Mustaqil ishi mavzu: nafta mamlakatlari Bajardi: Mamatkarimov h qa’bul qildi: Azimov Y


Download 96.49 Kb.
bet5/7
Sana30.04.2023
Hajmi96.49 Kb.
#1406218
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mustaqil ishi jahon iqtisodiyoti

AQSh uchun NAFTA kelishuvi kelajakda «Alyaskadan Otash Yerga qadar» yagona erkin savdo zonasini tashkil etish yo`li bilan uning G‘arbiy yarimshardagi rolini mustahkamlashga qaratilgan strategik reja rolini o ‘ynaydi. Mazkur uyushma Amerika Qo‘shma Shtatlarining nafaqat iqtisodiy, balki geosiyosiy qudratining
ortishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, AQShning sifat jihatidan yangi mazmunda, ya’ni ustun davlat sifatida emas, balki hamkor sifatida Lotin Amerikasi mamlakatlarining iqtisodiyotiga yanada chuqur kirib borishi uchun o'ziga xos tramplin bo‘lib hisoblanadi. Bunda quyidagilar AQShning pirovard maqsadlari sifatida qaraladi: Amerika tovarlari va xizmatlarining erkin harakati, Amerika investitsiyalari uchun qulay muhit, intellektual mulk huquqlarini liimoya qilish, AQShning yuqori texnologiyalari va investitsiyalarini Meksikaning arzon ishchi kuchi va ikkala qo‘shni mamlakatlaning arzon tabiiy resurslari bilan birlashtirish hisobiga yangi mintaqaviy nisbiy afzalliklardan foydalanish, raqobatbardoshlikning o‘sishi, mehnattalab va xomashyo sig‘imi ishlab chiqarishlarning AQShdan Meksikaga ko‘chirilishi natijasida ishlab chiqarish
xarajatlari darajasining kamaytirilishi va shu tarzda Amerika tovarlari raqobatbardoshligini oshirish mumkinligi AQShning G‘arbiy Yevropa va Osiyo-Tinch okeani mamlakatlari integratsion uyushmalari ishtirokchilari bilan o‘sib boruvchi raqobati sharoitida juda muhim omil bo‘ldi. Bundan tashqari, AQSh NAFTA Kelishuvi orqali GATTning Urugvay raundidagi muzokaralarda Osiyo va Yevropadagi savdo hamkorlariga ularning o‘zaro bitimga kelishlariga tayyorligi yo‘nalishida bosim o‘tkazishga imkon beruvchi mexanizmga ega bo‘ldi.
Meksika uchun NAFTAda ishtirok etish xorijiy investitsiyalar oqimining ortishi va savdoning erkinlashtirilishi natijasida iqtisodiy samaradorlikning oshishi, iqtisodiy rivojlanish sur’atlarining tezlashish omili bo‘ldi. Bu vaqtga kelib Meksika 70-80-yillarning boshlarida kuzatilgan neft bumining pasayishi oqibatida ushbu omil mamlakatning istiqboldagi iqtisodiy taraqqiyotini kafolatlab berolmasligini anglab yetdi. Shuning uchun 80-yillarning o‘rtalaridayoq Meksika hukumati AQSh bilan iqtisodiy hamkorligiga nisbatan o‘zining salbiy munosabatini qayta ko‘rib chiqdi va keyinchalik Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan an’anaviy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha Meksika konservativ doiralarining talablariga qarshi tura oldi. Meksikaning Shimoliy Amerika integratsion uyushmasiga a’zo bo‘lishi quyidagilar bilan izohlanadi: mamlakat eksportining 80 foizga yaqinini o‘z ichiga oladigan Amerika bozoriga kirish kafolati, yangi ish o ‘rinlari, Kanada timsolida yangi eksport bozorini ochish imkoniyati, shuningdek Shimoliy Amerika investitsiyalarining ko‘payishidan olinadigan iqtisodiy foydalar va iqtisodiyotni
tubdan zamonaviylashtirishning qudratli asosini yaratish uchun ilg‘or texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari. Meksikada ishonchli investitsiya muhitini ta’minlash esa nafaqat Amerika va Kanada investitsiyalarining oqib kelishi, balki uchinchi mamlakatlardan kapitalning jalb etilishiga yordam berishi lozim edi. Bir vaqtning o‘zida qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan mahalliy
kompaniyalarga Meksika bozorining ochilishi natijasida integratsiya doirasida o‘z hamkorlari tomonidan bo‘ladigan raqobatga dosh berishlari birmuncha murakkab bo‘lib qoldi. Bu vaziyatda AQShda yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari barcha turlarining 9/10 qismi Meksika bozoriga bemalol kira olishiga va bu esa meksikalik dehqonlarning xonavayron bo‘lishiga olib kelishi mumkin
edi. Biroq Meksikaning Shimoliy Amerikadagi integratsion jarayonda ishtirok etishidan olinadigan real foydalar ehtimoliy yo‘qotishlardan ko‘proq bo‘ldi. Boz ustiga Meksika NAFTA yordamida o‘z iqtisodiyotini isloh qilish davrini 50-yildan 10-15-yilgacha sezilarli darajada qisqartirish va taraqqiyot darajasi bo‘yicha sanoati rivojlangan mamlakallarga yaqinlashish imkoniga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, Meksikaning NAFTAda ishtirok etishga manfaatdorligi faqat iqtisodiy sabablarga bog‘liq bo'lmay, u atrof-muhitni muhofaza qilish, narkobiznes, chegaradagi nizolar, noqonuniy migratsiya muamnmolarini hal etish uchun integratsion hamkorlikning «yangi modeli»dan unumli foydalana oldi.

Download 96.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling