Mustaqil ishi mavzu: Yer rusumidagi planetalar. Merkuriy va Venera. Gigant planetalar ularning yo’ldoshlari va halqalari. Tekshirdi
Neptun (qalam uchida topilgan sayyora)
Download 48.58 Kb.
|
Fizika
Neptun (qalam uchida topilgan sayyora). 1820 yilga qadar Quyosh sistemasi asosan quyidagi sayyoralar Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn va Uran hamda ularning yo‘ldoshlaridan tashkil topgan deb qaralardi. 1820 yili parijlik astronom A.Buvar, Yupiter, Saturn va Uranlarning koordinatalari jadvalini juda katta aniqlik bilan hisobladi. Biroq o‘n yil o‘tgach, Uran oldindan hisoblangan o‘z o‘rnidan 200 sekundli yoyga ilgarilab ketdi. Yana o‘n yil o‘tgach, ilgarilash 90 sekundga, 1846 yilga kelib esa, 128 sekundga etdi. Astronomlar, Uranning harakatidagi bu chetlashish, uning orbitasidan tashqaridagi boshqa planetaning ta’siri tufayli degan qarorga keldilar.Bunday murakkab matematik masalani hal qilish uchun bir vaqtda, bir-birlaridan bexabar holda, ikki astronom «belbog‘ladi». Bulardan biri fransuz matematigi U.Levere, ikkinchisi esa yosh ingliz astronomi Dj.Adams edi. 1846 yili matematik hisobdan planetaning o‘rni aniqlangach, U.Levere teleskopik yulduzlarning to‘la xaritasi bor bo‘lgan Berlin observatoriyasiga murojaat qiladi. 1846 yil 23 sentyabrida bu observatoriyaning astronomi-professor M.Galle planetani Levere aytgan joydan atigi bir gradus naridan topdi. Planeta, dengiz va okeanlar xudosi Neptunning nomi bilan ataldi.
1795 yili Neptunning ochilishidan ancha ilgari (8 va 10 mayda) uni astronom Laland kuzatgan. Biroq o‘shanda u planetani xira bir yulduz deb o‘ylab, bu ikki kunda olingan foto plastinkalarda kuzatilgan sayyora siljishini o‘lchashning xatoligidan deb tushundi. Agar o‘shanda Laland xulosa qilishga shoshilmay, bir-ikki kun bu «xira yulduzcha» ni e’tibor bilan kuzatganda edi, u Neptunni Levere va Galledan yarim asr oldin topgan bo‘lardi.Neptun Urandan birozgina kichik bo‘lib, uning diametri 50 ming kilometrdir. Zichligi 1 kub santimetrida 1,6 gramm. Quyoshdan o‘rtacha uzoqligi 30,1 astronomik birlik. Massasi Ernikidan 17,2 marta katta. Planetaning orbital tezligi sekundiga 5,5 kilometr bo‘lib, Quyosh atrofida aylanish davri 164 yil-u 280 kun. O‘z o‘qi atrofida Neptun 15,8 soatda bir marta aylanib chiqadi.Spektroskopik kuzatishlar, Neptunda vodorod va metan borligini ma’lum qildi. Planeta zichligini Yupiter va Saturn zichligidan ortiqligi, uning tarkibida og‘irroq elementlar ko‘proq degan xulosa olib keladi. Shu bilan mstaqil ish mavzusini tugatamiz E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT Download 48.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling