Mustaqil ishi tekshirdi: To`xtaxo`jayeva Feruzaxon reja: Kompyuterning asosiy qurilmalari


Download 112.14 Kb.
bet2/7
Sana03.12.2023
Hajmi112.14 Kb.
#1800088
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Q.SH DEDLINE 1

MONITOR. (Displey)
Kompyuter bilan bo`ladigan bevosita muloqatni Ekranda ko`rish uchun monitor xizmat qiladi. Monitor ikki xil rejimda: matn yoki grafik ma'- lumot chiqaradi.
Matnli rejimda displey ekrani shartli ravishda 80 ta ustunga, 25 satrga bo`linadi. Xar bir belgi joyga 256 simvoldan biri mos kelishi mumkin.
Grafik rejimda axborotlar nuqtalar to`plami- dan iborat bo`lib, xar bir nuqta rangga egadir. (ranglar jilosi 16 rangdan 16,8 mln. ranggacha).
Nuqtalar soni qancha oshsa, tasvirlar sifati shuncha oshadi.
Monitorlar quyidagi imkoniyatli bo`lishi mumkin. 640 x 200 nuqtalardan 1600x1280 nuqtalarni hosil qilishi mumkin. Monitorlar monaxrom (oq-qora) va razmerlari (14 dyumdan - 21, 24 dyumgacha) bilan farqlanadi.
Ekrandagi minimal (nuqtaviy) tasvirning ko`rinishi piksel ( picture element)
deyiladi. Odatda EGA adapteri to`rtburchakli piksel tashkil qilsa, 640x350
nuqtalar hosil qila oladi. VGA - 640x480, SVGA - 640x480, 800x600, 1024x768 - kvadratni hosil qiladi.
Kompyuterga monitor ulash uchun videoadapter zarur. Videoadarter - tasvir to`g`risidagi ma'lumotlar saqlanadigan xotiraning muayyan qismini monitorda aks ettiruvchi signalni, hamda sinxronizasiya signallarini gorizontal (satrli) va vertikal (ustun )taqsimlab, shakllantirishdan iborat.
Monitor sifati bo`yicha : ekrandagi kadrlar chastotasi - 75 Gs ni tashkil etishi lozim. Bu holda monitor sekundiga 80, yaxshi monitorlar 100 kadrni o`tkazishi mumkin.
Notebook kompyuterlari monitori suyuq kristalli monitorlardir.
KLAVIATURA.


Klaviaturada foydalanuvchi tomonidan ma'lumotlarni kompyuterga kiritishga mo`ljallangan qurilmadir. IBM PS XT kompyuterlarida 83 ta tugmachali klaviatura IBM PS AT 101 tugmachali klaviaturalar mavjud. Hozirda, asosan 101, 105 tugmachaliklari chiqariladi.
Klaviaturadagi tugmachalarni bajaradigan vazifaga qarab quyidagi bo`lakka bo`lamiz.
1. Alfavit - raqamli , maxsus belgilar kiritiladigan klavishalar (tugmachalar) ( probel, 0-9 bo`lgan sonlar , lotin xarflar A - Z , kirill xarflari , A - YA ,
xizmatchi simvollar va x.k.)
2. Funksional klavishalar F1- F12
3. Xizmatchi klavishlar ENTER, EXC, yo`nalish tugmachalari. TAB, LEFT,
Up , DOWN, RIGHT, PgUp, PgDn,
4 . Yordamchi klaviatura.
Ayrim xizmatchi klavishalarni ko`rib chiqamiz. ENTER - satr kiritilishi tugaganligini bildiradi;
EXC - (inglizcha qochish) buyruqni bekor qilish , dasturdan chiqish uchun
foydalaniladi;
HOME - kursorni qator boshiga qo`yadi.
END - kursorni qator oxiriga qo`yadi PgUp - matnni orqaga varaqlaydi. PgDn - matnni oldinga varaqlaydi.
Delete [ Del ] - kursor ko`rsatayotgan belgini olib tashlash.
Ins [ Insert ] - simvol kiritayotgan vaqtida bosilsa , kursor ko`rsatayotgan pozitsiyadagi mavjud simvol o`rniga yangisi uriladi. Agar mazkur klavish bosilmasa, bor simvol bir pozitsiyaga, o`ngga surilib oraga yangi simvol kiritiladi. Baskspace - kursordan chapdagi belgini o`chiradi.
Print Screen - ekrandagi tasvirni qog`ozga printer orqali bosib chiqaradi, undan tashqari faylga va Windows buferiga nusxa ko`chirishga xizmat qiladi. [ Break ] - programma ishini to`xtatadi.
[ Scroll Lock ] - blokirovka rejimi surishni saqlaydi. Kursor ekranga o`z xolatini mustaxkamlash ishini bajaradi.
Tab - matnlar bilan ishlanayotganda keyingi qator navbatdagi maxsus ko`rsatilgan nuqtaga (pozitsiyaga) suradi (o`ngga - chapga).
Ctrl (boshqarish) + Alt (o`zgartiruvchi) + Shift (surish ) - boshqa tugmachalarning vazifalarini o`zgartirish uchun ishlatiladi.
Numlock - bosilsa raqamlar kiritish, aks holda kursorni boshqaruvini klavishlar vazifasini o`taydi.
[ Caps Lock ] - bosma xarflarni kiritish yana bossangiz yozma (kichik) xarflarga o`tish mumkin.
[ Shift] + [Ctrl] - alfavitni o`zgartirishimiz mumkin.
[Ctrl]+[Alt]+[Del] - baravariga bosilsa, kompyuter qayta yuklanadi.
[Ctrl] + [Break] - bajarilayotgan programma yoki buyruq tugatilishini ta'minlaydi. Kursor - bu o`chib yonib turadigan vertikal chiziqcha. Agar shu chiziqcha ekranda ko`rinsa, demak, siz alfavit raqamli axborotlarni kiritishingiz mumkin. Grafik holatda esa kursor o`z ko`rinishini o`zgartirishi mumkin.

Download 112.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling