Mustaqil Ishi Mavzu: Zamonaviy axloqiy tarbiyada kosmopolitizmga moillik


Muomala madaniyati va uning ijtimoiy-tarixiy ahamiyati


Download 42.05 Kb.
bet2/8
Sana02.06.2024
Hajmi42.05 Kb.
#1840261
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
dilshod falsafa

Muomala madaniyati va uning ijtimoiy-tarixiy ahamiyati.
Axloqiy madaniyatning muomala odobi, etiket, kasbiy odob kabi tarkibiy qismlari mavjud bolib inson hayoti, faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Muomala madaniyati axloqiy madaniyatning tarkibiy qismidir. «Muomala» iborasi ijtimoiy taraqqiyotning deyarli barcha sohalarida insonning kundalik faoliyatida hamda insonlararo munosabatlarga nisbatan bevosita yoki bilvosita qollaniladi. Muomala madaniyati keng ma’noda insonning butun hayoti va faoliyati davomida tarbiyalanadigan jarayon bolib, u oilada, jamiyatda, jamoada shakllanadi. Muomala madaniyati insonning ijodiy kuchi va aqliy qobiliyati, tafakkur salohiyati va dunyoqarashining muayyan darajasi hisoblanadi. Muomalaning «madaniyat» atamasi bilan bogliqligi ham uning ma’naviy hayot sohasiga daxldorligidadir. Muomala — bu insonlar o‘rtasidagi aloqalarning paydo bolishi va rivojlanishi hamda ularning hayot 309 faoliyatidagi ehtiyojning murakkab jarayoni bolib, o‘zga kishilar bilan ma’lumot almashish, ularni tushunish va idrok etishning hamkorlikdagi strategiyasidir. Muomala madaniyatida xushfe’llik, xushmuomalalik, hayoibolilik, beozorlik, shirinso‘zlik, ochiqko‘ngillik singari axloqiy me’yorlar muhim sanaladi. Muomala odobi boshqa kishilarning qadr-qimmatini, izzatini joyiga qo‘yish bolib, ko‘pchilik oldida bir kishiga aytiladigan gap boshqalarni noqulay ahvolga solib qo‘yadi. So‘zlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatini tashkil etadi.

Asosiy axloqiy qadriyatlar.
Qadriyatlar ijtimoiy xususiyatga ega bolib, kishilarning amaliy faoliyati jarayonida shakllanadi va rivojlanib boradi. Qadriyatlar kishilarning turli sohalardagi, avvalo, ishlab chiqarishi, mehnat sohasidagi faoliyati uchun foyda keltiradigan narsa va hodisalar majmuyi bilan bogliq holda yuzaga keladi. Axloqiy qadriyatlar esa har bir kishi, millat, elat, xalqning iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy-madaniy, kundalik maishiy turmush faoliyatida nisbatan turg‘un, barqarorlik kasb etib, o‘zligini bildirib, namoyon etib nihoyatda qadrlanadigan, ardoqlanadigan yuksak darajada shakllangan axloqiy sifat va fazilatlardan iborat. Axloqiy qadriyatlarga insonparvarlik, jamoatchilik, adolat, qonuniylik, vatanparvarlik, xushmuomalalik va odoblilik, oddiylik va kamtarlik, halollik va rostgo‘ylik, ochiq ko‘ngillik va mardlik, saxiylik va muruwatlilik, o‘zaro hurmat, do‘stona munosabat, samimiylik, sabr-qanoat, hayolilik va pokizalik, homiylik va saxovat, fidoyilik, sadoqat, mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, sihat-salomatlik, jasurlik va boshqalar kiradi. Axloqiy qadriyatlarni quyidagicha tasniflash mumkin: 1. Axloqiy qadriyatlarning mazmuniga ko'ra burch, or-nomus, vijdon, qadr-qimmat, sabr-qanoat, kamtarlik, sobitqadamlik, rostgo‘ylik va hokazolarga; shakliga ko‘ra esa ijobiy yoki salbiy, ya’ni yaxshilik va yomonlik, adolat va adolatsizlik, baxt va baxtsizlik, hayo va behayolik kabilarga ajratish mumkin. 2. Axloqiy qadriyatlarni amal qilish doirasiga ko‘ra: 310 — shaxsiy axloqiy qadriyatlar — kasbiy burchni bajarish, sevgisiga sadoqatli bo‘lish, halol rizq topish, so‘zining ustidan chiqish, oila sha’nini saqlash, haromdan hazar qilish; — milliy axloqiy qadriyatlar — mehmondo‘stlik, kattalarga nisbatan hurmat, saxovat, homiylik, ota-onani e’zozlash, bolajonlik va hokazolar; — mintaqaviy axloqiy qadriyatlar — do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, bag‘rikenglik, mehmondo‘stlik, o‘zaro hurmat va boshqalar; — umuminsoniy axloqiy qadriyatlar — insonparvarlik, adolatparvarlik, vatanparvarlik, o‘zaro hurmat, qonuniylik, jamoatchilik kabi turkumlarga bolish mumkin. 3. Axloqiy qadriyatlarni axloqning tarkibiy tuzilishiga ko‘ra: — axloqiy ongda barqaror shakllangan ma’naviy-axloqiy qadriyatlar: jamiyat tomonidan ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilayotgan kodekslar, normalar, tamoyillar, mafkuraviy g‘oyalar. Masalan, «Harbiy qasamyod», «Shifokor qasamyodi», «Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb odobnomasi» va h.k; — axloqiy amaliyotda bevosita qollaniladigan axloqiy qadriyatlar: yaxshilik yoki yomonlik, adolat yoki razolatdan iborat maqsadni ko'zlab, uni amalga oshirishning ixtiyoriylik yoki majburlash vositalarini qollab pirovard natijaga olib keluvchi qadriyatlar; — axloqiy munosabatlar tufayli zohir boladigan axloqiy qadriyatlar: burch, shartni bajarish, halollik, saxiylik, kamtarlik, uddaburonlik, tadbirkorlik, kelishuvchanlik, murosa va hokazolarga ajratish mumkin. Yangi axloqiy qadriyatlar yuzaga kelishi 0 ‘zbekistonda huquqiy demokratik davlatni qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirishda axloqiy qadriyatlar barcha fuqarolarni, millati, dini, tili, irqidan qat’i nazar o‘zbek xalqi o‘zining milliy axloqiy qadriyatlari - sabr-qanoat, jamoatchilik, o‘zaro yordam, saxovat, tinchlikni ardoqlash, shukronalik kabi axloqiy fazilatlarini namoyish qilish orqali tinch-totuv yashashga chorlaydi va uni ta’minlaydi. Qadriyatlar tizimida diniy qadriyatlar ham muhim o‘rin tutadi va ular axloq, axloqiy qadriyatlar bilan uzviy bogliq. Diniy qadriyatlarning mavjudligi diniy ta’limotlarga asoslansa-da uning 311 rivojlanishi jamiyat hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-axloqiy taraqqiyoti bilan mustahkam bog‘langan. Ular xalqimizning turmush tarzi va jamiyat hayoti uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mustaqillik yillarida buyuk bobokalonlarimizning ma’naviy merosini tadqiq etish, asarlarini nashr qilish, yubileylarini nishonlash mamlakatimizda odat tusiga kirib, millatimizning har tomonlama uyg‘onib, kamol topishiga keng imkoniyat yaratmoqda. Xususan, islom falsafasi asarlarini, diniy ulamo va allomalarning merosini nashr qilish, o‘rganish, targ‘ib etish xalqimizni islomiy qadriyatlardan bahramand qilishga katta yo‘l ochdi.

Download 42.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling