Mustaqil ishi mavzu: Yer rusumidagi planetalar. Merkuriy va Venera. Gigant planetalar ularning yo’ldoshlari va halqalari. Tekshirdi


Download 48.58 Kb.
bet5/6
Sana15.06.2023
Hajmi48.58 Kb.
#1477170
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Fizika

Yupiter (Mushtariy). Quyosh sistemasining planetalari ichida eng yirik hisoblangan Yupiter, tabiati va tuzilishiga ko‘ra, jumboqlarga boyligi bilan astronomlar diqqatini o‘ziga jalb etadi. Yupiterning o‘rtacha radiusi, Yer radiusidan qariyb 11 marta katta bo‘lib, 69 ming 150 kilometrni tashkil qiladi. Bu gigant planeta 778 million kilometr masofada Quyosh atrofida aylanadi. Planetaning Quyosh atrofida aylanish tezligi sekundiga 13 kilometr bo‘lib, 12 yilda bir marta to‘la aylanib chiqadi. Boshqacha aytganda, Yerdagi 60 yoshli odam Yupiter yili bilan endi 5 yoshga to‘lgan bo‘lur edi. Qizig‘i shundaki, Yupiterning o‘z o‘qi atrofida aylanishi, Yer tipidagi planeta aylanishlaridan farq qilib, ekvator qismi tezroq-9 soatu 50,5 minutli, o‘rta kenglamalari esa sekinroq-9 soatu 56 minutli davr bilan aylanadi. Planetaning turli kenglamalari turlicha burchak tezlik bilan aylanishlariga sabab, u tuzilishiga ko‘ra qattiq bo‘lmay, gaz-suyuq holatidagi osmon jismi ekanligidadir. Buning ustiga, uning ko‘ringan sirti atmosferasida “suzib yuruvchi” bulutlardan tashkil topgan.
Saturn (Zuhal). Planeta qadimgi rimning vaqt va taqdir xudosi - Saturn nomi atalgan. Bu planeta arablarda Saturn, greklarda Kronos nomi bilan yuritilgan bo‘lib, Quyosh sistemasining qurollanmagan ko‘z bilan ko‘rish mumkin bo‘lgan oxirgi planetasidir. Shuning uchun ham, qadimda uzoq yillar Saturnning orbitasi Quyosh sistemasining chegarasi deb ta’kidlangan. Saturn kattaligi jihatidan faqat Yupiterdan keyin turadi, uning diametri 120 ming 800 kilometr. Quyoshdan o‘rtacha uzoqligi 9,5 astronomik birlik, ya’ni Quyoshdan 1 milliard 427 million kilometr narida yotadi. Massasi Ernikidan 95 marta ortiq. Zichligi 0,7 g/sm3. Uning sirtida erkin tushuv tezlanishi 11 m/s2ga teng.
Orbitasi bo‘ylab halqali bu sayyora sekundiga 9,6 kilometrli tezlik bilan uchib, 29 yilu 5 oy 16 kun deganda Quyosh atrofini bir marta to‘la aylanib chiqadi. Saturnning o‘z o‘qi atrofida aylanishi, Yupiterniki kabi turli kengliklarda turlichadir. Ekvator zonasining aylanish davri 10 soatu 14 minut bo‘lgani holda, qutbga yaqin rayonlari 10 soatu 28 minutli davr bilan aylanadi.
Planetaning ekvator tekisligi, uning orbita tekisligiga 26 gradus 45 minutli burchakka og‘ishgan. Saturn, atrofida eni 60 ming kilometrgacha, qalinligi 10-15 kilometrgacha etadigan halqasi borligi bilan boshqa planetalardan keskin farq qiladi. Garchi bu halqa, dastlab 1610 yili Paduya (Italiya) universitetining professori G.Galiley tomonidan kuzatilgan bo‘lsa-da, olim halqaning haqiqiy shaklini belgilab bera olmadi. Buning sabablaridan biri, Galileyning «qo‘lbola» teleskopida yasalgan tasvirning sifatsizligi bo‘lsa, ikkinchisi-o‘sha davrda planeta Erga «yonbosh» turgani tufayli uning halqasi kuzatuvchiga qirrasi bilan ko‘rilganligida edi. Saturining bu xilda «yonbosh» turishi, Quyosh atrofini bir marta to‘la aylanib chiqishi davomida Erda ikki marta kuzatiladi.
Saturn atrofida halqaning kuzatilishi juda ko‘pchilik olimlarning e’tiborini o‘ziga tortdi. Gap shundaki, to bunga qadar bironta ham sayyoraning atrofida halqa kuzatilmagan edi. Shu sababdan Saturn halqasining tabiatini o‘rganish uchun talay astronomlar birdaniga kirishdilar. Italiyalik Djovani Kassini, ingliz Robert Guk, nemis Iogani Enke, amerikalik Djorj Bond va rus Sofya Kovalevskayalar shular jumlasidan edi.
1750 yilda Saturnning halqasi haqida Tomas Rayt shunday yozgan edi. «Agar biz Saturnni etarli darajada quvvatli teleskopda kuzatsak edi, u holda halqa, biz yo‘ldoshlar deb ataydigan jismlardan ancha pastda yotuvchi cheksiz ko‘p mayda sayyoralardan iboratligini ko‘rar edik». Keyingi tadqiqotlar halqa haqidagi Tomas, raytning bu bashorati haq ekanligini tasdiqladi. 1857 yili mashhur ingliz fizigi Djeyms Klerk Maksvell Saturnning halqasi monolit bulmay, qattiq zarrachalarning tangasimon uyushmasi ekanligini nazariy yo‘l bilan isbotladi. Ko‘p o‘tmay, Maksvellning aytganlari, mashhur rus astrofizigi A.A.Belopolskiy va amerikalik Dj.E.Klerk tomonidan o‘tkazilgan eksperimentlar asosida quvvatlandi. Biroq, 1934 yilda G.A.Shayn o‘zining Semeiz observatoriyasidagi (Qrim) qator nozik kuzatishlari asosida sayyora halqasi changdan tashkil topgan degan fikrga qarshi chiqdi.
Uran. Uran planetasi, aslida muzikachi, keyinchalik mashhur astronom darajasiga ko‘tarilgan V.Gershel tomonidan 1781 yili tasodifan topildi. Ma’lum bo‘lishicha, planeta ochilgunga qadar, qariyb yuz yilcha ilgaridan kuzatilib kelingan ekan. Biroq astronom unga har doim xira bir yulduz deb qarab, ortiqcha e’tibor bermagan ekanlar. Planeta orbitasini birinchi bo‘lib Peterburg akademigi A.I.Leksel hisobladi.
Uranning diametri 51 ming 200 kilometr. Massasi Ernikidan 14,6 marta kattalik qiladi, o‘rtacha zichligi 1,27 g/sm3. Bu sayyora Quyoshdan o‘rtacha 19,2 astronomik birlik masofada uning atrofida aylanadi. Planeta diski (gardishi)ni ko‘rish uchun, uni kam deganda, 100 martacha kattalashtiruvchi teleskopda kuzatish zarur bo‘ladi.
Uranning orbital tezligi sekundiga 0,8 kilometrni tashkil qiladi va Quyosh atrofida 84 yilda bir marta aylanib chiqadi. Biroq, u o‘z o‘qi atrofida nisbatan tez aylanadi. Sutkasining uzunligi 16 soatu 24 minutni tashkil etadi.
Hozircha Uran atrofida halqa kanday paydo bo‘lganiga olimlar javob topa olganlaricha yo‘q.
Planetaning ekvatori, orbitasi tekisligiga 97055' burchak ostida yotib, uning aylanish yo‘nalishi, Veneraniki kabi, barcha boshqa planetalarning aylanish yo‘nalishiga qarama-qarshi bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, planetada yil fasllarining va kecha-kunduzning almashinuvlariga qiziq bir tus beradi. Jumladan Uranning qutblarida 21 yil davomida Quyosh doimo gorizontdan ko‘tarilib boradi. So‘ngra shuncha vaqt tushadi. Binobarin, qutblarda bir kecha-kunduz 84 yil, 300 li kenglamasida 28 yil, 600 li kenglamasida esa 56 yil davom etadi. Sayyoraning ma’lum bir yarim sharida yoz ham bir necha yil davom etadi, biroq Quyoshning tafti ungacha yaxshi etib bormaydi, chunki Uran osmonida Quyosh gardishi, atigi 2' yaqin burchak ostida ko‘rinadi xolos. Uran sirtini radio nurlar asosida o‘lchashlar, uning o‘rtacha temperaturasi, Selsiy shkalasida, minus 200 gradus ekanligini ma’lum qildi.Uran asosan vodorod va geliydan tashkil topgan bo‘lib, unda qisman metan ham borligi aniqlangan.

Download 48.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling