Mustaqil Ishi Mavzu: Qadimgi Hindistondagi ijtimoiy- iqtisodiy g’yalar


Download 86.42 Kb.
bet4/7
Sana02.06.2024
Hajmi86.42 Kb.
#1839923
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
norqulov mirjalol

Mohenjo-Daro arxitektura jihatidan juda yaxshi rejalashtirilgan: shahar ko‘chalari qat’iy ravishda shimoldan janubga va sharqdan g‘arbga tomon yo‘nalgan bo‘lib, shu orqali shahar shamoldan juda yaxshi himoyaga ega bo‘lgan. Qurilish qoidalariga ko‘ra hech qaysi uy umumiy qatordan chiqib ketishi mumkin bo‘lmagan. Aosiy ko‘chalar to‘g‘ri tor ko‘chalar bilan kesishganligi sababli shaharda berkko‘chalar bo‘lmagan. Mohenjo-Daroning bosh ko‘chasining uzunligi 80 metrni, kengligi - 10 metrni tashkil qilgan, bu esa o‘z navbatida bir vaqtning o‘zida bir nechta aravalar qatnash imkonini bergan. Ark devorlaridan tashqarida quyi shahar joylashgan bo‘lib, uylari g‘ishtdan, tomlari tekis qilib qurilgan. Inshootlar bugungi kungacha hindlar foydalanadigan usulda pishiq g‘ishtdan qurilgan. Mohenjo-Daroning uylari balandligi 7,5 metrga yetgan bo‘lib, derazalar o‘rniga loy va alebastrdan qilingan havo almashadigan to‘siqlar o‘rnatilgan. Devor va pollarga bo‘yra osib qo‘yilgan, uylarda g‘ishtdan qilingan vannalar bo‘lgan. Mohenjo-Daro aholisi ro‘zg‘or anjomlarini asosan mis yoki bronzadan tayyorlaganlar. Qishloq xo‘jaligi ishlari uchun o‘roq va omoch; Hunarmandlar uchun boltalar, arralar, belkuraklar; Jangchilar uchun qilichlar, nayzalar, xanjarlar yasaganlar.
Mohenjo-Daroning tanazzulga yuz tutishi mil.avv. 1500 yilga borib taqaladi. Bu sivilizatsiyasining inqirozga uchrashi haqida dunyo olimlari tomonnidan turlicha farazlar bildirilgan. Ayrim tadqiqotchilar fikricha, kuchli tektonik o‘zgarishlar orqali Hind daryosi o‘zanining keskin o‘zgarishi sabab bo‘lgan. Geologik tadqiqotlar yer silkinishlari va zilzilalar bir necha bor Mohenjo-Daro hayotini buzganligini va yirik ko‘l vujudga kelganligini ko‘rsatadi. Shaharni tez-tez suv bosishi oqibatida undan shaharni himoya qilish uchun mustahkam devor qurilgan. Ammo bu farazlar hali o‘z isbotini kutmoqda. Boshqa bir olimlarning ta’kidlashicha, shahar hayoti va uning aholisi ariylar hujumi natijasida tushkunlikka yuz tutgan.
Ariylar Mohenjo-Daroning barcha aholisini qirib yuborganlar va ularning uylarini yakson etganlar. Shaharning mavjudligining so‘nggi yillarida yashagan insonlarning topilgan skeletlari chet ellik bosqinchilarning hujumi borasidagi fikrlarni yo‘qqa chiqaradi.
Shunday ekan, Mohenjo-Daroning inqirozga yuz tutishi borasidagi savollar hali-hamon ochiq qolmoqda
Hind sivilizatsiyasining madaniyati va ilm-fanining ko‘tarilishi va gullab-yashnashi mil.avv. IV-II asrlaridan to mil. VIII asriga qadar davom etgan. Bu davrda hind olimlari tomonidan o‘nlik sanoq sistemasi yaratiladi, zamonaviy harflarning yozilishi (keyinchalik arab raqamlari deb nomlangan), kvadrat va kub ildiz chiqarish yo‘llari, π soni (3,1416…), shuningdek, arifmetik va geometrik progressiya, trigonometriya va algebra asoslari ma’lum bo‘lgan. Astronomlar samoviy jismlarning harakatlasnishini juda aniqlik bilan hisoblay olganlar. Yilning o‘n ikki oyi (har birida 30 kundan) 6 mavsumga bo‘lingan. Har besh yilda 13 oy qo‘shilgan. Shuningdek, qadimgi hind astronomlari yerning sfera shaklida ekanligi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lganlar.Uni o‘z o‘qi atrofida aylanganligini taxmin qilganlar.Kimyo borasidagi bilimlar zamirida kislotalar, bo‘yoqlar, metal, tuzlar, dori-darmonlar, atirlar, sement va boshqa narsalar yaratilgan.
Olim braxman Panini (mil.avv. V - IV asrlar) sanskrit deb nom olgan quyi veda adabiyoti tilini qayta ishladi va keyinchalik mamlakatning turli qabila va xalqlari o‘rtasidagi eng asosiy aloqa vositasiga aylandi. II minyillikning oxiri – I mingyillikning boshlaridan qadimgi hind adabiyoti namunalari – vedalar(qadimgi veda tilida yozilgan) bizgacha yetib kelgan. Veda davri adabiyoti qurbonlik marosimlari va madhlarning to‘plamidan iborat hisoblanadi. I mingyillikning birinchi yarmida qadimgi hind ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarini, shuningdek, madaniyat va ilm-fanini o‘rganishning muhim manabsi bo‘lib epik adabiyot xizmat qiladi. Ularning eng asosiylari sanskrit tilida yozilgan «Махobxarat» va «Ramayana» lar hisoblanadi.
Tarkibiy jihatdan «Мaxobxorat» («Bxarat avlodlarining buyuk urushlari») asari 107 ming baytdan iborat bo‘lib, Shimoliy Hindistondagi, afsonaviy shoh Bxaratning avlodlari o‘rtasidagi sulolaviy ichki urushlari haqida hikoya qilinadi. Ramayana» dostoni o‘zining izchilligi va sinchiklab ishlanganligi bilan ajralib turadi. U tarkibiy jihatdan 24 ming baytni o‘z ichiga olib, bunda shahzoda Ramning devlar hukmdori Ravan ustidan qozongan g‘alabasi hikoya qilinadi. Ikki ming yil o‘tgan bo‘lsa-da bu dostonlar o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Ularning qahramonlari - Krishna («Махobxarat») va Ram («Ramayana») – zamonaviy induizmning bosh xudolaridan biri – Vishnu xudosining timsoli sifatida ilohiylashtirilgan.
Mil.avv. VI asrda xristian va islom dinlari bilan birgalikda dunyo dinlari qatorida turuvchi buddizm dini vujudga keldi. Buddizmning asosida - «to‘rt ulug‘vor haqiqat»: azob,uning sabablari, erkinlik holati,unga erishish yo‘li uning asosini tashkil etadi.
Qisqacha esa ular quyidagicha:
Hayotning mohiyati bu azob chekishdir.
Azobning sabablari – xohish va istaklar..
Azoblardan forig‘ bo‘lish uchun xohish va istaklarni ildizi bilan yo‘q qilish darkor.
Buning uchun esa 8 pog‘onali («sakkiz yo‘l») o‘z - o‘zini ichki tashkil etish va u orqali nirvanaga erishish mumkin.


Download 86.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling