Mustaqil Ishi Mavzu: Qadimgi Hindistondagi ijtimoiy- iqtisodiy g’yalar


Download 86.42 Kb.
bet3/7
Sana02.06.2024
Hajmi86.42 Kb.
#1839923
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
norqulov mirjalol

Xarappa sivilizatsiyasi — Qadimgi Misr va Shumer sivilizatsiyalari singari insoniyatning eng qadimgi sivilizatsiya o‘choqlaridan biri.
Hududiy jihatdan ikkala sivilizatsiylardan ham katta hisoblanadi. Hududiy kattalik jihatidan Misr, Mesopotamiya, Kichik Osiyo, Eron, Suriya, Finikiya va Falastin yerlarini qo‘shib hisoblaganda ular bilan teng bo‘ladi.
Xarappa sivilizatsiyasi Hind daryosi bo‘yida mil.avv. XXIII – XIX asrlarda ariylarning kirib kelguniga qadar rivojlangan.
Qadimgi Hind sivilizatsiyasini shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin:


  • Eng qadimgi hind sivilizatsiyasi mil.avv. XXIII – XVIII asrlar bilan davrlashtiriladi (dastlabki shaharlarning vujudga kelishi, ilk davlatlarning shakllanishi);

  • Mil.avv. II mingyillikning ikkinchi yarmida «ariylar» deb nomlangan hind-yevropa qabilalarining paydo bo‘lish davridir.

  • II mingyillikning oxiridan I mingyillikning o‘rtalarigacha bo‘lgan davr – «veda davri» deb ataladi, bu davrda yaratilgan muqaddas adabiyot veda nomi bilan. Uning ikkita asosiy bosqichini ko‘rsatish mumkin: dastlabki (mil.avv. XIII — Х asrlar) ariylarning Shimoliy Hindistonda tarqalishi bilan xarakterlanadi, so‘nggi – ijtimoiy va siyosiy tabaqalanish oqibatida ilk davlatlarning vujudga kelish davri (mil.avv. IX — VI asrlar) hisoblanadi.
  • «Buddizm davri» (mil.avv. V — III asrlar) — buddaviylik dinining vujudga kelishi va tarqalishi davri hisoblanadi. Buddizm bilan bog‘liq bo‘lgan yodgorliklar, eng asosiy tarixiy manbalar hisoblanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy nuqtai nazardan olib qaraganda bu davrda umumhind davlati – Mauryaning vujudga kelishigacha bo‘lgan yirik davlatlar vujudga keldi.


  • Mil.avv. II — mil. V asrlarni qadimgi hind sivilizatsiyasining «mumtoz davri» deb hisoblash mumkin. Bu davrda hind madaniyati va ijtimoiy tuzumini o‘ziga xos tuzilishining shakllanishi bilan xarakterlanadi.



Bu sivilizatsiyaning markazlari – Xarappa, Lothal, Moxenjo-Daro hisoblanadi. Eng rivojlangan paytida uning aholisi 5 million kishini tashkil qilgan. Shumer mixxat yozuvlarida Xarappa sivilizatsiyasi taxmin qilishlaricha «Meluxxa» nomi bilan tilga olinadi.
G‘arbiy Hindistonda ariylarga qadar sivilizatsiya bo‘lganligi to‘g‘risidagi birinchi ma’lumotlarni XIX asrda Aleksandr Kanningem chop qilgan edi. Jon Marshal tomonidan 1921 – 1922 yillarda amalga oshirilgan ekspeditsiyalar orqali Hind sivilizatsiyasining mavjudligi isbotlandi.

Hind sivilizatsiyasining tanazzuli mil.avv. XVIII – XVII asrlarga to‘g‘ri kelib, bu davrda dravidlarning asosiy qismi janubi-sharqqa (Pokiston hududida braui xalqining ajdodlari qoladilar) ko‘chib o‘tadi va erishgan taraqqiyot darajalarini yo‘qotadilar. Ehtimol, buning sababi tabiiy sharoitlarning yomonlashuvi bilan bog‘liqdir. Bu sivilizatsiyaga yakun topishiga ariylarning ko‘chishlari sabab bo‘ldi.


Qadimgi Hind sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan yodgorliklar tasodifan yevropaliklar tomonidan XIX asrda duch kelina boshlangan bo‘lsa-da, ammo protohind sivilizatsiyasi 1920 yillarda hind arxeologlari R.B. Sahni va R.D. Banerjilar tomonidan ochilgan. Shundan so‘ng Moxenjo-Daro va Xarappa madaniyatlarini keng miqyosda o‘rganish boshlanib, to 1960 yil (Ikkinchi jahon urushida vaqtinchalik to‘xtab qolgan) ga qadar davom etdi. Hind arxeologlari R Sahni va R Banerjilar egizak-shaharlarni ochib o‘rganganlar va ularda yaxshi rejalashtirilgan, bir xil g‘ishtin uylar qurilgan bir xil to‘g‘riburchakli kvartallarni aniqlashgan. Deyarli 260 gektarni egallagan katta hududda ko‘plab kvartallar va Mohenjo-Daron – “Murdalar tepaligi” ning bir qancha inshootlari qurilgan.
1960 yillarning o‘rtalarigacha olimlar Mohenjo-Daro mudofaa inshooti bo‘lmagan deb hisoblab kelgan bo‘lsalar-da, ammo bungacha 15 yil avval ingliz arxeologi M. Wiler bir inshootni ochib o‘rgangach, bu inshootni mudofaa inshooti deb qabul qilishdi. Mohenjo-Daroning markazida joylashgan ark, qachonlardir 9 metrli mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘ralgan. Keyingi qazishma ishlari shuni ko‘rsatdiki, shaharning janubiy qismida ham xomg‘ishtdan qurilib, ustki qismi pishiq g‘isht bilan qoplangan ulkan devor bo‘lganligidan dalolat beradi. Lekin bu devor nima maqsadda qurilganligi aniqlanmagan: dushmanlardan himoya uchunmi yoki shahrni suv toshqinlaridan himoya qilish uchunmi.


Download 86.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling