Mustaqil Ishi Mavzu: Zamonaviy axloqiy tarbiyada kosmopolitizmga moillik


Tibbiy va ekologik tarbiyaning axloqiy asoslari


Download 42.05 Kb.
bet4/8
Sana02.06.2024
Hajmi42.05 Kb.
#1840261
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
dilshod falsafa

Tibbiy va ekologik tarbiyaning axloqiy asoslari.
Tibbiy tarbiya har doim ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masalalardan bolib kelgan. Chunki u inson mavjudligining shartlaridan biri jismoniy soglomligi bilan bevosita bogliqdir. Shuning uchun qadimdan ham insonning jismoniy jihatdan sog‘lig‘i, mehnat, tozalik, ozodalik bilan bogliqlikda qaralgan. Bu xususda bebaho qadriyatlarimizdan biri «Avesto» kitobida ham to‘xtalib o‘tilgan. Ya’ni naslning, zurriyodning soglom bolishi borasida bundan 3000 yil ilgari ajdodlarimiz qayg‘urishgan. Fan-texnika taraqqiyoti, aholi sonining ortib borishi, jamiyatning tabiatga ta’sirini kuchaytirib, ekologik vaziyatni murakkablashtirmoqda. Shunga ko‘ra, ekologik muvozanatni barqarorlashtirish hozirgi davrning eng muhim muammolaridan biriga aylandi. Zero., tabiat insoniyat uchun bebaho qadriyatdir. Inson tabiat bilan birga yashaydi. U tabiatga ta’sir etibgina qolmasdan, unga bogliq hamdir. Ana shu holat kishilarning atrof-muhitga, tabiatga bolgan munosabatlarini muvofiqlashtirishni taqozo etadi. Bugungi kunda fan-texnika jadal sur’atlar bilan rivojlanib, inson va tabiat o‘rtasidagi tabiiy muvozanat buzilayotganligi oqibatida atrof-muhitga katta ziyon yetkazilmoqda. Ona tabiatga istiqbolni ko‘zlab munosabatda bolish, kelajak avlodga uni go‘zal va tabiiyligicha qoldirish — bugungi kunning muhim vazifasi. Markaziy Osiyo hududidagi xalqlar, shu jumladan, o‘zbek xalqi orasida avloddan avlodga o‘tib kelgan bir qoida mavjud. Bu har qanday sharoitda ham: eng kam miqdorda xomashyo, vaqt hamda kuch sarflab, ko‘proq mahsulot olish qoidasidir. Buning tejamkorlik, ekologik jihati xalq orasida «uvol» degan so‘zning juda keng tarqalganligi va unga amal qilinishidan iborat. Insonning har qanday ekologik faoliyati o‘zini va o‘zi yashayotgan tabiiy-ijtimoiy muhitni axloqiy hamda estetik o’zlashtirish jarayonidir. Shu jumladan, ekologik madaniyatni yuksaltirish insonning tabiatni maqsadga muvofiq axloqiy hamda estetik o‘zlashtirishdan iborat maxsus faoliyatidir
Sog‘lom turmush tarzining barkamol avlod axloqiy tarbiyasidagi ahamiyati.
Jismonan sog‘, ma’nan barkamol, zararli ta’sirlardan, salbiy xislat, illatlardan xoli, toza, pok, soglom fikrli avlodni, soglom naslli, jismoniy baquvvat, ruhi tetik, flkri tiniq, iymone’tiqodli, ma’naviyatli, mard va jasur, vatanparvar shaxsni tarbiyalashda har bir jamiyat a’zosi olib borayotgan turmush tarzi juda katta rol o‘ynaydi. Soglom bolaning tugllishi, eng avvalo, ota-onaning sogliglga bogliq. Soglom oila bolmasa, barkamol avlod ham, istiqboli porloq millat ham bolmaydi. Shuning uchun ham mamlakatimizda bu masalaga nihoyatda katta e’tibor berib kelinmoqda. Inson uzoq umr ko‘rish va tinch hayot kechirish maqsadida soglom, tetik va baquvvat bolish, o‘z yoshligi, husni va ishchanlik qobiliyatini saqlashga harakat qiladi. Bunga erishishning asosiy omillaridan biri jismoniy harakatdir. Soglom turmush inson farovon hayot kechirayotganidan dalolat beruvchi omillardan biridir. Soglom turmush kechirish uchun organizmni tabiiy muhitning turli sharoitlariga chiniqtirish talab etiladi. Salomatlik insonning ruhiy osoyishtaligi va tashqi muhitning zararli ta’sirlariga qarshi tura olish qobiliyatidir. Organizmni chiniqtirish, jismoniy mashqlarni bajarish, sovuq suvda cho‘milish tashqi muhitning zararli ta’sirlariga organizmning qarshiligini kuchaytirish omillari hisoblanadi. Chiniqish - bu organizmni suv, quyosh va havo ta’sirida sekin-asta moslashtirib borish mexanizmidir.

Download 42.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling