Mustaqil ishi taʼlim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari


Download 0.51 Mb.
Sana19.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1214773
Bog'liq
Taʼlim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari

Texnologiya, menejment,kommunikatsiya instituti pedagogika va psixologiya fakulteti sirtqi taʼlim 1-bosqich pps-22-15-guruh talabasi Makkambayeva Sitoraning “Pedaogika nazariyasi tarixi" fanidan “Taʼlim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari ( taʼlim toʻgʻrisidagi qonun)” mavzusidagi

MUSTAQIL ISHI

Taʼlim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari (taʼlim toʻgʻrisidagi qonun)

REJA:

  • Taʼlim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari
  • Ta‘lim tizimining uzluksizligi va izchilligi
  • Ta‘lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi

O`zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to`g`risida»gi qonunining 3-moddasida ta‘lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari ko`rsatib o`tilgan. Ular quyidagilardan iborat:
-ta‘lim-tarbiyaning insonparvar va demokratik xarakterda bo`lishi,
-ta‘lim tizimining uzluksizligi va izchilligi;
-umumiy o`rta, shuningdek, o`rta maxsus kasb-hunar ta‘limining yo`nalishlarini tanlashning ixtiyorligi;
-ta‘lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; davlat ta‘lim standarti doirasida ta‘lim olishning hamma uchun ochiqligi;
-ta‘lim dasturini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondoshuv;
- bilimli bo`lishni rag`batlantirish;
-ta‘lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini tuyg`unlashtirish.
O`zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to`g`risida»gi qonunining 3-moddasida ta‘lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri ta‘lim va tarbiyaning insonparvar va demokratik xarakterda bo`lishi ko`rsatilgan. Ta‘lim va tarbiyaning insonparvarlashuvi insonni intellektual va ma‘naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog`liq bo`lgan uzluksiz ta‘lim tizimi orqali xar tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutadi. Ta‘limni insonparvarlashtirish shaxsning ijodiy qobiliyatlarini ro`yobga chiqarishga imkon yaratadi. Shuningdek, ta‘lim jarayonida uning ma‘naviy-axloqiy ehtiyojlari, xohish-istaklari va hiziqishlarini hisobga olishni nazarda tutadi. Bir so`z bilan aytganda, ta‘lim-tarbiya jarayoni shaxsni xar tomonlama kamol topishini ta‘minlashga yo`naltiriladi, uning shaxsiga nisbatan hurmat bilan yondashiladi.
Ta‘lim tizimining uzluksizligi va izchilligi tamoyili respublikada uzluksiz ta‘lim tizimining barcha bosqichlari o`zaro aloqadorlik va bog`liqlik asosida faoliyat yuritishlarini ifodalaydi. Umumiy o`rta ta‘lim maktablarining o`quv dasturlari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining, o`z navbatida ularning o`quv dasturlari oliy o`quv yurti o`quv dasturlari bilan mutanosiblikda yaratilib, biri o`zidan avvalgi bosqichda o`zlashtirilgan ma‘lumotni boyitadi va rivojlantiradi.
Shuningdek, davlat ta‘lim standartlari talablariga muvofiq faoliyat olib borayotgan uzluksiz ta‘lim tizimi mazmuniga ko`ra bir tipdagi o`quv yurtlarining biridan ikkinchisiga o`tib o`qish imkoniyati mavjud. Chunonchi, ta‘lim oluvchilar bir maktabdan ikkinchi maktabga, bir akademik litseydan ikkinchi akademik litseyga bir shaxarda faoliyat yuritayotgan oliy o`quv yurtidan ikkinchi shaxarda joylashgan oliy o`quv yurtiga o`tib ta‘limni davom ettirish huquqiga egalar
Umumiy o`rta, shuningdek, o`rta maxsus kasb-hunar ta‘limining majburiyligi tamoyili o`zida, birinchidan, fanlar asoslari bo`yicha muntazam bilim olishlari, ularning bilimlarni o`zlashtirishga bo`lgan ehtiyojlari, asosiy o`quv-ilmiy va umummadaniy bililar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ma‘naviy-axloqiy fazilatlar, mehnat, ijodiy fikrlash va kasb tanlash ko`nikmalari shakllantirish; ikkinchidan, o`quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi, chuqur, sohalashtirilgan, tabahalashtirilgan, kasbga yo`naltirilgan ta‘lim olishni ta‘minlash; uchinchidan, o`quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko`nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo`yicha bir yoki bir necha ixtisoslikni egallash imkoniyatini yaratishni ifodalaydi.
Ta‘lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi mamlakatda ta‘lim taraqqiyotining rivoji ilmiy asoslarga ega bo`lib, u fan-texnika, madaniyatning yuksala borishi bilan chambarchas holda rivojlanib borishini nazarda tutadi.
Insoniyat mavjud ekan, xar doim taraqqiyot sari intiladi va yangidan-yangi fan yutuqlarini qo`lga kiritib boradi. Ta‘lim tizimi esa ana shu fan yangiliklarini kelajak avlodga yetkazib berishni ta‘minlaydi. Shu bois ta‘lim tizimining dunyoviy xarakterda bo`lishi talab etiladi. Shuningdek, ta‘lim oluvchilarning ushbu yutuqlardan oqilona foydalangan holda ulardan to`g`ri xulosalar chiqarib, kelajakda o`zlarining munosib o`rinlarini topishga zamin yaratadi.
O`zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to`g`risida»ni qonunining 4-moddasida belgilab qo`yilganidek, fuqarolar millati, tili, jinsi, yoshi, diniy e‘tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, mavqei, xizmat turi, turar joyi, O`zbekiston Respublikasida hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat‘iy nazar bilim olish huquqiga egalar. Davlat ta‘lim standartlari doirasida ta‘lim olishning hamma uchun ochiqligi tamoyili aynan mana shu holatni yoritishga xizmat qiladi.
Yuqorida qayd etilgan moddada, yana shuningdek, chet ellik fuqarolarning O`zbekiston Respublikasi hududida xalqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga egaliklari ta‘kidlab o`tilgan.
O`zbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo`lmagan shaxslar esa bilim olishda O`zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega ekanligi bu tamoyilning inson va uning manfaatlariga xizmat qilishini bildiradi.
Ta‘lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv O`zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to`g`risida»gi qonunining 7-moddasida o`z ifodasini topgan. Davlat ta‘lim standartlari umumiy o`rta, o`rta maxsus kasb-hunar hamda oliy ta‘lim mazmuni va sifatiga qo`yiladigan talablarni belgilab beradi.
Davlat ta‘lim standartlarini bajarish O`zbekiston Respublikasining barcha ta‘lim muassasalari uchun majburiydir. Buning ma‘nosi shuki, xar bir ta‘lim turi uchun alohida davlat ta‘lim standartlari ishlab chiqiladi, ularda ko`zda tutilgan talablarga amal qilish esa mazkur bosqichdagi ta‘lim muassasalaridan birday talab etiladi. Ammo davlat ta‘lim standarti asosida ta‘lim muassasalari o`zlarining o`quv dasturlari variantini ishlab chiqib, undan foydalanishlari mumkin. Bu ta‘lim olish maqsadi yagona bo`lgani holda, unga erishish yo`llari turlicha ekanligini ko`rsatadi.
Ta‘lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini tuyg`unlashtirish tamoyili ta‘limni tashkil etish va uning sifatini oshirishda davlat va jamiyatning ta‘lim muassasalarini boshqarishda hamkorlikka erishishni nazarda tutadi. Ta‘lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvi ta‘lim samaradorligini oshirishga zamin yaratadi.
Boshqaruv —bu tizimni shakllantirish va rivojlantirish maqsadida uni sifatini ta’minlash, tartibga solish uchun ta’sir etishdir.
Ilmiy boshqaruv nazariyasining paydo bo‘lishiga va rivojlanishiga butun dunyoga mashhur ilmiy menejment amaliyotchi va nazariyachilari F. Teylor, G.Ford, G. Emerson, A. Fayol, E. Meyolar katta hissa qo‘shganlar. Masalan, o‘z davrida Anri Fayol boshqarish bu - holatni ko‘rish, kelajakni o‘rganish harakat dasturini tuzishdir deb ta’kidlagan edi. Boshqaruv nazariyasi vakillarining qarashlari tahlili natijasida boshqaruvga quyidagi ta’rifni berishimiz mumkin. Boshqaruv deganda - boshqaruvchi va boshqariluvchi tizim o‘rtasidagi rejalashtirilgan, maqsadga yo‘naltirilgan o‘zaro ta’sirni tushunamiz.
XX asrning oxirgi o‘n yilligida ijtimoiy va iqtisodiy hayotda insonni shaxsiy va kasbiy sifatlarini, umumiy va maxsus ilmiy bilimlarini roli oshdi. Bu holat ta’lim sohasida inson faoliyati turli yo‘nalishlarda rivojlanishini talab etdi. Ta’lim paradigmasi o‘zgarib, yangi ta’lim mazmuni, ta’lim va tarbiyani texnologiyalari ishlab chiqilmoqda. Axborot makonining kengayishi boshqaruvning yangi vositalarini, metodlarini, shakllarini rivojlanishini taqozo etdi. Ijtimoiy tizimlarni jumladan ta’lim tizimini boshqarishda inson omilining va ijtimoiy fanlarning roli oshib borayotganligini kuzatishimiz mumkin. Mamlakatimizda ta’lim tizimida bozor
munosabatlarini qo‘llanilishi maktabni boshqarish nazariyasining rivojla­nishini asosiy omili hisoblanadi. Mutaxassislar «boshqaruv» va «menejment» tushunchalari orasida farq yo‘q deb hisoblasalarda, menejment tushunchasidan foydalanishni afzal ko‘radilar. Menejment - bu faoliyat turi, boshqaruv apparati, boshqaruv san’ati, o‘quv predmeti ma’nolarida qo‘llanilmoqda. Menejment o‘quv predmeti sifatida 1881-yilda amerika kollejlarida Djozef Varton tomonidan o‘qitila boshlangan. Bugungi kunda olimlar menejment ijtimoiy tashkilotlarni boshqarish nazariyasi va amaliyotini ifodalashini ta’kidlamoqdalar.
Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling