Mustaqil ishi pul tizimi, mazmuni, turlari va elementlari


Download 27.42 Kb.
bet2/2
Sana28.10.2023
Hajmi27.42 Kb.
#1731986
1   2
Bog'liq
Mustaqil ishi pul tizimi, mazmuni, turlari va elementlari

Kross-kurs – bu ikki valuta o‘rtasida uchinchi valutaga nisbatan aniqlanadigan kurslar nisbatidir. Masalan, O‘zbekiston Markaziy banki yapon iyeniga nisbatan kursini aniqlamoqchi deylik. Bu holda iyenning so‘mga nisbatan kursi dollarga asoslangan holda aniqlanadi. Misol tariqasida berilgan valuta kurslariga binoan 761,25 so‘m 1 dollarga teng. 1 yapon iyeni esa 6,4 so‘mga teng. Xo‘sh, yapon iyeni dollarda qanday aniqlanadi?
Kross-kurs = (1$ = 761,25 so‘m) / (1 yapon iyeni = 6,39 so‘m) = 119,1 yapon iyeniga teng.

Demak, 1 AQSh dollari 119,1 yapon iyeniga teng ekan. Aynan shu ko‘rsatkich kross-kurs ko‘rsatkichini o‘zida ifoda etadi.


Pul tizimi — muamlakatning pul belgilari, pul birliklari, pul emissiyasi qoidalari va muomalasi shakllari, mamlakatda milliy qonunchilik bilan joriy etilgan pul munosabatlari. Tarixan Pul tizimining metall pul muomalasi va pul belgilari (qogʻoz pullar) muomalasi koʻrinishlari bor. Oʻz navbatida metall pul muomalasi tizimi bimetallizm va monometallizmta boʻlinadi. Oʻzbekiston Respublikasining hozirgi Pul tizimi 1995-yil 21 dek.da qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida"gi konunga muvo-fiq tashkil etilgan. Rasmiy pul birligi soʻm. Soʻmning chet el valyutalariga nisbatan kursini OʻzR Markaziy banki belgilaydi va matbuotda eʼlon qiladi. Oʻzbekiston hududida nakd pullar (banknotlar va tangalar) ʻva naqd boʻlmagan pullar (kredit muassasalarida hisobvaraqlardagi mablagʻlar koʻrinishida) amal qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki nakd pullarni chiqarish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi xudu-dida muomalada boʻlishini tashkil etish va muomaladan chiqarish boʻyicha mutlaq huquqlarga ega.[
Pul tizimi bu mamlakatda tarixan tarkib topgan va milliy qonunchilik bilan

tasdiqlangan pul muomalasini tashkil qilish shaklidir. Pul tizimlari XVI-XVII

asrlarda ishlab chiqarishning kapitalistik usulining yuzaga kelishi va qaror topishi

munosabati bilan shakllangan, biroq shunday bo’lsa ham, uning ayrim elementlari

bundan oldinroq paydo bo’lgan. Tovar-pul munosabatlari va ishlab chiqarishning

kapitalistik usuli rivojlanishi bilan pul tizimida sezilarli o’zgarishlar yuz beradi.

Pul tizimi turlari pul qanday shaklda amal qilishiga bog’liq, ya’ni pul:

umumiy ekvivalent - tovar sifatida, yoki qiymat belgisi sifatida bo’lishiga qarab

quyidagicha pul tizimlar mavjud bo’lgan.

Metall pul muomalasi tizimlari va qog’oz va kredit pullar muomalasi

tizimlari.

Birinchi tizimda metall pul bevosita muomalada bo’ladi va pulning barcha

funktsiyalarni bajaradi, kredit pullar esa metallga almashinishi mumkin;

Kredit va qog’oz pullar muomalaga chiqib ketishi bilan qog’oz pullar

muomalasi tizimi yuzaga kelgan.

Mamlakatda umumiy ekvivalent sifatida qabul qilingan metallga va pul

muomalasi bazasiga qarab pul tizimi bimetalizm va monometalizm pul tizimlariga

bo’linadi.

Bimetalizm - pul tizimida umumiy ekvivalent rolini metall (ko’pincha oltin va

kumush) bajargan, bu tizimda ikkala metalldan ham tangalarning erkin muomalaga

chiqarilishi va ularning cheksiz almashishiga amal qilingan.

Parallel valyuta tizimida ikki metall qiymati stixiyali, metallning bozor

bahosiga munosib tarzda belgilangan. Bu pul tizimida davlat metallar orasidagi

mutanosiblikni o’rnatib qo’ygan. Oltin va kumush tangalarning chiqarilishi va

ularning aholi tomonidan qabul qilinishi ana shu mutanosiblikka muvofiq amalga

oshirilgan.

Bimetalizm XVI-XVII asrlarda keng tarqalgan bo’lib G’arbiy Evropaning

qator mamlakatlariga esa XIX asrgacha etib kelgan.

1865 yili Frantsiya, Belgiya, Shveytsariya va Italiya mamlakatlari

bimetalizmni xalqaro sulh - Lotin tanga Ittifoqi yordamida saqlab qolishga

urinishgan. Tuzilgan konventsiyada ikkala metalldan ham 5 frank va undan yuqori

qiymatli tangalarni chiqarish, oltin va kumush o’rtasida 1:15,5 qiymat

mutanosibligini o’rnatish shartlari ko’zda tutilgan.

Biroq bimetallik pul tizimining qo’llanilishi rivojlangan kapitalistik xo’jalik

ehtiyojlariga mos kelmasdi, chunki qiymat o’lchovi sifatida bir vaqtning o’zida ikki

metall - oltin va kumushning qo’llanilishi pulning ushbu funktsiyasi tabiatiga to’g’ri

kelmagan. Umumiy qiymat o’lchovi bo’lib faqat birgina tovar xizmat qilishi mumkin.

Bundan tashqari ikki metall orasidagi davlat tomonidan o’rnatiladigan nisbat ularning

bozor narxiga to’g’ri kelmas edi. XIX asr oxirida kumush ishlab chiqarishning

arzonlashishi va uning qadrini yo’qotishi natijasida oltin tangalar muomaladan

xazinaga keta boshladi. Bunda Kopernik-Greshemning qonuni yuzaga chiqqan, ya’ni

yomon pullar muomaladan yaxshilarini chiqarib tashlagan.

Kapitalizm taraqqiyoti mustahkam pul, yagona umumiy ekvivalent bo’lishni

talab qildi, shuning uchun bimetalizm o’z o’rnini monometalizmga bo’shatib berdi.

Monometalizm - bu pul tizimida yagona metall (oltin yoki kumush) umumiy

ekvivalent va pul muomalasining asosi bo’lib xizmat qiladi. Amal qilayotgan tanga

va boshqa qiymat belgilari qimmatbaho metallarga almashiniladi.

Kumush monometalizmi Rossiyada 1843-1852 yillarda, Gollandiyada - 1847-

1875 yy. da mavjud bo’lgan.

Chor Rossiyasida kumush monometalizmi tizimi 1839-1843 yillarda

o’tkazilgan pul islohoti natijasida qabul qilingan. Pul birligi kumush rubli bo’lgan.

Keyichalik muomalaga kredit biletlari ham chiqarilgan, ular kumush tanga bilan teng

muomalada qatnashgan va erkin tarzda metallga almashtirilgan. Lekin bu islohot

so’nayotgan krepostnoylik tizimi davlat byudjeti va tashqi savdo balansi taqchilligi

sharoitida pul muomalasini uzoqroq muddatga tartibga sola olmagan. 1853-1856

yillardagi Qrim urushi ko’p miqdorda qo’shimcha kredit pullar emissiyasini talab

qildi va amalda ular qog’oz pulga aylanib qoldi.

Ilk bor oltin monometalizmi (standart) pul tizimi sifatida Buyuk Britaniyada

XVIII asr oxirida qaror topgan va qonun bilan 1816 yilda tasdiqlangan. Ko’pchilik

boshqa davlatlarda u XIX asrning oxirlarida joriy qilingan: Germaniyada - 1871-1873

yilda, Shvetsiya, Norvegiya, Daniyada - 1873 yilda, Frantsiyada - 1876-1878 yilda,

Avstriyada - 1892 yilda, Rossiya va Yaponiyada - 1897 yilda, AQSh da - 1900 yilda.

Qiymat belgilarining oltinga almashinishiga qarab oltin monometalizmi uch

ko’rinishga ajratiladi: oltin tanga standarti (zolotomonetniy standart), olting’isht

(zolotoslitkoviy) standarti, va oltin valyuta (zolotovalyutniy ili zolotodevizniy)

standarti.

Oltin tanga standarti kapitalizmning erkin raqobatiga juda mos kelgan, ishlab

chiqarish, kredit tizimi, jahon savdo kapitali kelib chiqishining rivojlanishiga yordam

bergan. Bu standart quyidagi asosiy xususiyatlar bilan xarakterlanadi:

Mamlakat ichki muomalasida to’laqonli oltin tanga mavjud bo’ladi, oltin

pulning barcha funktsiyalarni bajaradi;

Xususiy shaxslarga tangalarni erkin zarb qilishga ruxsat etiladi (ko’pincha

mamlakat zarbxonasida);

Muomaladagi to’la qiymatli bo’lmagan pullar (banknota, kredit pullar) erkin

va cheksiz tarzda oltin pullarga almashiniladi;

Oltin va chet el valyutasini erkin tarzda olib chiqish va olib kirishga hamda

erkin oltin bozorlarining amal qilishiga yo’l qo’yiladi.

Oltin tanga standartining amal qilishi Markaziy emissiya banklarida oltin

zaxiralari bo’lishini talab qilgan. Bular tanga muomalasining rezervi bo’lib xizmat

qilgan, banknotalarning oltinga almashinishi ta’minlangan va jahon pullari rezervi

bo’lgan.

Birinchi jahon urushi davrida byudjet taqchilligining o’sishi, uning zayomlar

chiqarish va tabora o’sib borayotgan pul emissiyasi bilan qoplanishi muomalada pul

hajmining ortib ketishiga olib kelgan. Bu pul massasi emissiya hajmi va banklarning

oltin zaxiralaridan anchagina ustun edi. Bu hol esa qog’oz pullarning oltin tangalarga

erkin almashinishini xavf ostiga qo’ydi. Bu davrda oltin tanga standarti urushda

qatnashgan davlatlarda, keyinchalik esa ko’pchilik boshqa mamlakatlarda ham

(AQSh dan tashqari, unda 1933 y. gacha bu tizim amal qilgan) hayot davrini o’tab

bo’ladi: banknotalarning oltinga almashtirishi tugatildi, uni chegaradan olib chiqish

man qilindi, hamma oltin tangalar xazinaga qaytarildi. Birinchi jahon urushi

tugagandan so’ng kapitalizmning umumiy inqirozi sharoitida hech qanday

kapitalistik mamlakat o’z valyutasini barqarorlashtirishni oltin tanga standartiga

qaytish asosida amalga oshira olmadi. Oltin qolip standartida, oltin tanga standartidan

farqli o’laroq, muomalada oltin tanga va uning erkin zarb etilishi ko’zda tutilmaydi.

Banknota va boshqa to’la qiymatga ega bo’lmagan pullar oltin quyilmalarga

almashiniladi. Angliyada standart 12,4 kg oltin quyilmasi 1700 f. st., Frantsiyada esa

12,7 kg oltin quyilmasi 215 ming frankka tenglashtirilgan.

Avstriya, Germaniya, Daniya, Norvegiya va boshqa mamlakatlarda oltin

deviz standarti o’rnatilgan, bunda ham oltin tangalar muomalasi va erkin zarb etilishi

ko’zda tutilmaydi. To’la qiymati bo’lmagan pullarni oltinga almashish oltin ko’yilma



standarti bo’lgan davlat valyutasiga almashish orqali amalga oshirilgan. Bu yo’l bilan

oltin valyuta standarti o’rnatilgan davlat pul birligini oltin bilan bilvosita aloqasi
Download 27.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling