Mustaqil Ishi Mavzu: Zamonaviy axloqiy tarbiyada kosmopolitizmga moillik
Zamonaviy axloqiy tarbiyada kosmopolitizn ga moyillik
Download 42.05 Kb.
|
dilshod falsafa
Zamonaviy axloqiy tarbiyada kosmopolitizn ga moyillik.
Hozirgi paytda globallashuv jarayoni hayotimizga tez sur’atlar bilan kelmoqda. Uning ijobiy tomonlari birinchi navbatda turli sohalarda 315 (jumladan, iqtisod, siyosat, madaniyat sohalarida) davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi integratsiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishiga xizmat kundan-kunga kengayib va rang baranglashib bormoqda. Shu bilan birga dunyoda barcha odamlar ham ezgu niyatlar bilan ish olib boradi, deyish qiyin. Ba’zilar buzg‘unchi kuchlar uchun jahonda yagona axborot maydonining vujudga kelishi ham bunda «ayni muddao» bo‘ldi. Ular zudlik bilan bu qudratli vositani ham o‘z qabih niyatlari yolida ishga solish harakatiga tushdilar. Taraqqiyotga tahdidning zamonaviy ko‘rinishlaridan biri bu «Ommaviy madaniyat» bolib, u o‘tgan asrning ikkinchi yarmida G'arbda «pop kultura» nomi bilan vujudga kelgan. Uning asosiy maqsadi insonning ma’naviy yuksalishiga to‘sqinlik qilish, milliy madaniyatlar chegarasini buzib, bir xillikni o‘rnatishdan iboratdir. U millat, ma’naviyat, qadriyat kabi tushunchalarni inson ongidan butunlay o‘chirib tashlab, manqurtga aylangan olomonni shakllantiradi. Bugungi kunda «ommaviy madaniyat» G ‘arb dunyosidagi madaniy hayotni izdan chiqarib, oila, nikoh, axloq bilan bogliq qadriyatlarga putur yetkazgan holda butun olamga giyohvandlik, gomoseksualizm, SPID, egoizm, sadizm kabi illatlarni tarqatmoqda. Bu kabi illatlarni o‘zida mujassam etgan «ommaviy madaniyat» gfoballashuv sharoitidagi axborotning shiddatli oqimidan foydalanib, milliy madaniyatlar qiyofasini o‘zgartirishga va xalqlar turmush tarzini yaqinlashuviga sabab bolmoqda. Bir so‘z bilan aytganda «ommaviy madaniyat» dunyoda bir xillikni shakllantirmoqda. Inson hayotida bir xillik zerikarli va mazmunsiz yashashga olib keladi. Globallashuvning eng dolzarb bolgan madaniyatlararo munosabatlardagi bu tendensiyalari bizning davrimizda ziddiyat ko‘rinishini kasb etmoqda. Ana shunday «madaniy qarash»lardan biri kosmopolitizm (yun. kosmorolites — dunyo, olam, dunyo fuqarosi) bolib, bu oqim tarafdorlari yagona dunyo, universalizm g‘oyasini ilgari suradilar. «Yagona dunyo erkin fuqarosi»ning bu g‘oyasi go‘yoki har qanday millat va mamlakat manfaatlaridan ustun turadi. Ularning qarashlariga ko‘ra hech qanday millat yoki mamlakat yo‘q, hamma bir xil dunyo xalqlaridir. Bu g‘oya ham «Ommaviy madaniyat»ning ko‘rinishlaridan biridir. 316 Milliy madaniyatimiz har doim tahdidlarga uchrab kelgan. XX asrgacha gegemonlikni istagan bosqinchi kuchlarning qarshiligiga uchrab kelgan bo‘lsa, endilikda mafkuraviy qurol birlamchi bo‘lgan global zamonamizda hudud tanlangan qator muammolar tahdid solmoqda. Bu muammolar madaniy chegaralarni buzib, milliy birliklarga ba’zan oshkora, ba’zan esa yashirin ravishda o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. «Ommaviy madaniyat» millat va xalq tanlamaydi. Shu bois ko‘p millatli 0 ‘zbekiston xalqi uning har qanday shakllariga yo‘l bermasdan yagona milliy mafkura atrofida birlashishi maqsadga muvofiqdir. Download 42.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling