Mustaqil ishi mavzu: Spektral tahlil tushunchalari


Chiziqli spektrni hosil bo’lishi


Download 158.29 Kb.
bet6/13
Sana05.01.2022
Hajmi158.29 Kb.
#204520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
020 . Saidova Dilnoza

3 . Chiziqli spektrni hosil bo’lishi

Spektral chiziqlar birinchi turdagi , bog’liq holatdan bog’liq holatga , o’tishlar natijasida hosil bo’ladilar . Chiziqlarni hosil bo’lish nazariyasini vodorod atomi misolida ko’rib chiqaylik . Vodorod atomida elektron ko’plab energetik sathlarning birortasida bo’lishi va unga mos ravishda atom ma’lum energiyaga ega bo’lishi yoki ma’lum energetik holatni egallashi kerak . Atom boshqa zarra yoki yetarli energiyali kvant bilan to’qnashganda u uyg’ongan holatga o’tishi yoki ionlashishi mukin . Spektral chiziqning intensivligi uni hosil qilgan atomni bir energetik holatdan ikkinchi holatga o’tish ehtimoli va bunday o’tishlarni bergan atomlarning soniga bog’liq . Atomni bir bog’liq energetik holatdan ikkinchi bog’liq holatga o’tish ehtimoli uni boshlang’ich holatda bo’lish vaqtiga teskari miqdor bilan xarakterlanadi . Ehtimoli juda kichik bo’lgan o’tish taqiqlangan o’tish deb ataladi . Taqiqlangan chiziqni beradigan sath metostabil sath deb ataladi . Atom bunday holatdan ikki xil yo’l bilan chiqishi mumkin : 1) atom shu sathdan ketish uchun yetarli energiyadagi yorug’lik kvanti yutadi yoki u boshqa zarra ( elektron ) bilan to’qnashganda zarra o’z energiyasining bir qismini unga beradi . 2) Uyg’ongan atom zarra ( elektron ) bilan to’qnashganda u o’z energiyasidan ajralib qolishi mumkin , bunda atom pastki , kam energiyali holatga o’tadi , biroq nurlanish kvanti chiqarmaydi , uning uyg’onish energiyasini zarra olib ketadi . Bunday to’qnashuvlar ikkinchi tur to’qnashuvlar deb ataladi . Taqiqlangan chiziqlarda kvantlar shunday muhitda sochiladiki ularning zichligi metastabil holatni uyg’otish uchun yetarli , biroq ikkinchi tur to’qnashuvlar orasidagi vaqt atomni metastabil holatda bo’lishi vaqtidan katta bo’lganda taqiqlangan chiziq hosil bo’lishi mumkin .




Download 158.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling