini o‘zgartirishlariga sabab bo‘lishi mumkin. Chunki xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar ustav kapitalida xorijiy investor bevosita ishtirok etmoqda va xorijiy menejerlar ham faoliyat yuritmoqda, natijada esa yuqorida keltirilgan imtiyozlardan bevosita foydalanish imkoniyati mavjud. Shuningdek dividendlarni soliqqa tortish bo‘yicha imtiyozning berilishi ular uchun rag‘batlantiruvchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Keltirilayotgan holatlar tufayli boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi korporativ tuzilmalarning aktsiyadorlik jamiyatlari sifatida qayta ro‘yxatdan o‘tishi natijasida aktsiyadorlik jamiyatlari sonida o‘zgarish bo‘lishi mumkin. Ikkinchi masala sifatida bevosita korporativ tuzilmalar asosiy faoliyatida soliqlar bo‘yicha imtiyoz berilgan jihatlarga e’tibor qaratish lozim, deb hisoblaymiz. Masalan korporativ tuzilmaning yangi mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalaridan mahalliylashtirish dasturlariga kirish orqali soliq imtiyozlariga ega bo‘lish masalasi o‘rin olishi ham davlat uchun, ham korporativ tuzilma uchun alohida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, ma’lum bir tovar turining mahalliylashtirilishi natijasida aynan o‘sha tovar turini chetdan olib kelish uchun ketadigan sarf-xarajatlarning oldi olinadi va ikkinchi tomondan soliq majburiyatlarining kamayishi hisobiga korporativ tuzilma moliyaviy barqarorligi o‘sishiga erishiladi. Shuningdek, tayyor mahsulot eksportiga e’tibor qaratish ham o‘z navbatida ikki tomonlama ahamiyatga ega hisoblanadi. Bunda eksport natijasida mamlakatimizga valyuta kirib kelinishi ta’minlansa, ikkinchi tomondan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘icha nollik stavka qo‘llanilishi, foyda va mol-mulk soliqlari bo‘yicha imtiyozli stavkalarning qo‘llanilishi natijasida moliyaviy barqarorlik o‘sishiga erishiladi. Buning uchun esa tashqi savdoda eksport operatsiyalarini amalga oshirish tartibini soddalashtirishimiz talab etiladi. Download 112.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling