Mustaqil ishi Mavzu: O’rnatilgan operatsion tizimlarda semaforlar


Download 479.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana27.01.2023
Hajmi479.79 Kb.
#1130640
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-Mustaqil ishi

 
 



Operatsion tizimlarda jarayon tushunchasi va ularni boshqarish 
Hisoblash mashinasining ishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan operatsion 
tizimning (OT) muhim qismi jarayonlarni boshqarish tarkibiy tizimi hisoblanadi. 
Jarayon (boshqacha aytganda vazifa yoki masala) bajarilayotgan dasturni 
tavsiflovchi abstraktsiyadir. OT uchun jarayon uning ish birligi yoki tizim 
zahiralariga talab uchun so‘rov hisoblanadi.Jarayonlarni boshqarish qismiy tizimi 
jarayonlar bajarilishini rejalashtiradi, ya’ni tizimda bir vaqtning o‘zida mavjud 
bo‘lgan jarayonlar o‘rtasida protsessor vaqtini taqsimlaydi. Bundan tashqari, 
jarayonlarni yaratish va yo‘qotishga mas’ul hisoblanadi, jarayonlarni tizim zahiralari 
bilan ta’minlaydi, jarayonlar orasida o‘zaro mutanosiblikni qzllab-quvvatlaydi. 
Ko‘pvazifali tizimda jarayon uch asosiy holatlardan birida bo‘lishi mumkin: 
Bajarilish – jarayonnning faol holati bo‘lib, bu holatda jarayon barcha zaruriy 
zahiralarga ega bo‘ladi va protsessor tomonidan bajariladi. 
Kutish – jarayonning passiv holati bo‘lib, jarayon bloklangan holatda bo‘ladi. 
Bu holatda jarayon ichki sabablar tufayli bajarila olmaydi, u biror hodisaning amalga 
oshishini kutadi, masalan, kiritish-chiqarish amalining tugallanishi, boshqa 
jarayonda xabar qabul qilish yoki unga kerakli biror zahiraning bo‘shashini kutish 
va h.k. 
Tayyorlik – bu ham jarayonning passiv holati bo‘lib, bu holatda jarayon tashqi 
sabablar tufayli bloklanadi: jarayon unga kerakli barcha zahiralarga ega va 
bajarilishga tayyor, ammo protsessor boshq jarayonni bajarish iblan band bo‘ladi. 
Hayoti tsiklida har bir jarayon biror OT uchun mo‘ljallangan jarayonlarni 
rejalashtirish algoritmiga muvofiq bir holatdan ikkinchisiga o‘tib turadi. Jarayonlar 
holatining tipik holati grafi quyidagi rasmda ko‘rsatilgan (2-rasm):



10.2-rasm. Ko‘pmasalali muhitda jarayon holatlari grafi 
domenlari va ob’ekt kontekstlari orasidagi munosabat tavsiflanadi 
Process→ Bu sinf lokal va masofaviy jarayonlarga kirish imkonini beradi
bundan tashqari jarayonlarni dasturiy ishga tushiradi va to‘xtatadi. 
ProcessModule→ Bu tur ma’lum bir jarayonda yuklangan (* .dll yoki * 
.exe) modulni takdim etadi. Shuni yodda tutish kerakki, ProcessModule turi 
ixtiyoriy modulni ya’ni COM, .NET yoki ananaviy S asosida ikkilik to‘plamni 
takdim etadi. 
ProcessModuleCollection→Bu tur ProcessModule ob’ektlarni turlashtirilgan
tashkil etishni ikonini beradi 
ProcessModuleStartInfo→ Bu tur Process.Start () metodi yordamida 
jarayonni ishga tushirishda foydalanilgan qiymatlar to‘plamini ko‘rsatishni 
imkonini beradi 
ProcessThread→ Bu tur berilgan jarayondagi oqimni takdim etadi. Shuni 
ahamiyatga olish kerakki, ProcessThread turi, jarayon ichidagi yangi oqimlarni 
yaratish uchun emas, balki jarayonlarni oqimlar to‘plamini diagnoz qilish uchun 
qo‘llaniladi. 
ProcessThreadCollection→ 
Bu 
tur 
ProcessThread 
Klass 
System.Diagnostics ob’ektlarni turlashtirilgan tashkil etishni ikonini beradi. 
Process berilgan qurilmada( lokal yoki masofaviy) bajarilgan jarayonlarni tahlil 
qilish imkonini beradi.
Bu sinf jarayonni dasturiy ishga tushirishni va yakunlashni imkonini beradi 
va jarayonni ustuvor pog‘onasini ko‘rsatishni. Va ayni bir jarayon ichidagi 
yuklangan modellarni va aktiv oqimlar ro‘yxatii olish imkonini beruvchi a’zolarni 
takdim etadi. 17.2. jadvalida System.Diagnostics Process sinfini ba’zi asosiy 
xossalari keltirilgan

Download 479.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling