Mustaqil ishi mavzu: Spektral tahlil tushunchalari
Tutash spektrini hosil bo’lishi
Download 158.29 Kb.
|
020 . Saidova Dilnoza
2 . Tutash spektrini hosil bo’lishi
a) Issiqlik nurlanishi Ma’lumki qizigan qattiq jismlarning va suyuqliklarning spektri tutash yoki uzluksiz ko’rinishga ega va u jismni tashkil etgan atomlar hosil qilgan kristal panjaraning tebranishi natijasida hosil bo’ladi . Shunday spektrda intensivlik to’lqin uzunlik ( λ ) yoki chastota ( ν ) bo’ylab asta – sekin o’zgarib boradi . Har bir chastotada hν = hc / λ energiyaga ega kvant sochiladi va ular energiyasi bo’yicha uzluksiz ketma – ketlikni hosil qiladilar . To’lqin uzunliklari odatda angstemlarda ( 1 A = 10-10 m ) beriladi . To’lqin uzunligi λ = 1 A bo’lgan kvantning chastotasi ν = 3 * 1018 ( Gerts) ga va energiyasi 104 elektron voltga teng . Spektrda intensivlikni taqsimlanishi temperaturaga bog’liq . Temperatura past bo’lganda spektrda asosan qizil nurlar kuzatiladi va temperatura oshgan sari spektrni tarkibi o’zgara boshlaydi . Qizil nurlar yonida sariq nurlar ular yonida yashil keyin esa ko’k va havorang nurlar ham ko’rina boshlaydi . Shu jarayonda qizil , sariq , yashil va hakozo nurlarning intensivligi ham ortib boradi . Absolyut qora jism spektrida intensivlikni spektr bo’yicha taqsimlanish qonuni M.Plank kashf etgan . Absolyut qora jismning zichligi faqat chastotasi va temperaturaga bog’liq . Yulduzlarning temperaturasi minglab va o’n minglab gradusgacha yetadi . Shunday temperaturada modda gaz holatda bo’ladi shuning uchun biz gazlarning tutash spektri bilan tanishib chiqamiz . Ma’umki nurlanish kvantlari atomlarni yoki molekulalarni yuqori energiyali holatdan past energiyali holatlarga o’tishi natijasida hosil bo’ladilar . Atom va molekulalarni bir energetik holatdan ikkinchi holatga o’tishlari o’n hil bo’lishi mumkin : bog’liq holatdan bog’liq holatga , bog’liq holatdan ozod holatga va ozod holatdan ozod holatga . Shunday qilib , atomlar va molekulalarning ozoddan ozodga o’tishlari tutash spektrni hosil qiladi . Shunday spektr issiqlik spektri deb ataladi va unda energiyani taqsimlanishi manbaning temperaturasiga bog’liq va absolyut qora jism uchun Plank qonuniga bo’ysunadi . Download 158.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling