Mustaqil ishi somoniylar davlatida soliq munosabati tizimi


Davlat tizimi va boshqaruvi


Download 96.5 Kb.
bet2/8
Sana29.01.2023
Hajmi96.5 Kb.
#1139781
1   2   3   4   5   6   7   8
Davlat tizimi va boshqaruvi. Somoniylar Movarounnahr va Xurosonda mustaqil davlat tuzish uchun avvalambor, kuchli markazlashgan hokimiyat tuzish kerakligini yaxshi tushunishgan. Bu ayniqsa Ismoil Somoniy davrida kunning dolzarb masalasiga aylangan edi. Yirik yer egasi bo‘lgan Ismoil birinchi navbatda mahalliy zodagonlar va savdogarlarning manfaatlarini ko‘zlab ish tutdi. Davlatning iqtisodiy kuch qudratini oshirish, qishloq xo‘jaligini, hunarmandchilikni va savdoni rivojlanishi uchun keng shart-sharoitlar tug‘dirib berish lozim edi. Shu maqsadda Ismoil katta va yaxshi qurollangan, saralangan qurolli kuchlarni tashkil qilishga kirishdi. U ayniqsa, turk g‘ulomlaridan iborat qismlarni tuzishga katta e’tibor berdi. Natijada Somoniylar davlati tez orada musulmon Sharqidagi markazlashgan kuchli davlatga aylandi. Mamlakatning qudratini mustahkamlash maqsadida Ismoil Somoniy bir qancha islohatlar o‘tkazdi. Mana shunday islohatlardan biri davlatni boshqarish ma’muriyatini joriy qilish bo‘ldi. Bu ma’muriyat dargoh – amir saroyi va devon – davlat idorasi, vazirliklardan iborat bo‘lgan.
Davlatni boshqaruvchi oliy hukmdor amir unvoniga ega edi. Ismoil Somoniy o‘z davrida markazlashgan davlat boshqaruvi tizimini joriy etgan edi. Somoniylar davlati majmuini mustahkamlashda Nuh II Somoniyning ma’rifatli vazirlari Abuabdullo Muhammad Jayhoniy va Abufazl Muhammad Balamiylarning xizmatlari katta bo‘lgan. Somoniylar hukmronligi davrida bosh vazir lavozimiga asosan shu ikki sulola vakillari tayinlangan. Davlat majmui dargoh (amir saroyi) va devonga (vazirliklar, davlat idorasi) bo‘lingan.
Saroyda siyosiy hokimiyat sohibi xoras qo‘l ostida bo‘lib, u oliy hukmdor farmonlari ijrosini nazorat qilgan. Dargoh hamda boshqa muhim davlat idoralarining xavfsizligini amalga oshirish xizmatini bosh hojib va uning xodimlari olib borgan. Saroyda sharbatdorlar, dasturxonchilar, tashtadorlar, ot boqarlar, xo‘jalik bekalari kabi turli xizmatchilar bo‘lgan. Saroydagi barcha xo‘jalik ishlarini vakil boshqargan. Vakil saroydagi eng e’tiborli kishilardan biri hisoblangan. Narshaxiyning ma’lumot berishicha, Nasr II Somoniy davrida Buxoro registonida davlatdagi 10 ta devonga atab maxsus 10 ta bino qurilgan. Davlatda quyidagi devonlar faoliyat ko‘rsatgan:

Download 96.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling