Mustaqil ishi mavzu: nafta mamlakatlari Bajardi: Mamatkarimov h qa’bul qildi: Azimov Y


Shimoliy Amerikadagi integratsiyaning boshqa mintaqalardagi integratsiya modellari bilan qiyosiy tahlili


Download 96.49 Kb.
bet3/7
Sana30.04.2023
Hajmi96.49 Kb.
#1406218
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mustaqil ishi jahon iqtisodiyoti

Shimoliy Amerikadagi integratsiyaning boshqa mintaqalardagi integratsiya modellari bilan qiyosiy tahlili

Globallashuv sharoitida xalqaro iqtisodiy munosabatlaning yangi qiyofasi integratsion jarayonlarning jo‘shqinlashuvi va shakllangan integratsion uyushmalarning rivojlanishi bilan bir qatorda o‘zining tarixi va xususiyatlariga ega bo‘lgan integratsiyaning yangi markazlari yuzaga kelayotganligi bilan tavsiflanadi.
1994-yilning 1 yanvarida AQSh, Kanada va Meksika hududida
Shimoliy Amerika erkin iqtisodiy zonasi — NAFTA (North American Free Trade Agreement - NAFTA) ni tashkil etish to‘g ‘risidagi kelishuv kuchga kirgan bo‘lib, u jahon iqtisodiyoti globallashuvining yangi bosqichida ishtirokchilarning o ‘rnini mustahkamlash va ularning milliy manfaatlarini himoya qilish vositasiga aylandi.
Bir qator holatlar, shu jumladan ushbu mamlakatlaning geografik yaqinligi, NAFTA kelishuvining imzolanishiga qadar mintaqaviy integratsiya shartnomaviy-huquqiy asosining rivojlanishi, davlatlararo rasmiylashtirilishini talab qilgan ishtirokchi mamlakatlarning o‘zaro bog‘liqligining o‘sishi mazkur Kelishuvning
imzolanishiga turtki berdi. Buning ustiga Yevropa va Osiyo-Tinch okeani mintaqasida integratsion jarayonlarning faollashishi, Yaponiya tomonidan raqobatning kuchayishi sharoitida Amerika mahsulotlarining raqobatbardoshligini saqlash uchun AQSh oldiga Shimoliy Amerika qit’asida integratsion jarayonlarni rivojlantirish masalasini ko‘ndalang qo‘ydi. NAFTAni tashkil etishning dastlabki shart-sharoitlarini ko`rib chiqamiz. Shimoliy Amerikadagi integratsion jarayonlar ikki mamlakat — AQSh va Kanadaning o‘zaro munosabatlaridan boshlandi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Kanadaning AQSh bilan iqtisodiy munosabatlari uning iqtisodiy taraqqiyotida asosiy omillardan biriga aylandi. Bu davrga kelib, tovarlar, kapitallar, xizmatlarning intensiv ayirboshlanishi kuzatilgan bo‘lib, u mazkur ikki mamlakat o‘rtasidagi yaqin iqtisodiy mintaqaviylashuvdan guvohlik berardi. Ko‘p sonli savdo kelishuvlarining imzolanishi iqtisodiy integratsiyaga sabab bo‘ldi. AQSh va Kanada o'rtasida erkin savdo zonasini tashkil etishga bo‘lgan dastlabki intilish 1854-yildayoq boshlangan edi, biroq kelishuv AQShdagi fuqarolar urushi (1861-1865 yy.) oqibatida 1866- yilda bekor qilinib, keyingi yillarda Kanada - Amerika savdo munosabatlari turli maxsus kelishuvlar bilan tartibga solingan. AQSh hukumati har doyim ham Kanada tovarlarining importini rag‘batlantirmagan. Masalan, 1930-yilda juda yuqori darajadagi proteksionistik tariflarning joriy etilishi ko'pgina kanadalik ishlab chiqaruvchilar uchun AQSh bozorini yopib qo‘ydi. 1947-yilda «Ebbot (Kanada moliya vaziri) rejasi»ning qabul qilinishi Shimoliy Amerikada integratsion jarayonlarning faollashishiga yo‘naltirilgan rasmiy harakat bo`ladi. Yevropadagi «Marshall

Download 96.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling