Mustaqil ishi sport menejmentining boshqaruv prinsipi


Download 353.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana20.11.2023
Hajmi353.9 Kb.
#1788953
  1   2
Bog'liq
22-24 A guruh 2 kurs talabasi N. Mirqodirov Jismoniy tarbiya va sport menejmenti



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY TA’LIM,FAN VA 
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
 
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI 
BO’LIMI 
Jismoniy madaniyat yo’nalishi S 22-24 A 
guruh 2 kurs talabasi 
Mirqodirov Nozimjon 
Jismoniy tarbiya va sport menejmenti
fanidan 
MUSTAQIL ISHI 
 


 
SPORT MENEJMENTINING BOSHQARUV PRINSIPI 
Reja:
1. Jismoniy tarbiya va sport menejmentining boshqaruv prinsipilari tushunchasi va
mohiyati.
2 Jismoniy tarbiya va sport menejmentining funksiyalari. 
3.Jismoniy tarbiya va sport menejmentida boshqaruv mexanizmi sxemasi.


Prinsip tushunchasi lotincha «pricium» so‘zidan olingan bo’lib, «boshlanish», 
«asos» degan ma’noni bildiradi. Hozirgacha bu so‘zning ma’nosi har xil talqin qilib 
kelinmoqda, jumladan, ba’zi manbalarda asosiy yoki qandaydir nazariya va fanning 
boshlanish nuqtasi sifatida ma’no berilyapti, boshqa manbalarda esa, xodimlar 
xulqining boshlangich yoki asosiy qoidasi sifatida va guruh a’zolarining o‘zaro 
munosabatlariga qo‘yilgan asosiy talab sifatida ifodalangan. Demak, prinsip - bu 
faoliyat yuritish, boshqaruvning asosiy qoidasi, yetakchi g‘oyadir. Ilmiy 
adabiyotlarda odatda boshqaruv prinsiplari deganda iqtisodiyotga rahbarlik qilishda 
asoslaniladigan asosiy qoida, yo’l-yo‘riq, xulq me’yorlari tushuniladi. Boshqaruv 
prinsiplari iqtisodiyot qonunlari ta’siri natijasida boshqaruv usullariga bog’liq 
hodisalar mohiyatini aks ettiradi. Jismoniy tarbiya va sport menejmentida boshqaruv 
mexanizmi sxemasini quyidagicha ifodalash mumkin: prinsiplar— ► usullar— ► 
uslublar---- ► hodisalar.
Jismoniy tarbiya va sport menejmentining boshqaruv prinsiplari o‘zaro bog‘liq va 
birgalikda qo‘llanilishi lozim. O’zbekistonda menejment prinsiplari yurtimizdagi 
barcha sohalarda, jumladan, jismoniy tarbiya va sport sohalarida amalga 
oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tub o‘zgarishlarni aks ettiradi.
Ular davlat tizimi, mulkchilik formalari, infrastruktura, huquqiy normalarni aks 
ettirgan holda ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishga egadir. Menejmentda, xususan 
jismoniy tarbiya va sport menejmentida rahbarlar o‘zlarining amaliy faoliyatlarida 
umumiy prinsiplardan ko‘p foydalanadilar. Menejment prinsiplari rahbarlar 
o‘zlarining boshqaruv faoliyatlari va xo‘jalik masalalarini yechishlarida 
foydalaniladigan asosiy qoida va yo‘riqnomalar majmuasidan iboratdir.
Menejmentda mavjud har bir prinsipning nazariy asoslarini birma-bir o‘rganib, 
ulardan alohida foydalanish mumkin, lekin amalda ular yagona, butun bir majmua 
sifatida qo‘llanilib va rivojlanib boryapti. Jismoniy tarbiya va sport menejmenti 
prinsiplarining majmuasi jismoniy tarbiya va sport boshqaruvi amaliyoti bilan 
bevosita aloqadordir. Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarining menejment 
prinsiplariga mos bo‘lmagan harakatlari amaldagi sistema qonuniyatlariga zid keladi 
va boshqaruvda uzulishlarga olib keladi, uning samaradorligi pasayadi. Jismoniy 


tarbiya va sport menejmentining eng muhim, birlamchi va ish yuritishda asosiy 
hisoblanadigan kategoriyalaridan biri uning boshqaruv prinsiplaridir. Prinsiplar 
asosida menejmentning navbatdagi kategoriyalari, ya’ni uning funksiyalari, usullari, 
texnologiyasi 
va 
boshqaruv 
tizimlari 
shakllanib, 
rivojlanib 
boradi.
Jismoniy tarbiya va sport menejmentining an’anaviy ravishda shakllangan va hozirgi 
zamon mutaxassis olimlari tomonidan tan olinib, rivojlantirib kelinayotgan 
boshqaruv prinsiplari quyidagilardan iborat: Menejment xizmati o‘zining 
mohiyatiga ko‘ra jismoniy tarbiya va sport faoliyatidagi ko'pgina umumiy 
prinsiplarga amal qilgan holda rivojlanib boradi. Ulardan eng muhimi ilmiylik 
prinsipidir, u har doim nazariyaning amaliyotdan ilgarilab borishini hisobga olgan 
holda jismoniy tarbiya va sport menejmentini boshqaruvdagi zamon talablariga 
javob 
beraoladigan 
bo‘lishiga 
xizmat 
qiladi.
Ilmiylik prinsipi jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy siljishlarni oldindan fan asosida ko‘ra 
bilgan holda, amaldagi aniq sharoitga qarab boshqarish sistemasini to‘liq nazoratda 
ushlab tura oladigan darajada menejmentning asosiy zvenosini topa olishga xizmat 
qiladi. Menejment, jumladan, jismoniy tarbiya va sport menejmenti jarayonlari har 
doim murakkab sharoitlarda amalga oshiriladi, u ichki va tashqi omillar, bozor 
iqtisodiyoti talablarining o‘zgarishi, hatto tabiat hodisalari, siyosiy voqealar, 
urushlar, ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlari va boshqalar ta’sirida amalga oshiriladi. 
Jismoniy tarbiya va sportni boshqarishda standartlashtirish prinsipi bosh rolni 
o‘ynaydi. Uning amalga oshirilishi sport inshoatlarini qurish, sport invertarlarini 
yaratishda samaradorlikka erishish masalalarini hal etishda qulayliklar tug‘diradi. U 
jismoniy tarbiya va sportda o‘zaro bog‘liq standartlar va boshqa me’yoriy hujjalarni 
ishlab chiqish va joriy etishda yagona davlat siyosatini olib borishni ko‘zda tutadi.
Davlat boshqaruv shakli asosan davlat yoki mahalliy mulk boigan korxonalarda 
amalga oshiriladi. Davlat bu korxonalar faoliyati uchun toiiq javob beradi.

Download 353.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling