Mustaqil ishi mavzu: Oddiy fermentativ jarayonlar kinetikasi Bajardi: N. Alijonova qabul qildi: Farg`ona-2023 Oddiy fementativ jarayonlar kinetikasi Reja


Fermentativ reaktsiya tezligining haroratga bog`liqligi


Download 96.5 Kb.
bet4/5
Sana15.06.2023
Hajmi96.5 Kb.
#1479757
1   2   3   4   5
Bog'liq
Oddiy fementativ jarayonlar kinetikasi

Fermentativ reaktsiya tezligining haroratga bog`liqligi. Muhit harorati oshib borishi bilan fermentativ reaktsiya tezligi ham oshib boradi, biror bir optimal haroratda maksimum nuqtaga yetadi va shundan so`ng nolga qarab pasaya boradi. Kimyoviy reaktsiyalar uchun qoida mavjud bo`lib, unga asosan harorat 10˚C ga oshganda reaktsiya tezligi 2-3 martaga oshadi. Fermentativ reaktsiyalar uchun bu koeffitsiyent pastroq bo`lib, harorat har 10˚C ga oshganda reaktsiya tezligi 2 martaga yoki undan ham kamroqqa oshadi. Fermentativ reaktsiya tezligining ma’lum bir nuqtadan keyin nolga tomon pasayishi fermentning denaturatsiyasi to`g`risida guvohlik beradi. Ko`pchilik ferment uchun 20-40˚C oralig`idagi harorat optimal hisoblanadi. Fermentlarning haroratga chidamsizligi ularning oqsil tabiatli tuzilishga ega ekanligiga bog`liq. Ayrim fermentlar 40˚C atrofidagi haroratda denaturatsiyalanadi, ammo ularning asosiy qismi 40-50˚C dan ortiq haroratda faolligini yo`qotadi. Ba’zi bir fermentlar faolligini yo`qolishiga sovuq ham sabab bo`lishi mumkin, ya’ni 0˚C ga yaqin haroratda ular denaturatsiyaga uchraydi.
Ammo ayrim fermentlar bunday qonuniyatlarga bo`ysunmaydi. Masalan, katalaza fermenti 0˚C ga yaqin haroratda ko`proq faollikka ega bo`ladi. Shuningdek, issiqlikka bardoshli fermentlar ham mavjud. Masalan, adenilatkinaza qisqa vaqt ichida 100˚C da o`z faolligini yo`qotmasdan bardosh berishi mumkin. Issiq buloqlarda yashovchi mikroorganizmlar tarkibida ko`plab oqsillar, jumladan fermentlar ham mavjud bo`lib, ular o`zlarining yuqori haroratga chidamliligi bilan ham ajralib turadi. Bunday fermentlar tabiatiga ko`ra glikoproteidlar bo`lib, ularni bunday chidamlilik bilan uglevod komponenti ta’min etadi.
Ferment faolligiga haroratning ta’siri hayotiy faoliyat jarayonlarini tushunish uchun juda muhim. Harorat pasayishi bilan ayrim hayvonlar uyqu yoki anabioz holatiga o`tadi. Bunday holatlarda fermentativ reaktsiyalar tezligi sekinlashib, organizmda to`plangan oziq moddalar sarfini va hujayra funktsiyasining faolligini pasaytirishni ta’minlaydi. Tananing isishi fermentativ reaktsiyalarning borishini tezlashtiradi va hayvon organizmini faol holatga qaytaradi.
Organizmni sun’iy sovutish gibernatsiya deb atalib, klinikada jarrohlik operatsiyalarini o`tkazishda qo`llaniladi. Tananing sovutilishi fermentativ reaktsiyalarning tezligini pasaytiradi va bu bilan moddalarning sarflanishi hamda organizm hujayralarining yashovchanlik qobiliyatini uzoqroq saqlash imkonini beradi.
Tana haroratining oshishi (bezgak holati), masalan, yuqumli kasalliklarda fermentlar tomonidan katalizlanadigan biokimyoviy reaktsiyalarni tezlashtiradi. Tana haroratining har bir gradusga ko`tarilishi reaktsiya tezligini taxminan 20% ga oshiradi. Bundan tashqari 40˚C atrofidagi haroratda issiqqa chidamsiz fermentlar denaturatsiyalanib, biokimyoviy jarayonlarning tabiiy yo`llarini izdan chiqarishi mumkin.
Shuning uchun oziq-ovqat mahsulotlari muzlatkichlarda saqlanadi va bu bilan o`zlarining hamda mikroorganizmlarning fermentlarining faolligi pasaytiriladi.

Download 96.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling