Mustaqil ishi Mavzu: O’rnatilgan operatsion tizimlarda semaforlar


Download 479.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana27.01.2023
Hajmi479.79 Kb.
#1130640
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-Mustaqil ishi




Mustaqil ishi 
Mavzu: O’rnatilgan operatsion tizimlarda semaforlar
. 
TOPSHIRGAN:
QABUL QILGAN:
QARSHI-2022 
 
MAVZU: O’RNATILGAN OPERATSION TIZIMLARDA 
SEMAFORLAR
 
 
1. Operatsion tizimlarda jarayon tushunchasi va ularni boshqarish 
2. O’rnatilgan operatsion tizimlarda semaforlar 
3. Semaforlar ta’riflari 
 
 
 
 
 
 



Operatsion tizimlarda jarayon tushunchasi va ularni boshqarish 
Ko‘p vazifalik bir necha alohida vazifalarni “bir vaqtda bajarilayotganday 
bajarish” hisoblanadi. “Bir vaqtda bajarilayotganday bajarish” iborasiga alohida 
e’tibor berish lozim. Bitta protsessorning bir nechta vazifalarni bir vaqtda 
bajarishini amalga oshirishning iloji yo‘q, lekin bir necha masalalarni bir vaqtda 
bajarayotgandek ko‘rinadigan tizimlarni yaratish mumkin. Buning uchun har bir 
masalani protsessor vaqtiga nisbatan bo‘lib bajarish kerak. Natijada “tashqaridan” 
qaraganda, protsessor bir necha vazifalarni bajarayotganday ko‘rinadi, aslida esa 
protsessor faoliyati insonga sezilmasdan masalalar orasida almashinadi. 
Misol uchun, shosseda harakatlanayotgan to‘rtta mashinani harakatini 
keltirish mumkin. Har bir avtomobilning haydovchisi va etib borishi kerak bo‘lgan 
manzili bo‘lib, motori ishdan chiqqan bo‘lsin. Tortuvchi mashina keladi, ammo 
uning faqat bitta motori bor. Har bir mashinani manzilga eltish uchun umumiy 
motordan foydalanishi kerak (1-rasmga qarang). 
Masala echishning ikki usuli bor. Birinchi echim quyidagicha: motor birinchi 
mashinaga beriladi va u manzilga etib olgach, ikkinchi mashinaga beriladi, u ham 
manzilga etgach, ikkinchisiga va to‘rtinchi mashinalarga beriladi. Shu usulda barcha 
mashinalar manzilga etganga qadar qolgan mashinalar yo‘lda qodirilib ketiladi. 
Bundan tashqari, bu motorsiz mashinalarning bir-biri bilan aloqasiga kirisha 
olmasligini bildiradi. Ikkinchi echim samaraliroq bo‘lib, u quyidagicha: tortuvchi 
mashina birinchi mashinani fiksirlangan vaqt davomida tortadi, so‘ngra ikkinchisini, 
so‘ngra uchinchisi va to‘rtinchisini. Keyin yana birinchisi mashinaga qaytiladi, 
fiksirlangan vaqt davomida tortiladi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi ham tortiladi. 
Bu jarayon barcha mashinalarning manzilga etgunga qadar davom ettiriladi. Bu 
holda barcha mashinalar manzilga bir xil tezlikda etkaziladi. 
Bu holda mashinalar alohida proritetga ega bo‘lmaydi va ular birgalikda 
harakatlanadilar, bu esa bir qancha afzalliklar beradi: mashinalar bir xil tezlikda 
harakatlanadilar, barcha mashinalar bir vaqtda sayohatini tugallaydilar, mashinalar 
etarlicha bir-biriga yaqin bo‘lib, sayohat vaqtida bir-biri bilan o‘zaro aloqaga 
kirishishlari mumkin. 



10.1-rasm. Mashinali ko‘pvazifalik 
Ikkinchi holat, operatsion tizimlarning ko‘pvazifalik xususiyati uchun 
umumiydir. Masala biror vaqt davomida bajariladi, so‘ngra to‘xtatiladi va keyingi 
vazifa bajarilishi boshlanadi. Uning bajarilishi uchun ajratilgan vaqt tugagach
uchinchisi bajarilishni boshlaydi, va h.k. 
Bu tushuntirish, ehtimol, jarayonni o‘ta soddalashtirilgani kabi ko‘rinar, 
ammo aynan ikkinchi holat ko‘p vazifali operatsion tizimning amomiy printsipi 
hisoblanadi. Markaziy nazorat har xil vazifalar orasida almashinishni ta’minlabgina 
qolmasdan, hatto qaysi masalalar keyin bajarilishi kerakligini ham aniqlab beradi. 
Agar operatsion tizimsiz ko‘p vazifali dasturiy ta’minot yaratilishi kerak bo‘lsa, u 
holda bajariladigan konstruktsiya operatsion tizimning ko‘pvazifalik elemntlarini 
o‘z ichiga olishi kerak bo‘ladi. 
Ko‘p vazifalikka asosiy talablar uchta: kontekstni almashtirish, aloqa va 
prioritetlarni boshqarish. Mazkur uchta funktsiya va to‘rtinchisi – vaqtni boshqarish 
– real vaqt sohasidagi talab etilgan parametr hisoblanadi. Mazkur talablarning har 
birini qayta ishlashning uch funktsiyasi muvaffaqiyatli real vaqt masshtabida ishlash 
uchun ishlab chiqilishi kerak. 



Kontekstni almashtirish. Protsessor dasturni bajarayotganida, bajarish bilan 
bog‘liq bir necha registrlar ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi. Ular o‘z ichiga ishchi 
registrlarni, buyruqlar hisoblagichini, tizim holati registrini, stek ko‘rsatkichini va 
qiymatini oladi. 
Aloqa. Ko‘p vazifali tizimning boshqa talabi vazifalarning bir-biri bilan 
aloqasi hisoblanadi 
Prioritetlarni boshqarish. Prioritetlar menejeri kontekst bilan birgalikda 
ishlaydi va navbat bo‘yicha qaysi vazifaning bajarilishini aniqlaydi. 
Vaqt boshqaruvi. Real vaqt tizimidagi ko‘pvazifalikning so‘nggi talabi 
boshqarishni sinxronlash hisoblanadi. Bu talab masalalarning bajarilish muddatiga 
mas’ul hisoblanadi. Ustivorlikni belgilovchi menejer qaysi vazifa keyingi ekanini 
belgilab beradi, lekin aynan vaqt nazoratchisi bajarilish tartibini belgilab beradi
ya’ni vazifa qachon bajarilishini sozlaydi. Rollar orasidagi bu farq bir qadar noaniq 
bo‘lishi mumkin. Ammo quyidagini eslab qolish muhim: vaqt nazoratchisi 
vazifaning qachon bajarilishini aniqlaydi, ustuvorlik nazoratchisi esa vazifaning 
bajarilganligini aniqlaydi. 
Vaqt nazoratchisi va ustuvorlik menejeri talablarini muvozanatlash kamdan-
kam hollarda sodda va oson. Real vaqt tizimlarida ko‘p hollarda har xil tezlik bilan 
ishlaydigan, o‘zaro aloqada bo‘lgan asinxron (vaqt bo‘yicha mos kelmaydigan) 
vazifalarga ega bo‘ladilar. Lekin, diqqat bilan loyihalash va testlash yordamida vaqt 
va ustivrlikni muvozanatlagan real vaqt tizimi ishlab chiqilishi mumkin. 

Download 479.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling