Soliqlarning nazorat funksiyasi
Soliqlarning nazorat funksiyasi soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan, soliqqa tortish obyekti, soliqqa tortiladigan baza, imtiyozlar singari va hokazo tegishli soliq ko‘rsatkichlarining hisob-kitoblarini tekshirishdek ancha murakkab jarayondan iborat. Soliq hisobi soliq idoralariga belgilangan soliq hisobi shakllari orqali soliq to`lovchilar o`zlarining soliq majburiyatlarini qanday bajarayotganliklarini yanada samarali nazorat qilish imkonini beradi.
Sollqlarni hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funksiyasi
Soliqlami hisoblash jarayonini axborot bilan ta`minlash funksiyasi ham muhim ahamiyat kasb etib, bu funksiya orqali xarajatlar hajmi va konkret soliqli tushumlar davlatning qanday ijtimoiy-iqtisodiy funksiyalarini bajarishga sarflanganligi to‘g‘risida axborot berib turilishi juda zarurdir.Shunday qilinsa, soliqlarning budjetga tushishi to`liq, o`z vaqtida va oson kechadi.
Soliq funksiyalarini qisqacha ko‘rib chiqilishi soliqlar moliya resurslarini tiklash, xo‘jalik faoliyatini tartibga solish va daromadlami ijtimoiy jihatdan ahamiyatli maqsadlar uchun qayta taqsimlash bo‘yicha muhim vazifalami bajaradi, deb xulosa chiqarishi uchun imkon beradi.
Soliqlarning iqtisodiyotdagi yuqorida ta`kidlangan muhim o‘rnini belgilovchi bir qancha funksiyalari mavjud. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining hozirgi rivojlanish bosqichida soliqlarning o`rnini belgilovchi quyidagi asosiy omillami ko‘rsatib o‘tish mumkin:
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida aholini ijtimoiy himoya qilishning zararligi.
Ma’lumki, respublikamizda iqtisodiyotni isloh qilish va davlat qurilishini amalga oshirish mamlakat Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ilgari surilgan besh asosiy tamoyilga asoslanadi. Bu qoidalardan biri kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishdir. Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida aholi, ayniqsa, uning kam ta`minlangan qatlamlari yetarli darajada ijtimoiy himoyalangan bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |