Mustaqil ishi mavzu: O`zbekiston Respublikasida umumdavlat soliqlarining amal qilish mexanizmi


Download 55.33 Kb.
bet7/7
Sana31.01.2024
Hajmi55.33 Kb.
#1829059
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Soliq va soliqqa tortish-fayllar.org

Aholining mehnat faolligini rag‘batlantirish. Soliqlar deyarli barcha mamlakatlarda ushbu vazifani bajaradi.

Chunki ular aholi daromadlarini tartibga solishning muhim vositasi hisoblanadi. Daromadlardan olinadigan soliq stavkalarining eng yuqori chegarasini sezilarli darajada pasaytirish ishchi kuchining taklifi bilan bog`liq salbiy oqibatlarning oldini olishi mumkin. 70-80-yillarda Shvetsiyada soliq stavkalarining aholi daromadlariga progressiv ravishda qo‘llash malakali ishchilarning boshqa mamlakatlar tomon migratsiyasiga olib kelgan.




  • Iqtisodiy o`sishni rag`batlantirish maqsadida daromadlarni taqsimlashning samaradorlik va adolat prinsiplari o`rtasidagi muvofiqlikka erishish. Amaldagi soliqlarga barqarorlik va moslanuvchan soliq stavkalarining xosligi soliqlarning uzoq muddatli vazifalarini amalga oshirishga zamin yaratadi. Milliy va xorijiy investorlar kapital qo`yilmalarini amalga oshirar ekan, ular o‘zlarining soliq majburiyatlarini aniq bilishi kerak. Soliq turlari va stavkalari barqaror va tez-tez o‘zgarmaydigan bo`lishi kerak. Soliqqa tortish tizimida mustahkam ishonch bo‘lmagan taqdirda uzoq muddatli investitsiyalarning harakati susayadi.

Soliqlarning budjetga ijobiy ta’siridan tashqari, muhim iqtisodiy islohotlami amalga oshirish sohasida ham ulardan faol foydalanish mumkin. Narx-navoning isloh qilinishi, tashqi savdoning erkinlashtirilishi, mehnat bozorining isloh qilinishi yangi paydo bo`lgan tijorat strukturalarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash zaruriyatini yuzaga keltiradi. Bu vazifani soliq stavkalarini tabaqalashtirish yo`li orqali hal etish mumkin.


Shunday qilib, soliqlarning vazifalari ularni amalga oshirish muddatiga qarab, qisqa muddatli, o`rta va uzoq muddatli vazifalarga bo`linadi. Bu vazifalar mazmuniga ko`ra bir-biridan farq qiladi. Soliqlar nafaqat davlat budjetining tushumlariga bo`lgan ehtiyojlarni qondirishga, balki davlat daromadlarini budjetning o`rta muddatli rejada hayotiyligini yaxshilash maqsadida moslashuvchanligini amalga oshirishga ham xizmat qilishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


  • O`zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi. — T.: “Adolat”, 2008-y.


  • O`zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to`g`risida” gi Qonuni. “Xalq so`zi”, 29- avgust 1997-y.


  • Vahobov A., Sirojiddinova Z. O`zbekiston Respublikasi Davlat budjeti.Toshkent: Moliya, 2001. — 174-bet.


  • Malikov T.S. Soliqlar va soliqa tortishning dolzarb masalalari. — T.: “Akademiya”, 2002. — 204-bet.


http://fayllar.org



Download 55.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling