1. Markariz osiyo haqida ma’lumot beruvchi manbalar O’rta Osiyo hududidagi qadimgi davlatlar
Download 37.76 Kb.
|
AVESTO MARKAZIY OSIYO TARIXIGA OID MUHUM MANBA SIFATIDA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
MAVZU:AVESTO MARKAZIY OSIYO TARIXIGA OID MUHUM MANBA SIFATIDA Reja: 1. Markariz osiyo haqida ma’lumot beruvchi manbalar 2. O’rta Osiyo hududidagi qadimgi davlatlar (mil.avv. IV asrdan milodning IV asrigacha) 3. “Avesto” – O’rta Osiyo tarixini o’rganish bo’yicha eng qadimgi yozma manba Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Tarixdan ma’lumki kishilik jamiyati o’z tarixining ko’proq qismini yozuvsiz o’tkazgan. U yozuvga yetib kelguncha uzoq yo’lni bosib o’tgan va nutqni yozib olish uchun bir necha ming yil ilgarigina belgilar qo’llanila boshlagan. Odamning tajribasi va bilimi orta borgani sari unda bilganlarini yodda tutish va boshqalarga zarurati tug’iladi. Zamonaviy til bilan aytganda, axborotni saqlash va uzatish muommosi kelib chiqadi. Bu muommolarning yechimi esa, albatta voqyealarni yozma ravishda saqlashdan iborat bo’ladi1. O’zbekiston hududi ham Eron, Hindiston, Mesopotamiya, Yunoniston, Rim, Misr va Xitoy singari mamlakatlar kabi ilk madaniyat o’choqlaridan hisoblanadi. Lekin uning qadimiy madaniyati haqida ma’lumotlar juda kam saqlanib qolgan. Biz yurtimizning faqat miloddan avvalgi VI asrlardan keyingi ijtimoiy-siyosiy hayoti haqida ma’lum darajada yozma ma’lumotlarga egamiz. Eron, Hindiston va ayniqsa, qadimgi Yunoniston va Rim manbalarida saqlangan ma’lumotlarga qaraganda, qadim zamonlarda hozirgi O’zbekiston hududida istiqomat qilgan saklar, massagetlar va boshqa qabilalar urug’chilik tuzumini boshdan kechirganlar, chorvachilik, qisman dehqonchilik hamda hunarmandchilik bilan shug’ullanganlar. Miloddan avvalgi VI asrda yurtimiz Ahamoniylar davlati (miloddan avvalgi 550 – 330 yillar) asoratiga tushib qoldi. Ana shu davrda bu yerda istiqomat qilgan xalqlar hayotida muhim ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Urug’ jamoalari orasida tabaqalanish boshlandi: yangidan paydo bo’lgan urug’ aslzodalari serunum yerlarni yegallab oldilar, qul mehnati hamda erkin jamoa a’zolari zulm qilish yo’li bilan boyib bordilar. Shu tariqa jamiyatning tabaqalanish jarayoni kuchaydi va quldorlik jamiyati paydo bo’ldi. Bu davrning o’ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, miloddan avvalgi VII asrda yurtimiz hududida, masalan Balx va Xorazmda otashparastlik –zardushtlik dini paydo bo’ldi va keng tarqaldi.Ahamoniylar va ularning mahalliy noiblari baribir aholini to’la itoatda tutib tura olmadilar. Xalqimizning chet el bosqinchilariga qarshi kurashi kuchaydi. Natijada miloddan avvalgi VI asr o’rtalariga kelib Xorazm mustaqillikni qo’lga kiritib oldi. Saklar va massagetlar ham o’z ozodligi uchun tinmay kurash olib bordilar. Saklar, massagetlar, toharlar va qadimgi Qanha xalqi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti haqidagi qimmatli ma’lumotlarni hindlarning epik dostoni “Mahabharata”da ham uchratamiz. “Mahabharata”(“Bharata avlodlari jangnomasi”) sanskrit tilida yozilgan bo’lib, 100 ming baytni o’z ichiga olgan 18 kitobdan iborat. Afsonaviy shoh Bharataning ikki toifa avlodlari kavravlar va nandavlarning o’zaro adovatlari va urushlari bayon etiladi. U miloddan avvalgi X-VIII asrlarda yaratilgan. Asarda masalan, uzoq Hindistonga, fikrimizcha savdo-sotiq ishlari bilan borgan saklar, toharlar va qanhalar haqida mana bu muhim ma’lumot keltirilgan: “Uning (podshoh Yudhishtraning) eshigi oldida boshqa xalqlar bilan birga saklar, toharlar va qanhaliklar ham navbat kutib turardilar. Paxmoq soqol, peshonalari shohlar bilan bezatilgan, qo’llarida turli-tuman sovg’alar, jun, rangu, ipak va patta (oq qayinning bir turi) daraxti tolasidan, shuningdek, kamyob matolardan, paxtadan to’qilgan gazlamalar, mayin, nafis terilar, uzun va o’tkir qilichlar, shamshirlar, temir nayzalar, har xil boltalar, ichimliklar, xushbo’y narsalar, turli-tuman qimmatbaho toshlar”2. O’zbekistonning qadimgi va antik davrdagi tarixini o’rganishda qadimgi Yunoniston va Rim tarixchilari hamda geograf olimlarining asarlari muhim manba bo’lib xizmat qiladi. Quyida ulardan ayrimlari haqida ma’lumotlarni keltiramiz. Geradot (miloddan avvalgi 490-480 yillar o’rtasi – 425 y.) – yirik qomusiy olim, tarix fanining “ota”si, asli Kichik Osiyoning Galikarnas shahridan, 455-447 yillari Yevropa, Osiyo va Misr bo’ylab sayohat qilgan. Geradot Ellada va Sharq mamlakatlari (Liviya, Misr, Assuriya, Vavilon, Eron va Skifiya)ning qadim zamonlardan to miloddan avvalgi 479 yilgacha bo’lgan ijtimoiy-siyosiy hayotidan hikoya qiluvchi 9 kitobdan iborat “Tarix” nomli asari bilan shuhrat topgan. Bu asar umumiy tarix yo’nalishida yozilgan birinchi kitob hisoblanadi. Shu tufayli ham Geradot, Siseronnning (miloddan avvalgi 106-43 yy.) so’zlari bilan aytganda, tarix fanining “ota”si hisoblanadi. Geradot garchi o’zi bayon etayotgan voqyealar ustida chuqur mulohaza yuritmasa ham, ularni to’g’ri bayon etishi, o’zga xalqlar va mamlakatlar tarixiga hurmat nuqtai nazaridan qarashi bilan ba’zi tarixchilardan ajralib turadi. Geradotning asarida O’zbekistonning qadimiy xalqlari bo’lmish agrippiylar, issedondar, massagetlar, daylar va saklar haqida, ularning turmushi, urf-odatlari hamda qo’shni mamlakatlar bilan aloqalari haqida qimmatli ma’lumotlarni uchratamiz. “Tarix”ning Shteyn tarafidan tayyorlangan tanqidiy matni 1869-1871 yillarda chop etilgan. Asar ingliz (Roulinson, London, 1856-1860 yy.) hamda rus (F.G. Mishchenko, Moskva, 1858-1860 yy.) tillariga tarjima qilingan. 1982 yilda asarning mamlakatimiz tarixiga oid qismlari zarur izohlar bilan A.I.Davatur, D.P.Kallistov hamda I.A.Shishova tomonidan yangidan nashr etilgan. Diodor (miloddan avvalgi 90-21-yillar) yirik tarixchi olim, asli Sisiliyaga qarashli Argiriya shahridan. U “Tarixiy kutubxona” nomli 40 kitobdan iborat asar yozib qoldirgan. Umumiy tarix yo’nalishida yozilgan bu asar asosan Yunoniston va Rimning qadim zamonlaridan to milodning 1 asr o’rtalarigacha bo’lgan tarixini o’z ichiga oladi. Unda Sharq xalqlari, shuningdek, O’zbekistonning qadimiy xalqlari skiflar, saklar, massagetlar, baqtriyaliklar, yurtimizning Eron bilan bo’lgan munosabatlari haqida qimmatli ma’lumotlar bor. Diodorning mazkur asari ko’p jihatlari bilan ko’chirma-kompilyasiya hisoblanadi. Muallif Efor, Polibiy asarlaridan keng foydalangan. Bundan tashqari, ko’p hollarda bayon etilayotgan voqyealar uzviy bog’lanmay qolgan. Shunga qaramay, bu asar dalillarga boy va katta ilmiy ahamiyatga egadir. Diodorning asari to’la holda bizning zamonamizgacha yetib kelmagan. Uning faqat 15 kitobi - qadimgi Sharq xalqlarining tarixi va afsonalari haqida hikoya qiluvchi 1-5- kitoblari, Yunoniston hamda Rimning Yunon-Eron urushlari(miloddan avvalgi 500-449 yy.)da to miloddan avvalgi 301 yilgacha bo’lgan tarixini o’z ichiga olgan 11-20- kitoblarigina saqlangan, xalos. Bu asar 1774-1775 yillari I.Alekseyev tomonidan olti qismda va 1874-1875 yillari F.G. Mishchenko tarafidan ikki qism qilib nashr etilgan. Download 37.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling