1. Markariz osiyo haqida ma’lumot beruvchi manbalar O’rta Osiyo hududidagi qadimgi davlatlar
Download 37.76 Kb.
|
AVESTO MARKAZIY OSIYO TARIXIGA OID MUHUM MANBA SIFATIDA
Strabon (miloddan avvalgi 63 – milodning 23 y.) qadimgi Yunonistonning atoqli geograf olimlaridan, asli amosiyalik (Pont podshohlarining qarorgohlaridan), nufuzli va badavlat oiladan chiqqan, mashhur yunon faylasufi Aristotelning (miloddan avvalgi 384-322-yy.) shogirdi, qariyb 80 yil umr ko’rgan.
Strabonni dunyoga tanitgan uning 17 kitobdan iborat “Geografiya” nomli asaridir. Asarning 1-2- kitoblari “Muqaddima” deb ataladi va unda geografiya ilmi va uning hokimlar, sarkardalar va savdogarlar faoliyatidagi o’rni va roli haqida gap boradi. Eratosfen, Poseydon va Polibiyning Yer tuzilishi haqidagi ta’limoti tanqid qilinadi, Yer yuzini tavsiflash haqida umumiy tushuncha bkriladi. 3-10- kitoblarida Yevropa mamlakatlarining tavsifiga, shundan 8-10- kitoblar Ellada va unga tutash mamlakatlarga bag’ishlangan. Asarda Osiyo mamlakatlariga katta o’rin berilib, ular to’g’risida 11-16 kitoblarda ma’lumot berilgan. 17 kitob Afrika mamlakatlariga bog’ishlangan. Strabon Polibiyning “Umimiy tarix”ini davom ettirib, unga miloddan avvalgi 146-31- yillar orasida bo’lib o’tgan voqyealarni qo’shgan. Afsuski, bu muhim asar bizning zamonimizgacha yetib kelmagan, lekin uning ayrim qismlari, xususan O’zbekiston tarixidan xabar beruvchi ayrim parchalar olimning “Geografiya” nomli asariga kirib qolib saqlangan. Strabonning “Geografiya”sida Girkaniya, Parfiya, Baqtriya va Marg’iyonaning tabiiy holati, shaharlari, qisman ularga borish yo’llari, Oxa (Harrirud), Oks va Yaksart daryolari haqida, O’zbekistonning qadimiy xalqlari – saklar, massagetlar, daylar, atasiyalar, toharlar hamda xorazmliklar va ularning kelib chiqishi, bu xalqlarning turmushi, urf-odati va e’tiqodi, shuningdek Parfiya va Baqtriyaning miloddan avvalgi III asrning birinchi choragidagi ichki ahvoli va o’zaro munosabatlari haqida muhim va qimmatli ma’lumotlar mavjud3. Strabonning ushbu asari 1844 va 1848 yillari Kramer va Myuller tarafidan, maxsus xarita va sharhlar bilan qo’shib nashr qilingan. Uning nemischa (Grosskurd, Berlin, 1831-1834) hamda ruscha (F.G.Mishchenko, Moskva, 1879, G.A.Stratanovich, Moskva, 1964) tarjimalari ham mavjud. Download 37.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling