Mustaqil ishi Mavzu: Urug`lanish va qo`sh urug`lanish jarayoni Bajardi: Abduvohidov Dilshod Tekshirdi: Isomov Eldor
Download 6.1 Kb.
|
Презентация2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gulning tashkiliy qismlari
- E.Strasburger (Strasburger, 1886
Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali Agrobiologiya fakulteti Mevachilik va uzumchilik yo`nalishi talabasi Abduvohidov Dilshodning Botanika fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi Mavzu: Urug`lanish va qo`sh urug`lanish jarayoni Bajardi: Abduvohidov Dilshod Tekshirdi: Isomov Eldor Reja:
1.Gul bandi 2.Gul o`rni 3.Gulkosachabarg 4. Gultojibarg 5. Chang ipi 6. Changdon 7.Tuguncha 8. Ustuncha 9.Tumshuqcha Gulning tashkiliy qismlari Urug‘lanish jarayoni, gulli o‘simliklarda murakkab jarayonlar qatoriga kirib changlanish jarayonidan keyin ro‘y beradi. Otalanish jarayoni erkak vaurg‘ochi gametalarining bir biri bilan qo‘shilishi asosida zigotani hosil qilish bilan tugallanadi. Changning unishi otalanishgacha bo‘lgan muhim jarayon hisoblanadi. Urug‘chi tumshuqchasi changni qabul qilishga tayyorlanib o‘zidan maxsus suyuqlik ajratib chiqaradi. Bu yopishqoq suyuqlik changni faqat tutib qolmasdan chang unishini tezlashtirib, uni namlab unishga majbur qiladi. Ekzina qavatidan chang ichiga kirgan namlik intinani tumshuqchadan urug‘chi trubkasiga o‘sib kiritadi.Chang trubkasida harakatlanayotgan generativ hujayra 2 ta spermiya hosil qiladi. Chang nayining uzunligi ayrim o‘simliklarda 25 - 35 sm tashkil qilsa, ayrim o‘simliklarda 1 smgacha bo‘ladi. Chang nayining o‘sish tezligi har xildir. Masalan: makkajo‘xorida 6,25 mm/s, gulsafsarda 4 mm/s, qoqio‘tda esa 35 mm/s. Changlanish jarayonida onalik tugunchasiga ba’zan 1 ta, ba’zan cheksiz miqdorda chang o‘sib kiradi. Agar gul 1 ta urug‘ kurtak hosil qilsa 1 ta chang, ko‘p urug‘ kurtak hosil qilsa ko‘p chang o‘sib kiradi. Gibridlash -deb turli tur, navdagi o‘simliklarni chatishtirish asosida olingan naslga aytiladi. Gibrid urug‘dan o‘stirilgan o‘simliklar gibrid o‘simlik deyiladi. Gibrid o‘simliklarni tabiiy va sun’iy yo‘l bilan hosil qilishi mumkin. Tabiiy gibridlash o‘simliklarning tabiiy chatishishi asosida ro‘y bersa, sun’iy chatishtirish inson faoliyati ishtirokida amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda sun’iy chatishtirish asosida 100 lab madaniy o‘simliklar yaratilgan. Urug‘ kurtakka yetib kelgan chang nayi urug‘kutrak qopchasida yorilib 2 ta sperma hosil qiladi. Bu spermaning bittasi tuxum hujayrani otalantirsa, ikkinchisi markaziy hujayrani otalantirardi. Bu hodisa bir vaqtning o‘zida parallel ro‘y beradi. Shuning uchun bu jarayon qo‘sh urug‘lanish jarayoni deyiladi. Bu jarayon yopiq urug‘li o‘simliklar uchun xos bo‘lib boshqa o‘simliklarda kuzatilmaydi. Gulli o'simliklarda qo'sh urug'lanish hodisasini 1898 yil akademik S.G Navashin kashft etgan . Bunda otalik va onalik gametofitlarining tuzilishi hamda uruglanish jarayonini organishga bagishlangan bir qator tadqiqotlar sabab bolgan. Birinchi marta ochiq urugli osimliklarda sodir boladigan uruglanish jarayoni E.Strasburger (Strasburger, 1886) tomonidan tavsiflangan. U spermiy chang nayidan onalik gametofitiga otayotganda erib ketadi, shundan song ulardan bittasi tuxum hujayraning yadrosi bilan qoshiladi degan xulosaga keladi. Liliyadoshlar oilasining turkum osimliklarida murtak xaltadagi tuxum hujayrani uruglanishidan tashqari yana bitta uruglanish roy berishida urugchi tomonidan markaziy yadro, otalik gametofit tomonidan ikkinchi spermiy ishtirok etishi malum boldi. Bu hodisa bitta spermiy tuxum hujayraning yadrosi bilan, ikkinchi spermiy markaziy yadro bilan qoshilishi qoshuruglanish nomini oldi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.S Tursunboyeva Botanika asoslari; 2.Musayev Genetika asoslari; 3.Biologiya onlayn maktab. 4.Fayylar.org Download 6.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling